Sаmаrqаnd dаvlаt universiteti huzuridаgi pedаgog kаdrlаrni qаytа tаyyorlаsh vа ulаrning mаlаkаsini oshirish mintаqаviy mаrkаzi «Himoyaga tavsiya etaman»
Futbolning qisqacha psixologik tafsiloti
Download 0.56 Mb.
|
Yosh futbolchilarni musobaqaga tayyorlash, ularni jismoniy sifatini tarbiyalash usullari
Futbolning qisqacha psixologik tafsiloti.
Futbol sport o’yini sifatida sportning boshqa turlariga nisbatan aqliy jihatdan va tuyg’ularga nihoyatda to’yinganligi bilan farqlanadi. Futbol faoliyatining psixologik hususiyatlari musobaqaviy kurashning ob’ektiv sharoitlari bilan belgilanadi. Futbolni harakat aktivlarining asosiy turlari tez joy o’zgartirishlari, to’p qabul qilishdan iborat bo’lib, ularni bajarish o’yinchidan jasurlik va qat’iyatni talab qiladi. Futbol texnikasining eng muhim xususiyatlaridan biri to’p bilan bevosita aloqa qilishdan iborat bo’lib, bunda to’pni ortiqcha tutib qolish aslo mumkin emas. Futbolchining harakatlari vaziyatli dinamik stereotiplarga ega b¤ladi. O’yin harakatining murakkabligi shundan iboratki, bu texnik usullarning ahamiyatini turli sharoitlarda turlicha behato aniqlikni, harakat shakllarining ritm, tezlik va xarakter jihatidan ungacha bo’lgan bir turidan boshqa turga tez o’ta olishni talab qiladi. Futbolchilarning harakatini kuzatish va tahlil qilish shuni ko’rsatdiki eng malakali sportchilarning o’yin malakalari yuqori darajada avtomatlashib qoladi. Murakkab reaksiya tipida qurilishi kerak bo’lgan harakatlar oddiy reaksiya tipida quriladi. Koptokning yuqori tezlikda uchishi o’yinchilardan chaqqonlikini shuningdek, harakat tezligini talab qiladi. Zamonaviy futbolda to’pning juda yuqori tezlik bilan uchishi, o’yinchilarning tez joy almaShuvlari, o’yin holatlarining kutilmagan o’zgarishlari bilan xarakterlanadi. O’yin jarayonida futbolchi juda ko’p ob’ektlar yoki ularning elementlarini nazarda tutishi kerak va bu diqqatning hajmiga, qat’iyligiga, bo’linishiga va o’zgaruvchanligiga, futbolchining harakatlari uning sheriklari va ayniqsa raqibning harakatlariga bevosita bog’liq bo’ladi. Texnik usullarning xilma-xilligi tufayli, futbolda taktik harakatlar ham rang-barangdir. Misol sifatida, voleybolning taktik kurilishni xarakterlaydigan quyidagi raqamlarni keltirish mumkin. Birinchi to’p uzatishdan boshlanadigan o’yin 8-12%, orqa qator o’yinchisi orqali boshlanadigan o’yin 23 – 28 % , o’rta qator o’yinchisi bilan boshlanadigan o’yin 49 – 53 % tashkil qiladi. Oldindan o’ylangan usullarni amalga oshirishning eng yaxshi imkoniyatlarini beradigan holatlarni yuzaga keltirish, shaxsiy harakat maqsadlarini yashirish - bularning hammasi futbolchi tafakkuriga katta talablar qo’yadi. Futbolda sportchi xis-tuyg’ularining roli katta. O’yinning yuqori sur’ati, psixologik zo’riqish, qisqa vaqtda maqsadlarni belgilab olish mahorati, yana kuchli ta’sir qiluvchi tomoshabinlarning o’zini tutishlari o’yinning emotsiyalarga boyligini ta’minlaydi. Ulardan ba’zilari sportchiga ijobiy, ba’zilari esa salbiy ta’sir qiladi. Shuning uchun bir xil kuch va mahoratga ega bo’lgan ikki jamoadan irodaliyrog’i g’olib bo’ladi. Jamoa a’zolari orasida yaxshi, do’stona munosabat bo’lsa, bunday jamoaga muvaffaqiyat ko’pincha yor bo’ladi. Futbol o’yinining xususiyatlarini taxlil qilish shunga guvohlik beradiki, bu o’yin sportchining jismoniy rivojlanganlikni ham talab qilar ekan. Sportning bu turida o’yin jarayonida sportchining mushaklari goh katta yukni o’ziga olishi, goh esa vaqtinchalik bo’shashishi mumkin. Bu holatlar juda tez almashinib turadi o’yin vaqtida yurak urishi minutiga 200 va undan ko’proq, og’irlik yo’qotish 2,5-3 kg gacha etadi. Lekin har holda asosiy yuk markaziy asab sistemasiga tushadi, shuning uchun futbolchining psixologik faoliyatiga aloqador masalalar aloxida ahamiyatga ega. Sportchining psixologik tayyorgarligi juda katta tarbiyaviy ishlarni o’z ichiga oladi. Avvalo pedagog mashg’ulotlar jarayonida shaxsni shakllantiradigan va tarbiyalaydigan yo’llarni topa olishi kerak. Bunda trenerning o’z ibrati va jamoat ta’siri juda kuchlidir. Onglilik va faollik prinsiplari pedagog boshqaruvchi bilan shug’ullanuvchining mustaqilligi, irodaligiga, o’z ishiga ijodiy yondosha olish, qat’iylik kabi xislatlarning birligini ko’zda tutadi. Bu prinsipga binoan sportchi o’z maqsad yo’lida harakat qilishi, o’z psixologik xususiyatlarini rivojlantirishi, xullas o’zini ongli ravishda tarbiya qilishi kerak. Psixologik tayyorgarlik, tayyorgarlikning boshqa turlari jismoniy, taktik, texnik bilan qo’shib olib borilgandagina kutilgan samarani beradi. Sport faoliyatini yuksak mahorat bilan bajarish garovi bo’lgan barcha xodisalar, shaxslar xususiyatlarini ham bilish va psixologik jarayonlar ham, psixologik holatlarni ham hammasi psixologik ta’sir ostiga olinishi kerak. Mustahkamlashmagan ko’nikmalar, etarlicha rivojlantirilmagan diqqat etish qobiliyatining bo’shligi va boshqalar musobaqalarda muvaffaqiyatli chiqishlarni ta’minlay olmaydi. Barcha prinsiplarning amalga oshirish psixologik tayyorgarlikning yuqori darajada bo’lishini belgilaydi. Umumiy psixologik tayyorgarlik o’ziga xos mazmun va xususiyatlarga ega. Umumiy psixologik, jismoniy texnik, taktik tayyorgarlik bilan bir qatorda turadi va sport taraqqiyotining barcha davrlarida ular bilan birgalikda amalga oshiriladi. Tayyorgarlikning bu turi faqat ma’lum musobaqalardan oldin emas, balki barcha mashg’ulotlar davomida uzluksiz olib borilishi kerak. Futbolchi umumiy psixologik tayyorgarligining asosiy vazifalari: a) sportchining ma’naviy xislatlari va shaxsiy xususiyatlarini tarbiyalash; b) qabul qilish, xis etish jarayonlarini jumladan, sezgining maxsus ya’ni “to’pni xis qilish”, “maydonni xis qilish”, “vaqtni xis qilish” kabi turlarini rivojlantirish; v) diqqatni, xususan, uning hajmini, sur’atning o’zgaruvchanligini o’stirish; g) taktik taffakurni, xotirani, tasavvurni, o’yin holatini tez va to’g’ri baholay olish, samarali qaror qabul qilish va o’z harakatlarini nazorat qila olish qobiliyatini kamol toptirish; d) musobaqaga tayyorgarlik jarayonida va o’yin vaqtida o’zining xis-tuyg’ularini boshqara olish qobiliyatini rivojlantirish; e) irodani chiniqtirish o’quv mashg’ulot vaqtida nafaqat jismoniy, texnik va taktik bilimli va ko’nikmali yuqori malakali sportchilarni tayyorlash, balki ularning ma’naviy shakllantirish, psixologik tarbiyalash, sportni sevishlariga ta’sir ko’rsatishi kerak. Futbolchilarning o’yin qobiliyati ularning ko’rish, sezish, ilg’ashlariga bog’lik. O’yinni sezmaslik, ya’ni raqibning hatti harakatlarini oldindan sezmaslik futbolchining taktik harakatlarini chegaralab qo’yadi, chunki u faqat oldindagi o’yinchilarga qarab harakat qiladi. Ko’rish sezgisining chegaralanganligi, sportchining tezkor xujumni tashkil qila olmasligiga, maydonda noto’g’ri harakat qilishga, bu bilan raqibiga qulaylik yaratib berishiga olib keladi. Chuqur ko’ra bilish har bir taktik usulni o’z vaqtida va to’g’ri bajarish harakatdagi o’yinchilar va to’p oralig’ini aniq baholash bilan bog’liq. Masofani o’z vaqtida va aniq belgilash, to’p berayotgan o’yinchining jamoadoshi bilan o’rtadagi masofani aniq belgilash to’pni to’g’ri yo’naltirishga bog’liq. Shunday qilib, futbolchining mahorati uning ko’rish, chamalash qobiliyatiga ham bog’liq bo’ladi. Chuqur ko’ra bilish huddi keng taraflama ko’rish singari chuqur tayyorgarlikni talab etadi. Tayyorgarlikni puxta ko’ra bilishga nisbatan o’rtacha 43,2% balandroq. Mashg’ulotlarga 2-3 marotaba qatnashmaslik ko’rish qobiliyatni 20-30% yomonlashishiga olib keladi. Bu esa o’yinning yomonlashishiga, sportchilarning o’yinda noto’g’ri harakat qilishlariga olib keladi. Shuning uchun ham o’quv mashg’ulot davrida ko’ra-bilish qobiliyatini rivojlantirishga va takomillashtirishga ko’proq vaqt ajratish kerak, chunki faqat o’yin jarayonida uni rivojlantirish zarur. Ko’z bilan chamalash qobiliyatini, masofani xis qilish sezgisini rivojlantirish mumkin. Eng muhimi mashg’ulotlar davomida, to’p uzatish, aldab tashlash, xujum qilish vaqtida masofa o’zgarishlariga ko’p e’tibor berish kerak. Mashq sifatida tennis, voleybol, basketbol o’yinlaridan ham foydalanish mumkin. O’yinchi faqat maydon markazini emas, balki uning chekka qismlarini, orqa chiziqdagi burchaklarini ham nazorat qilib turishi, nazardan qochirmasligi va mashg’ulotlar vaqtida o’zicha shunday qobiliyatini o’stirishga harakat qilish mumkin. Shu maqsadda to’pni darvozaga maydonni boshqa tomonlariga qaragan holda tepish, bir sherikka qarab turib, to’pni boshqasiga uzatishni o’rganish mashqlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Qanday qilib masofani yaxshi rivojlantirish mumkin? Asosiy talab mashg’ulot paytida, to’pni uzatishda, otishda to’pni o’yinga kiritishda, xujumda masofani tez-tez o’zgartirishdir. Sportchi o’zini masofadagi mayda o’zgarishlarni kuzatishda tayyorlash kerak. Buning uchun to’pning yo’nalishini aniqlash. Futbol harakat ko’nikmalarini eng muhim psixologik xususiyatlaridan biri Shuki sportchi u yoki bu usulni (masalan: to’p uzatishni) bajarishda o’z harakat va mushaklarini kuchini o’yinchilarning orasidagi masofani baholab turib taqsimlashi lozim. Bu esa ko’rish harakat qilish koordinatsiyasini mustahkamligini, bajarilayotgan usulni makonda va zamonda juda aniq idrok etishni talab qiladi. Futbolchi uchun texnik usullarni bajarishda mushak harakat sezgilarini juda nozik taqsimlanishi ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Futbol o’yini har bir kishidan javob harakat sur’atining juda yuksak bo’lishini talab etadiki, bunda o’yinchi vaqt tanqisligini xis qilishi va har qanday tasodiflarga tayyor turishi kerak. Joylashish tezligi, sakrashlar, harakatlar kutilmagan o’zgarishlarni keskin burilishlar, bosh harakatlari bularning bari vestibulyar apparatining ancha kuchi ta’sirlanishini keltirib chiqaradi. Odamning g’ayritabiy holatlarga va joy o’zgartishilariga u yoki bu darajada moslanishiga yordam beradigan imkoniyatlari ma’lum tarzda vestibulyar chidamliligi bilan bog’likdir. Mashqlar agar ularni u yoki bu o’yinning texnik usulini bajarishga kiritilsa, ular eng ko’p ta’sir o’tkazadi. Masalan: do’mbaloq oshishdan keyin to’p uzatishni bajarishda aylanma harakatdan, keskin tezlanishdan keyin (oldinga, orqaga, chapga, o’ngga va hokazolar). Futbolchi faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari diqqatni maxsus rivojlantirishga xizmat qilishi oqibatida voleybolchilarda juda rivojlangan maxsus kompleks qabul qilishni (to’pni) paydo qiladi. Bu maxsus qabul qilishlarning negizida analizatorlarga etib keladigan nozik xabarlar yotadi. Bunda asosiy rolni harakatlanish, ko’rish, vestibulyar va eshitish sezgilari o’ynaydi. Futbolda quyidagi maxsus qabul qilish xislatlari bor: “to’pni xis qilish”, “maydonni xis qilish”, “vaqtni xis qilish”. Futbolda o’yinni analiz qilish va tadqiqotlar Shuni ko’rsatadiki, o’yinchilarning texnik va taktik harakatlarini muvaffaqiyatli ma’lum darajada ularning yuqori saviyadagi hajm, jadallik, chidamlilik, taqsimlash va ko’chirish kabi sifatlar bilan belgilanadi. O’yinning davomiyligi taktik holatlarning yuqori bardoshi o’yin davomida uni samarali sarflash, turli diqqatni chetga tortadigan turli narsalarga e’tibor bermaslik kabi xususiyatlar bilan bog’likdir. Diqqatni quyidagicha rivojlantirish maslahat beriladi. Avvalom bor har bir ishda va har bir sharoitda o’zini e’tiborli bo’lishga o’rgatish kerak. Bunda umumiy jismoniy tayyorgarlik juda katta rol o’ynaydi. Yomon jismoniy tayyorgarlikka ega bo’lganda tez charchash muqarar, Charchaganda esa diqqat e’tibor susayadi. Diqqat e’tibor hajmini har xil sharoitlarda mashq qildirish mumkin. Masalan: predmetlarni tasvirlab berish. Mashq vaqtida futbolchilarga Shunday vazifalar qo’yish kerakki, ularni ochishda futbolchi baravariga dinamik va statik ob’ektlarni sezishi kerak bo’lsin (lekin 8-9 tadan ko’p emas). Jadallashtirilgan va mustahkam diqqat e’tiborni aniq darajada rivojlantirish irodani kuchaytirish bilan bog’liq. Futbolchilarning taktik harakatlarida ularning ijodiy fikr yuritish, tasavvur etishi amalga oshadi. Futbolda bir qolipda harakat qilgan komanda emas, balki raqib komandasining harakatlarini hisobga olib, yana cheklangan vaqtda va ko’tarinki hayajon holatida o’z taktik maqsadini ro’yobga chiqarishda mohirlik qilgan komanda g’olib bo’ladi. Futbolchilarning taktik mahoratini yuqori darajaga ko’tarish uchun quyidagi qobiliyatlarni rivojlantirish mumkin: a) kuzatish - uchrashuv vaqtida zarur fursatini tez va to’g’ri belgilash, o’yin vaqtida to’g’ri va tez o’z joyini topib olishni bilish; b) ziyraklik - paydo bo’lgan vaziyatni tez va to’g’ri baholash, ularning natijasini hisobga olishni bilish; v)tashabbuslik - foydali taktik usullarni tez va mustaqil qo’llashni bilish; g) o’rin o’zgarish - raqibning taktik usullarini topish va o’zining, hamda raqibining harakatlarining natijasini ko’ra bilish. O’yinchilarning faol harakatlari, tez o’zgaruvchan holat, vaziyatni almashinishi, jismoniy kuchlanish, bundan tashqari maydonda sodir bo’layotgan vaziyatga qarab o’z xis tuyg’ularini ifoda etayotgan tomoshabinlarning ta’siri - bu hammasi futbol psixologiyasini anglatadi. Xis tuyg’ular holatining kuchayishi asosan masu’liyatli daqiqalarda ayniqsa o’yin oxirida yuzaga chiqadi. Futbolchidan bu sport turi zo’r irodani talab qiladi. Irodani tarbiyalash eng zarur vazifalardan biridir. Futbolchining irodasini tarbiyalashga aniq qiyinchiliklardan, ya’ni o’zining sport faoliyati jarayonida to’qnashadigan qiyinchiliklardan kelib chiqishi kerak. Qiyinchiliklarning ikki xil ko’rinishi mavjud: ob’ektiv va sub’ektiv. Ob’ektiv qiyinchiliklar - bu futbol o’yinning xususiyatlaridagi shartli qiyinchiliklar. Sub’ektiv qiyinchiliklar esa - sportchi shaxsining xusussiyatidagi shartli qiyinchilik. Bunday holatlar sport holatlari deb ataladi. Sportga oid holatlarning to’rt ko’rinishi mavjud: jangovor tayergarlik holati, sportda kattiq hayajonga tushish holati, sportdagi loqaydlik, xotirjamlik holati. Jangovor tayyorgarlik holati eng qulay bo’lib, sportchining o’yini yuqori darajada ekanligini belgilaydi. Bunday holatda quyidagi xususiyatlar xarakterli: umumiy ko’tarinki psixologik ko’tarinkilik, ichki yig’inchoqlik va butun diqqatni bo’lajak musobaqaga tanlash, g’alabaga faol intilish, o’z kuchiga ishonish. Futbolchiga ega bo’lish kerak bo’lgan asosiy iroda maqsadga intilish va qat’iylik, matonat va dadillik (yoki o’zini tuta bilish), keskinlik va jasurlik, tashabbuskorlik va intizom. Maqsadga intilish va qat’iylik futbolchilar oldida turgan vazifalarni va maqsadlarni ravshan anglash, mehnatni sevish, sport mahoratini tinmasdan faol o’stirish bilan ifodalanadi. Bunday xususiyatlarni tarbiyalashda o’yinchilarda ongli ravishda texnikani, o’yin taktikasini chuqur o’rganishni ishlab chiqish, o’z faoliyatiga qiziqish uyg’otish zarur. Belgilangan vaqtda aniq vazifalarni topshirish va o’zining so’zsiz bajarishini talab qilish tavsiya etiladi. Bu xususiyatlar salbiy, nomuvofiq ruhiy holatlarni (haddan tashqari qiziqish, o’zini yo’qotib qo’yish, engilish va boshqalarni) engish orqali ifodalanadi. Qiyinchiliklarda do’stlik va o’rtoqlik tuygularini tarbiyalash, shaxsiy manfaatlarni jamoa manfaatlariga bo’ysundirishni bilish asosiy ma’no kasb etadi. O’yinchilarda o’z jamoasining sharafini himoya qilish, uning kuchiga ishonish kabi ma’suliyatini tarbiyalash zarur. Faqat shundagina o’yinchida o’rtoqlari har qanday qiyinchilikda ham uni qo’llashlariga yordam berishlariga qattik ishonch hosil bo’lishi mumkin. Tashabbuskorlik va intizom sportchining o’yinga yangilik kirita bilish qobiliyatiga, boshqalarning ta’siriga va harakatlariga berilmasligiga qarab amalga oshadi. Tashabbuskor o’yinchi tashkilotchi hisoblanadi, u jamoani o’ziga ergashtiradi. Intizom o’yinchining o’z hatti-harakatlarini jamoa oldidagi vazifasiga, butun komandaning rejasiga bo’ysundira olishi bilan xarakterlanadi. Intizomni tarbiyalashda jamoa asosiy rol o’ynaydi. Barcha ko’rsatib o’tilgan xususiyatlar bir biri bilan bog’liq. Irodani shakllantirishni uzil-kesil amalga oshirib bo’lmaydi. Mashg’ulot jarayonini va tarbiyaviy ishlarning borishi qanchalik to’g’ri tashkil qilingan bo’lsa, futbolchilarning irodasini rivojlantirish shunchalik muvaffaqiyatli bo`ladi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling