Sаmаrqаnd dаvlаt universiteti huzuridаgi pedаgog kаdrlаrni qаytа tаyyorlаsh vа ulаrning mаlаkаsini oshirish mintаqаviy mаrkаzi «Himoyaga tavsiya etaman»


Umumiy chidamliylikni tarbiyalash


Download 0.56 Mb.
bet14/27
Sana08.05.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1445349
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27
Bog'liq
Yosh futbolchilarni musobaqaga tayyorlash, ularni jismoniy sifatini tarbiyalash usullari

Umumiy chidamliylikni tarbiyalash.
Umumiy chidamliylik deganda – o’rtacha shiddatdagi ishni uzoq muddat bajarish qobiliyati tushuniladi. Uning rivojlanishiga ta’sir qilinganda, avvalom bor organizmning yurak- tomir, nafas tizimlariga va kislorod ta’minotini takomillashtirish nazarda tutiladi.
Aerob chidamliylikni tarbiyalashda asosiy usul bu ishni uzoq muddat (10 daqiqadan ortiq) bir tekis va o’rtacha o’zgaruvchan shiddatda bajarish (puls 130 –150 zarba daqiqada) bilan amalga oshiriladi. Shug’ullunuvchilarni o’z – o’zini xoatini nazorat qilishga o’rgatish juda muximdir. To’g’ri mo’ljal bo’lib quyidagi tartiblar misol bo’la oladi.
Puls 150 zarba daqiqagacha bo’lsa aerob, 180 zarba daqiqagacha bo’lsa – aralash, 180 zarba daqiqadan ko’pi anaerob imkoniyat bo’ladi.
14-15 yoshli shug’ullanuvchilar uchun umumiy chidamliylikni oshirishda orliq usuldan xam foydalanish mumkin. Bunda shiddat 170 zarba daqiqagacha, mashqning bajarilish davomiyligi – 3 daqiqagacha, takrorlanish soni 5-6 marotaba, dam olish oralig’i 30- 90 soniya, bir urinishda 5-6 tatakrorlash, urinishlar soni 2-6 marotaba. Maxsus chidamliylik- bu maxsus ishni berilgan vaqt oralig’ida samarali bajarish qobiliyatidir. Basketbolchi uchun maxsus chidamliylik bo’lib o’yin malakalarini kuch va tezkorlik chidamliyligi jihatdan samarali bajarish bilan ifodalanadi. Maxsu chidamliylikni 13 –14 yoshdan boshlash maqbuldir. Mashqlar anaerob yo’nalishda tanlanadi.
Sprint yugurish mashqlar masofasi 400-500 metrgacha (o’g’il bolalar) va 200 –300 metr (qizlar) gacha bo’lishi mumkin.
Nagruzkalar qat’iy individuallashtirilgan tartibda beriladi. Puls ish oxirida 175 –180 zarba / daqiqa bo’lishi saqlanadi. Bajarish maksimal tezlikni 80-85%, dam olish 45 soniyadan 3 daqiqagacha, takrorlanish soni 3-4 marotaba, urinishlar 2-3 marotaba, urinishlar oralig’ida dam olish davomiyligi 5 daqiqagacha bo’ladi.
Sakrovchanlik chidamliyligini tarbiyalashda maksimal va submaksimal shiddatdagi mashqlar 1-3 daqiqa, takrorlanish soni 4-6 marotaba, takrorlanishlar oralig’idagi dam olish 1-4 daqiqani tashkil etadi. Bunda quyidagi sakrash turlaridan foydalanish mumkin: o’tirib sakrash; «kenguru» xolatida sakrash; sakrab tashlashni imitatsiyasi; og’irliklar bilan (gantel, to’ldirma to’p, qum to’ldirilgan qopcha, og’irlashtirilgan belbog’ va jiletlar); chuqurlikka va balandlikka sakrashlar.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling