Mavzu: Sport sotsiologiyasi fan sifatida shakillanish jarayonlari. Reja: Sport sotsializatsiya omili sifatida. "port sotsiologiyasi" kursi bo'yicha uslubiy tavsiyalar


Jismoniy madaniyatni rivojlantirishning biosotsial muammolarining uslubiy tahlili


Download 1.43 Mb.
bet2/2
Sana15.09.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1679154
1   2
Bog'liq
Jismoniy tarbiya va sportning sotsiologik muammolari.

Jismoniy madaniyatni rivojlantirishning biosotsial muammolarining uslubiy tahlili. Afsuski, jismoniy madaniyat sohasidagi sotsial-biologik muammolar hali etarlicha o‘rganilmagan. N.I.Ponomorev ham biologizmni tanqid qilar ekan, jismoniy tarbiya tushunchasining paydo bo‘lishi va rivojlanishi masalasini atroflicha o‘rganadi. V.K.Balsevichning fikricha, jismoniy faollik tushunchasining mohiyatini anglashning uslubiy asosi – tadrijiy yondashuv hisoblanadi. Bu esa insondagi jismoniy imkoniyatlar va qobiliyatlarni sotsial-biologik qonuniyatlarni hisobga olgan holda samarali rivojlantirish yo‘llarini o‘rganishga imkon yaratadi. Tadrijiy taraqqiyotning gnoseologik (falsafaning asosiy yo‘nalishlaridan biri) vazifalari insonning jismoniy salohiyati rivojiga oid ilmiy bilimlarni shakllantirishdan iborat.
Jismoniy madaniyat unsurining o‘ziga xosligi va boshqa sohalardan farqi shundaki, u insondagi ijtimoiy va biologik sifatlarni yagona tizimga uyg‘unlashtira oladi. Istalgan insonning jismoniy rivojlanish jarayoni organizm shakli va funksiyalarining takomillashuvida, jismoniy qobiliyati namoyon bo‘lishida o‘z aksini topadi. Ammo, odamning rivojlanishidagi biologik jarayonlar ijtimoiy funksiyalardan xoli tarzda kechadi va jamoatchilik munosabatlari bunga o‘z ta’sirini o‘tkazmaydi, degan fikrni ilgari surish noto‘g‘ri bo‘lar edi. Odamning jismoniy salohyaiti rivojlanishiga tabiiy unsurlarning ta’sir o‘tkazishi ob’ektiv xarakterga ega, u aqlan qonunlar va mohiyatni anglash orqali ob’ektiv jarayonlar yo‘nalishiga o‘z ta’sirini o‘tkazishi mumkin.
Yaqin o‘tmishda insonning jismoniy takomillashuviga sotsial omillarning ta’sirini asoslashda ko‘pincha ishlab chiqarish munosabatlari tushunilar edi, ayniqsa, mehnat odamning tabiatga o‘tkaza oladigan faol ta’sirining eng oliy cho‘qqisi sifatida talqin etilgan. Mazkur tabiiy ta’sirlar inson irodasidan mustaqil tarzda kechadi, ammo, ular aynan jamiyatdagi taraqqiyot ta’sirida o‘zgaradi. Odamga ta’sir o‘tkazadigan boshqa sotsial omillar uning ongi va irodasi bilan bog‘liq. Ulardan biri jismoniy madaniyatdir. Insonning jismoniy takomillashuviga maqsadli ta’sir o‘tkazib, u odamga tegishli bo‘lgan eng muhim jismoniy sifatlar va qobiliyatining yanada rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi. Uning ta’sir shakllaridan biri bu jismoniy tarbiyadir. Ko‘pgina olimlarning fikrlariga ko‘ra, jismoniy tarbiyaning farqlanadigan xususiyatlari asosan pedagogik tashkillashtirilgan jarayonda yanada oydinlashadi. Odamning jismoniy sifatlarini rivojlantirish, harakatlanish haqidagi bilimlarini shakllantirish haqidagi bilimlar jamlanmasi pedagogik tarbiya jarayonida shakllanadi. Boshqacha aytganda, jismoniy tarbiya odam organizmining biologik rivojlanish jarayonlariga sotsial ta’sir o‘tkazishning bir shaklidir.
Jismoniy madaniyatni jamiyat a’zosi bo‘lgan insonning jismoniy qobiliyatini yuzaga chiqaruvchi vosita sifatida qarash – yuzaki qarash bo‘lib qoladi. Jismoniy tarbiyaning ixtisoslashgan vazifasi – shaxsning shakllanishiga ta’sir o‘tkazish, jumladan, uning bir jihatlaridan biri bo‘lgan jismoniy madaniyatiga. SHuning uchun ham, “jismoniy rivojlanish”, “jismoniy tarbiya” va “jismoniy madaniy tarbiya” tushunchalarini o‘zaro aralashtirish kerak emas. Birinchi tushuncha ob’ektiv jarayon bo‘lib, odam organizmida ro‘y beradi. Ikkinchisi – bu jarayonga odamning faol ta’siri bo‘lsa, uchinchisi esa insonlarning jismoniy madaniyat qadriyatlariga nisbatan munosabatlarini shakllantirishni anglatadi. SHunday qilib, jismoniy madaniy tarbiya va uning tarkibiy qismlari – bu bosqichma bosqich pedagogik jarayondir. U maqsadli tarzda insonning doimiy o‘zgarib turuvchi jismoniy va ma’naviy rivojlanishiga, kamolotiga moslashib boradi. Uning asosiy vazifasi shundan iboratki, odamning tabiat tomonidan in’om etilgan jimoniy tana imkoniyatlarini to‘g‘ri aniqlash va rivojlantirishdan iborat.
Jismoniy madaniyatning zamonaviy nazariyasida jismoniy madaniyat hodisasini talqin qilishda falsafiy-madaniy yondashuvdan foydalanish amaliyoti va uning har bir shaxs tomonidan shakllantirish mexanizmlari juda aniq rivojlanib bormoqda. SHuning uchun ham, insonning “jismoniy” tarbiyasi dolzarb emas, “jismoniy madaniy” tarbiyasi kun tartibiga qo‘yiladi. Agar “jismoniy” so‘zida odatda urg‘u harakat tayanch tizimi tushunilsa, “jismoniy madaniy” atamasi esa madaniyat orqali tarbiyalashni nazarda tutadi. Bu esa jismoniy madaniyatga xos qadriyatlarni o‘zlashtirish orqali kechadi. SHunday qilib, biologik va sotsial tushunchalarining o‘zaro munosabati bu falsafiy omillarning uyg‘unligi va bir biriga bog‘liqligi g‘oyasini ifoda etadi. Inson jismoniy madaniyat qadriyatlarini o‘zlashtirish jarayoni ishtirokchisidir.
Zamonaviy dunyoda jismoniy madaniyat tushunchasi shaxs va jamiyatga xos umumiy madaniyatning ajralmas qismi sifatida tan olinmoqda, e’tirof etilmoqda. Ammo, bu masalning juda ko‘p qirralari hali ham bahstalab va etarli darajada mukammal ishlab chiqilmagan. Buning asosiy sabablaridan biri – madaniyat konsepsiyalarining xilma xilligi bo‘lib, uning har bir turi qisman mohiyatni o‘z ichiga oladi. Madaniyatshunoslikda to hanuzga qadar madaniyatning umum tan olingan yagona nazariyasi mavjud emas. “Madaniyat” atamasi zamonaviy ilmiy fan tilida ko‘lami va mazmuni jihatidan turfa xil tushunchalarni aks ettiradi. Inson tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy qadriyatlar jamlanmasi, sun’iy (ikkinchi) tabiat, inson faoliyatining umumiyligi, uning faoliyat turlari va natijalari, yaxlit jamiyat, jamiyatning ma’naviy hayoti, jamiyat sifati, insonning sifati, inson va yaxlit jamiyat tomonidan yaratilgan qadriyatlar tizimi sifatida qayd etiladi. Bu shundan dalolat beradiki, madaniyat – juda murakkab sotsial hodisadir.
Jismoniy madaniyatning tarixiy xarakteri, jamiyat rivojining turli bosqichlarida uning o‘zgarishi. Jismoniy madaniyatning yuzaga kelishi ijtimoiy guruhlar va birlashmalarning o‘zaro ta’siri sabablariga borib taqaladi. Tarixchilarning qayd etishicha, ibtidoiy jamiyatdagi dastlabki ijtimoiy birlashmalar mehnat qila olish qobiliyatiga qarab, jinsi va yoshi nuqtai nazaridan guruhlarga ajratilgan: ayollar, bolalar va qariyalar yig‘ish-terish ishlari bilan shug‘ullangan, balog‘atga etgan erkaklar esa – ov va baliq tutish bilan shug‘ullangan.
Zamonaviy jamiyatda jismoniy madaniyat rivojiga o‘z ta’sirini o‘tkazuvchi ijtimoiy omillar. Jamiyat hayotiga ta’sir etuvchi omillar bir nechta. Sotsiologiyada bu omillarni harakatga keltiruvchi kuch sifatida, birinchi navbatda, odamlarning o‘z talablarini qondirishga bo‘lgan intilishi tushuniladi. Qondirilgan ehtiyoj va ehtiyojni qondirish jarayonining o‘zida yangi talablar yuzaga keladi. SHunday qilib, inson va jamiyat hayotiy faoliyati yanada o‘zgarib va takomillashib boradi.
Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling