Sаmаrqаnd dаvlаt universiteti huzuridаgi pedаgog kаdrlаrni qаytа tаyyorlаsh vа ulаrning mаlаkаsini oshirish mintаqаviy mаrkаzi «Himoyaga tavsiya etaman»


Download 0,56 Mb.
bet13/27
Sana08.05.2023
Hajmi0,56 Mb.
#1445349
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
Bog'liq
Yosh futbolchilarni musobaqaga tayyorlash, ularni jismoniy sifatini tarbiyalash usullari

Musobaqa davri.
Bu davrning uzunligi 9 oygacha bo’lgan u shartli ravishda uchta bosqichga
bo’linadi: birinchi davra, tanaffus, ikkinchi davra.
Mashg’ulotlar mazmuni futbolchilarning tayyorgarlik darajasi va o’yinlararo
sikllarning uzunligiga bog’liq. Birinchi davraning boshi sport formasiga erishish
davom ettiriladi. Nosposifik mashqlar hajmi kamaydi.
Mahsus mashqlar shunday tanlash kerakki, ular o’yincining har bir o’yinga yuqori darajadagi tayyorgarligini ta’minlash lozim.
Sport formasini boshqarishni murakkabligi o’zbekistonda o’quv
mashg’ulotlarining yuqori tashqi temperatura sharoitiga o’tkazilishidir.
Bu davrda mashg’ulotlar samarasini oshirish uchun mashg’ulotlarni ertalab va
kechqurun o’tkazilishi mumukin.
Yuqori tashqi temperaturali sharoitda quyidagi kuch tadbiri tavsiya qilinadi.

Uyg’onish

7:00

Engil nonushta

7:15

Ertalabki o’quv mashg’uloti

8:00-9:30

Nonushta

10:00-10:30

Dam olish, tiklovchi tadbirlar

10:30-13:30

Ovqatlanish

13:30-14:00

Dam olish, tiklovchi tadbirlar

14:00-18:30

Ijodiy mashg’ulotlar

18:30-19:30

Kechki o’quv mashg’uloti

19:30-21:00

Kechki ovqat

21:30-22:00

Dam olish, tiklovchi tadbirlar

22:00-23:00

Uyqu

23:00-7:00

Bu davrda jismoniy tayyorgarlik mahsus harakat sifatlarida yanada
takomillashtirishga, yugurish tehnikasi va taezligini, sakrashlarni, harakat
koordinatsiyasini, tehnika mahoratini mukammallashtirishga yo’naltiriladi.
Tehnika tayyorgarlik esa turli o’yin sharoitlarida oldin o’rganiladi tehnika
usullar takomillashtirishga yo’naltirilgan bo’ladi.
Taktik mashg’ulot taktik fikrlashni yuqori darajasi o’yinchilarga bir-birini
tushunilishiga va turli taktik kombinatsiyalarini o’zlashtirishini ta’minlashi lozim. 1.3. Yosh futbolchilarda dastlabki jismoniy tayyorgarligi.
Futbolchining jismoniy tayyorgarligi sport mashg’ulotining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi va jismoniy sifatlar – kuch, chidamlilik, epchillik, tezkorlik, chaqqonlikni rivojlantirishga qaratilgan jarayondir.
Futbolchining umumiy jismoniy tayyorgarligi yuqori natijalarga erishish uchun poydevor asos hisoblanadi.
U asosan quyidagi vazifalarni hal etishni ta’minlaydi:
1. Futbolchi organizmining har tomonlama garmonik rivojlantirishi, uning funksional imkoniyatlarini oshirishi, jismoniy sifatlarini rivojlantirish.
2. Salomatlik darajasini oshirish.
3.Shiddatli trenirovka va musobaqa nagruzkalari davrida faol dam olishdan to’g’ri foydalanish. Umumiy jismoniy tayyorgarlik maxsus tayyorgarlik uchun zamin yaratadi. Ya’ni tanlangan sport turida kamol topish uchun zarur shart-sharoit sifatida kuchlilikni, tezkorlikni, chidamlilikni, epchillikni, chaqqonlikni har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydi.
So’nggi yillarda nashr etilgan sport adabiyotlarida sport mashg’ulotlariga sportning jismoniy harakatini boshqarish jaryoni sifatida qarash ko’p bora ta’kidlangan. Hozirgi paytda testlar sportning har xil turlarida keng qo’llaniladi.ulardan tezkor joriy hamda oraliq nazoratda foydalaniladi. Futbol sohasida mutaxassislar sportchilarning jismoniy tayyorgarligini turli jihatdan baholashga eng ko’p ahamiyat beradilar.
Futbolchilarni o’yin faoliyati faqat sakrash, yugurish va yurishdan iborat emasligi, ularning harakati anchagina murakkab bo’lib, raqib bilan kurashishi, eng katta tezlikda yugurishi, murakkab taktik vazifalari bajariladi. Shuning uchun futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi ularning o’yin faoliyatini xarakterini hisobga olgan holda shunday qilish kerakki, bu ularga texnik va taktik mahoratini takomillashtirishga asos bo’lsin.
Grindler K.R. Palke X.M.lar futbolchining umumiy tayyorgarligi jismoniy qobiliyat har tomonlama tarbiyalash, umumiy ish qobiliyatini oshirish vazifalarini hal qilinishi va umumiy rivojlantiruvchi mashqlarning shug’ullanuvchilar organizmiga umumiy ta’sir ko’rsatuvchi sportning boshqa turlari bilan bog’liqligini ta’kidlaydilar.
LisenChuk G.A., Shamardin V.N., Zaysev A.A. lar umumiy tayyorgarlikni oshirish maqsadida qo’llaniladigan ko’pgiga mashqlar organizmga har tomonlama ta’sir ko’rsatishni, jumladan, baland-past joylarda uzoq muddat yugurish ko’proq chidamlilikni, qisqa masofalarda jadal yugurish tezlikni rivojlantirishga, gimnastik mashqlar chaqqonlikni o’stirishga qaratilishni e’tirof etishadi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlikda mushak-paylarning rivojlanishi va mustahkamlanishiga ichki a’zo va tizimlar funksiyasini takomillashtirishga, harakatlarni koordinasiya qilishni yaxshilash va harakat sifatlari umumiy darajasini oshirishga erishiladi.
Ko’pgina mutaxassislar jismoniy sifatlarni rivojlan-tirishga qaratilgan maxsus mashqlar yordamida ayrim texnik usullarni rivojlantirish mumkinligini va buning uchun odatda, bajarish xarakteri tuzilishiga ko’ra texnik usul yoxud uning alohida elementlariga o’xshash bo’lgan maxsus mashqlar qo’llashni tavsiya etganlar.
Pedagogik nuqtai nazardan jismoniy tayyorgarlikni umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikka ajratiladi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT) yuqorida ko’rsatib o’tilgan masalalarni hal qilib, maxsus jismoniy tayyorgarlikka poydevor hisoblanadi. Futbolchi umumiy jismoniy tayyorgarlikning asosiy vositasi sifatida predmetlar bilan va predmetlarsiz bajariladigan umumiy rivojlanish gimnastika mashqlari, bajariladigan harakatlar intensivligini muntazam ravishda almashtirilgan holda juft-juft bo’lib mashq qilish, harakatli va sport o’yinlari, estafetalar, krosslardan foydalanadi.
Sportchining jismoniy qobiliyati yoki uning harakat qilish imkoniyatlari kuch, tezkorlik, chaqqonlik sifatlaridan belgilasa bo’ladi. Jismoniy sifatlarni takomillashtirish asosida organizmning o’z ishlash qobiliyati darajasidan takroriy ortiqcha, jismoniy yuklamag bardosh bera olishi yotadi.
Yosh futbolchilar bilan ishlashdagi dastlabki tayyorgarlik bosqichida har tomonlama jismoniy tayyorgarlikni egallashga, sog’liqni mustahkamlash va garmonik rivojlanishga, xilma-xil ko’nikma va malakalarni egallab olishga, futbol o’yini texnikasi va taktikasining boshlang’ich asoslariga o’rgatishga qaratilgan vositalar kompleksidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Jismoniy tayyorgarlikning bu vaqtdagi vazifasi avvalo yosh futbolchilarning harakat funksiyalarini (kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik va epchillik, shuningdek o’z harakatlarini vaqt oralig’ida, havoda va muskullarning zo’r berish darajasiga ko’ra boshqara bilish harakat funksiyasining asosiy komponentlaridir) shakllantirishdan iborat bo’ladi. Harakatlar tezligini tarbiyalashga katta e’tibor berish kerak, chunki bolalik va o’smirlik yoshida ana shu eng muhim jismoniy sifatni tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar mavjuddir. Shuni qayd qilish kerakki, dastlabki tayyorgarlik va boshlang’ich sport ixtisoslashuvi bosqichlarida tezkorlik, chaqqonlik bilan mustahkam bog’liq ravishda tarbiyalanadi, bu esa siljishning (bir joydan ikkinchi joyga o’tishning) rasional texnikasini egallab olish uchun zarur asos yaratadi.
Bolalarda jismoniy sifatlarni tarbiyalashda berilayotgan mashqlar ularning Yoshlik xususiyatlariga va jismoniy sifatlarni qulay yoshlik davrlariga qarab tanlanishi va rivojlantirilishi juda muxim hisoblanadi
1-jadvalda bolalarning jismoniy sifatlarini yoshlik davrlariga qarab rivojlanishi keltirilgan.

Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling