Sаmаrqаnd dаvlаt universiteti huzuridаgi pedаgog kаdrlаrni qаytа tаyyorlаsh vа ulаrning mаlаkаsini oshirish mintаqаviy mаrkаzi «Himoyaga tavsiya etaman»
Download 0.56 Mb.
|
Yosh futbolchilarni musobaqaga tayyorlash, ularni jismoniy sifatini tarbiyalash usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bitiruv ishning obekti va predmeti
KIRISHBitiruv loyha ishining dolzabligi: Hozirgi davrda O`zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportga katta etibor berilmoqda. Buni keyingi yillardagi hukumatimiz tomonidan jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish borasida ishlab chiqilayotgan va qabul qilinayotgan qaror va qonunlar yaqqol ko’rsatib turibdi. 2018—2022 yillarda O’zbekiston Respublikasida sportni yanada rivojlantirish. Dasturiga muvofiq tasdiqlangan o`zini o’zi boshqarish organlarining faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashi, Yoshlar Ittifoqi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligining quyidagi takliflari qo’llab-quvvatlash, istiqbolli va iqtidorli futbolchilarni tanlash va tayyorlashning samarali tizimini yaratish, milliy terma jamoalar va professional futbol klublari uchun sifatli sport zaxirasini shakllantirish, xalqaro talab va standartlar asosida futbol bo’yicha trener va hakamlarni tayyorlash, Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2018-yil 5-martdagi PF-5368-sonli Farmoniga muvofiq amalgam oshirish asosiy dastur qilib olingan. 1Buning natijasida esa, sportchilarimiz tomonidan halqaro yirik turnirlarda munosib tarzda yurtimiz shon-shuxrati yuqoriga ko`tarishmoqda. So’nggi yillarda O`zbekiston futbolchilari tomonidan oldinga katta qadam qo`yishdi. Milliy terma jamoamiz yildan-yilga dunyo miqyosidagi (Jaxon chempionati saralash bosqichlarida, Olimpiya va Osiyo o`yinlarida va Osiyo chempionlari kubogi baxslarida qatnashgan holda) o`z mavqelarini toboro yaxshilab borishmoqda.2 Futbolda o`quv-mashg`ulotining samaradorligi uning faoliyatiga chambarchas bog`liq. Bu esa futbol o`yini tuzimini o`rganishni taqozo etadi. Shuning uchun bu masalaga alohida etibor berilib kelingan va bizningcha bu masalani o`rganishga kelajakda xam etibor beriladi. Negaki, futbol boshqa xayotiy protseslar kabi, doimo o`zgarishda va o`sishda. Futbolda xozirgi davrda taktika, o`yin strategiyasi va o`yin sistemalari doimo o`zgarishda. Shu bois musobaqa faoliyati o`rganish va tahlil qilish har qanday davrda ham dolzarbligiga qolaversa kerak. So’nggi yillarda xalqimizning salomatligi to’g’risida g’amxo’rlik qilish, ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, millionlar o’yini bo’lgan va mamlakatimizda alohida o’rin tutadigan sportning futbol turiga aholini, ayniqsa Yoshlarni keng jalb etish bo’yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Shu bilan birga, bugungi kunda mamlakatimizda yuqori iqtidorga ega bo’lgan Yosh futbolchilarni tanlash, saralab olish (seleksiya) tizimi va futbol infratuzilmasini yanada rivojlantirish, futbol bo’yicha sport maktablari faoliyatini yangi bosqichga ko’tarish, soha mutaxassislarini tayyorlash va ularni moddiy rag’batlantirish tizimini yaxshilash, o’tkazilayotgan musobaqalar saviyasini yuksaltirish kabi masalalar dolzarb vazifalardan biri bo’lib qolmoqda. O’zbekistonda futbolni aholi o’rtasida eng ommaviy sport turiga aylantirish, yuqori iqtidorga ega bo’lgan Yosh futbolchilarni tanlash, saralab olish va ularni professional sportchilar sifatida tayyorlash tizimini yo’lga qo’yish, mamlakat futbolini rivojlangan mamlakatlar bilan raqobat qila oladigan darajaga yetkazish, xalqaro talab va standartlar asosida futbol bo’yicha mutaxassislarni tayyorlash, futbol klublari faoliyatini rivojlantirish, terma jamoalar uchun o’quv-mashq jarayonini samarali tashkil etish, mamlakatimizda futbol bo’yicha yirik xalqaro musobaqalar, jumladan, o’smirlar, Yoshlar va xotin-qizlar jamoalari o’rtasida jahon va qit’a birinchiliklarini o’tkazish maqsadida, bolalar va o’smirlarni futbol bilan shug’ullanishga qiziqishini oshirish, havaskor futbolni ommaviylashtirish, bu borada umumta’lim maktablari, boshqa ta’lim muassasalari, mahalla va tashkilotlarda futbol bo’yicha musobaqalarni muntazam ravishda tashkil etish; Yosh futbolchilarni futbol bilan Shug`ullanishida zamonaviy asbob uskunalar bilan jihozlangan sport inshoatlarini qurish, jahon talablariga javob beradigan futbol maydonlarini ko’paytirish, eng qobiliyatli Yosh sportchilarni aniqlash va kelgusida ulardan yuqori malakali futbolchilar tayyorlash imkonini beradigan iqtidorli sportchi Yoshlarni qidirib topish va tayyorlash tizimini tobora takomillashtirish ko`zda tutilgan. Futbol o`yinida yuqori malakali futbochilarni tarbiyalash har doim ham dolzarb muammo hisoblangan. Yuqori malakali futbolchilarni jismonan yetuk, texnik-taktik tomonlama tayyorlash voyaga yetkazish, Yoshlikdan sport maktablarida, futbol akademiyalarida o`quv mashg`ulotlarini to`g`ri yo`naltirish bilan bog`liqdir.3 Respublikamizda bir qancha bolalar va o`smirlar sport maktablari, futbol akademiyalari mavjuddir. Har bir maktab o`ziga xos yutuqlarga ega ekanliklari sir emas. Lekin, erishilgan yutuqlarga qaramasdan, yosh futbolchilarni o`yin maqsadi va ularing umumiy tayyorgarligi ustida hali ancha mashaqqatli ishlar olib borilishi kerak. Bizning mutaxassis va murabbiylar O`zbekiston futbolida yuqori malakali o`yinchilarda ham jismoniy tayoyrgarlikni maromida emasligini takidlashmoqda. Bunga milliy terma jamoamiz safida o`ynovchi futbolchilarning xalqaro uchrashuvlarida, o`yin harakatlardagi kamChiliklarning ko`rinib qolishi yaqqol misol bo`la oladi. O`zbek futbolchilarining keyingi rivojlanish bosqichi to`g`ridan to`g`ri yosh bolalar va o`smirlar futbolini rivojlantirish bilan bog`liq. Qanchalik bolalar va o`smirlarni tayyorlash, o`rgatish jarayoni samarali yo`lga qo`yilsa keyingi futbolimiz rivojlanish bosqichi Shunchalik samaraliroq kechadi .Bitiruv ishning obekti va predmeti. Zamonaviy futbol har bir futbolchidan kattagina jismoniy tayoyrgarlikni va butun o’yin davomida aniqlik bilan harakat qilishlarini talab etmoqda, chunki jismoniy tayyorgarlikni maromida bo’lmasligi maydonda barcha haraktlarning samarasiz tugallanishiga, jamoaning mufavvaqiyatsiz o’yiniga olib keladi. Yuqori malakali jamoalarda o’yinchilarning umumiy tayyorgarligidagi nuqsonlarini tuzatish ancha qiyin. Shuning uchun bolalar va o’smirlarning mashq jarayonlari qanchalik samarali bo’lsa, yuksak natijalar uchun kurashlar ham Shunchalik ko’p muvaffaqiyaga olib keladi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling