1. Pedagogik konfliktalogiya fanining predmeti berilgan javobni toping


Download 26.28 Kb.
Sana03.06.2024
Hajmi26.28 Kb.
#1842048
Bog'liq
Muxamedova Madina


Test
1.Pedagogik konfliktalogiya fanining predmeti berilgan javobni toping
A.Konfliktlarning yuzaga kelishi, rivojlanishi va tugallanishiga doir umumiy qonuniyatlardir
B.Bo‘lajak o‘qituvchilarni zamonaviy pedagogik konfliktologiya asoslariga doir bilimlar bilan qurollantirish
C.Gumanitar fanlar sohasi sifatida uning ob’ekti va predmetidagi izlanishdir va asosiy kotegoriyalari haqida talabalarda nazariy tasavvurlarni shakllantirish;
D.Pedagogik faoliyatning insonparvarlikka yo‘naltirilganligi
2.Pedagogik konfliktalogiya fanini oʻrganishda qanday ilmiy tadqiqot metodlaridan foydalaniladi
A.Kuzatish, eksperimental metodlar
B.Savol javob, ogʻzaki metodlar
C.Kuztish, proektiv metodlar
D.Kuzatish; o‘z-o‘zini tahlil qilish; og‘zaki va yozma so‘rov; anketalashtirish; test so‘rovi; ishbilarmonlik o‘yinlari va h.k.
3.Pedagogik konfliktalogiya fanini o‘qitishdan maqsad bu
A.Bo‘lajak o‘qituvchilarni zamonaviy pedagogik konfliktologiya asoslariga doir bilimlar bilan qurollantirishdir,
B.Konfliktlarni bartaraf etish, oldini olish, yechimini topishning asosiy shakl va usullarini egallash;
C.Konfliktning qonuniyatlari va faktorlari haqida to‘liq tasavvurni shakllantirish;
D.Pedagogik konfliktli vaziyatlarni muvofiqlashtirish, tahlil qilish va tushunish, umumiy ilmiy yondashishni aniqlay bilishdan iboratdir.
4.Konfliktologiya qachondan boshlab fan sifatida shakllana boshladi
A. XX asrning birinchi yarmidan boshlab
B.XX asrda
C.XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab
D.XlX asrda
5.Konfliktning yechimini topish bu
A.Gumanitar fanlar sohasi sifatida uning ob’ekti va predmetidagi izlanishdir va asosiy kotegoriyalari haqida talabalarda nazariy tasavvurlarni shakllantirish;
B.Pedagogik faoliyatning insonparvarlikka yo‘naltirilganligi ni ochib berish;
C.Konfliktlarni bartaraf etish, oldini olish, yechimini topishning asosiy shakl va usullarini egallash
D.Konfliktli vaziyatni yo‘qotish hamda u yuzaga keltirgan munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga solish bilimlari va ko‘nikmalari majmuidan iboratdir
6.“Konfliktologiya”soʻzi qanday manoni anglatadi
A.lotincha “conflictus” – to‘qnashuv, “logiya” – ta’limot demakdir.
B.yunoncha “conflictus” – oʻrganish “logiya” – ta’limot demakdir.
C.lotincha “conflictus” – muammo “logiya” – ta’limot demakdir.
D.inglizcha “conflictus” – to‘qnashuv, “logiya” – ta’limot demakdir.
7.Insidentlar haqida berilgan toʻgʻri jumlani toping
A.Hayotda uchrab turadigan turli nizo va ziddiyatga bog‘liq bo‘lgan voqealar bo‘lib, osuda va tinchlik vaqtida siz ularga e’tiborsiz bo‘lasiz.
B.Insonning ichki hissiyotlari, o‘ylari va tuyg‘ulari bilan bog‘liq bo‘lib, nimadir bo‘layotganligi anglanadi, ammo o‘sha “nimadir” aniq ta’rif etilmaydi, u anglashiladi, ammo uni so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydi.
C.Haqiqiy xasadni his qilmaydilar, ular uchun boshqalar muvoffaqiyatdan bir oz norozilik, ta’sirlanish kuzatilishi mumkin.
D.Ko‘pincha insonni ba’zi noaniq va nizo holatlar, inqirozlardan saqlab qolish xususiyatiga ega.
8.Insonning ichki hissiyotlari, o‘ylari va tuyg‘ulari bilan bog‘liq bo‘lib, nimadir bo‘layotganligi anglanadi, ammo o‘sha “nimadir” aniq ta’rif etilmaydi, u anglashiladi, ammo uni so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydi.
Ushbu jumla insonning qanday holatiga tegishli
A.Hasadgoʻylik holati
B.Gʻazab holati
C.Diskonfort holati
D. Inqiroz holati
9. Konfliktli vaziyat, insident va konflikt oldi holatlarni hal etishga qaratilgan birinchi qadam haqidagi toʻgʻri fikrni toping
A.Konfliktli vaziyat har doim asl konfliktdan oldin paydo bo‘ladi. Ammo uning masshtabi ancha kichik bo‘ladi. Konflikt esa insedent bilan yoki uning ketidan vujudga keladi. Shu bois, konflikt vaziyatni nazoratda saqlagan odam, konfliktning o‘zini ham nazoratda saqlagan bo‘ladi
B.Konfliktli vaziyat o‘zining yechimini va konflikt rivoji uchun asos borligini ko‘rsatadi. Unga e’tiborsiz bo‘lmang. Uni tahlil qilish va yechimini topishga urining
C.Konflikt, insident, konfliktli vaziyatni faqat hayolingizda emas, balki og‘zaki tahlil qilishga urinib ko‘ring
D.Insident vujudga kelgan vaqtda doim o‘zingizga “Nima uchun?” degan savolni unga javob topmagunga qadar bering va aniq javob topishga harakat qiling.
10.Nizoli vaziyat bu...
A.istaklari, qiziqishlari, qadriyatlari yoki tushunchalari mos kelmasligi sababli yuzaga keladigan ikki yoki undan ortiq sub’ektlar o‘rtasidagi ijtimoiy o‘zaro aloqalar shakli sub’ektlar individ, guruh, o‘z-o‘zi bilan ichki nizolar holatlarida bo‘ladi.
B.Konkret masala yuzasidan fikrlar yoki qarashlarda tafovut yoki qarama-qarshilik uchun shart-sharoit paydo bo‘ladi.
C.Ijtimoiy sub’ektlar o‘rtasida haqiqiy qarama-qarshilikni yuzaga keltiruvchi hodisadir. Asosiy belgisi – nizo predmeti yuzaga kelishi, lekin hozircha ochiq faol kurashning yo‘qligidadir
D.Har ikkala tomon o‘z qarashlarini qarshi tomonnikidan afzal bilib, ochiqchasiga bir-birlarini ayblay boshlaydilar.
11.Nizodan chiqish bosqichi haqida berilgan toʻgʻri maʼlumotni toping
A. Nizoda chiqishda turli usullardan foydalanish
B.Konfrontatsiya-konkret masala yuzasidan fikrlar yoki qarashlarda tafovut yoki qarama-qarshilik uchun shart-sharoit paydo bo‘ladi.
C.Kompromiss yoki janjal - har ikkala tomon o‘z qarashlarini qarshi tomonnikidan afzal bilib, ochiqchasiga bir-birlarini ayblay boshlaydilar. Nizoli holatlarda shaxsning qanday xulq-atvor xususiyatlarini namoyon etishiga qarab turli toifalar kuzatiladi.
D. Muloqot yoki dissonans (tovushlar uyg‘unsizligi, hamohanglikning, uyg‘unlikning yo‘qligi yoki buzilishi: aksi konsonans(bir necha tovushlarning garmonik uyg‘unligi; ohangdorligi).
12.Bu toifa vakillariga o‘zgaruvchan kayfiyat, so‘zamollik (ezmalik), tashqi hodisalarga ortiqcha chalg‘ish, shuningdek, altruizm (xojatbarorlik), birovlar g‘amiga sherik bo‘lish, yuksak badiiy did, artistlik mahorati, o‘ta ta’sirchanlik, tez-tez tushkunlikka tushish xosdir.
Ushbu maʼlumot qaysi nizoli shaxs toifasiga tegishli
A.O‘ta ta’sirchan toifa.
B.Emotsional toifa
C.Rigid toifa
D.Namoyishkorona toifa
13.Konfliktli vaziyatda o‘zini tutishning nechta asosiy uslubini ajratib ko‘rsatish mumkin
A.4 ta
B.5 ta
C.6 ta
D.7 ta
14.Kompromiss (murosa) bosqich haqida berilgan qaysi maʼlumot toʻgʻri
A.Individ o‘zaro harakatlarga aloqador barcha ishtirokchilarni qoniqtiradigan yechimni izlashda faol qatnashishini, ammo bunda o‘z manfaatlarini ham unutmasligini anglatadi
B.Individning o‘z manfaatlari yo‘lidagi faol kurashi, qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun imkoni doirasidagi barcha vositalar
C.U konfliktli o‘zaro harakatlarni qisman hal qilib, chunki bu holda ko‘pgina o‘zaro yon bosishlar amalga oshganiga qaramay, sabablar butkul bartaraf etilmagan bo‘ladi.
D.Bunday axloqli individ o‘z huquqlarini himoya qilishni, qarorni ishlab chiqish uchun hamkorlik qilishni istamagan, o‘z pozitsiyasini bildirishdan bosh tortgan, bahsdan bo‘yin tovlagan hollarda tanlanadi.
15.Professorlar Fridrix Markovich Borodkin, N.M.Koryak va R.Z.Jumaevlar nizoli vaziyatlarda shaxs toifalarini nechta turga ajratadi
A.14 ta
B.13 ta
C.12 ta
D.10 ta
Kalit
1.A 7.A
2.D. 8.C
3.A. 9.B
4.C. 10.C
5.D. 11.D
6.A. 12.A
13.B
14.C
15.A
520 20 guruh
Muxamedova Madina
Download 26.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling