Samarqand davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish mintaqaviy markazi


Download 280.55 Kb.
bet1/5
Sana11.12.2020
Hajmi280.55 Kb.
#164970
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Ismatova Umida BMI


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI HUZURIDAGI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH MINTAQAVIY MARKAZI

Himoyaga ruhsat etildi:

_________________2020

SamDU huzuridagi PKQT va MOM

markazi direktori

______________S.B.Abbasov



Maktabgacha ta`lim muassasasi tarbiyachisi kasbiy qayta tayyorlash kursi tinglovchisi

Ismatova Umidaning “Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan lug’at ishini olib borishning mazmuni” mavzusidagi

KURSNI TUGATISH ISHI

Ilmiy rahbar : dots. U.Rashidova

SAMARQAND -2020

SamDU huzuridagi PKQT va MOM markazi maktabgacha ta`lim muassasasi tarbiyachisi kasbiy qayta tayyorlash kursi tinglovchisi Ismatova Umidaning “Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan lug’at ishini olib borishning mazmuni” mavzusidagi kursni tugatish ishiga ilmiy rahbar

XULOSASI
Maktabgacha bo’lgan davr kishi hayotidagi eng muhim bosqich hisoblanadi chunki bu davrda ular atrofdagilar ko’magiga etiboriga ehtiyoj sеzadi. Shuningdеk bu davrda bolaga o’rgatilgan har bir bilim, ko’nikma malaka ularni ongida toshga o’yilgan naqsh kabi bir umrga o’rnatiladi. Shu sababli biz kursni tugatish ishimizni “Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan lug’at ishini olib borishning mazmuni” deb nomlangan. Kirish qismida mavzuni dolzarbligi, kursni yakunlash ishining o’rganilganlik darajasi, maqsad, vazifalari, uning ob’yekti, predmeti va tadqiqot usullari yoritilgan. Kursni tugatish ishning I-bobida maktabgacha tarbiya muassasasida nutqini rivojlantirishga doir ishlar tizimi ochib berilgan. Kursni tugatish ishning II-bobida maktabgacha yoshdagi bolalar bilan lug’at ishini olib borish texnologiyalari yo’llari bayon qilingan. Davlat ta’lim standartlari talablariga mos keladi.Ishdagi ba’zi kamchiliklar ish mazmuniga ta’sir qilmaydi. Kursni tugatish ishini ijobiy deb baholayman. Kursni tugatish ishi Respublikamiz maktabgacha tarbiya tizimida amalga oshirilayotgan yangiliklar, bugungi yosh avlodni tarbiyalash yo`lida dasturi amal bolib xizmat qiladi deb hisoblayman va himoyaga tavsiya etaman.

Ilmiy rahbar: dots. U.Rashidova

Annotatsiya

Ushbu kursni tugatish ishi ta`lim jarayonining dolzarb masalalaridan biri hisoblangan maktabgacha yoshdagi bolalar bilan lug’at ishini olib borishning mazmuni mantiqiy tafakkurining yangi bosqichga ko’tarilishiga va ularning umuman aqliy faoliyati rivojlanishi uchun zamin yaratadi. Bolalarni nutqini o’sishiga o’rgatib boriladi. Ularning bilish qobilyati rivojlanadi. Bu yoshda aqliy qobilyatni, mustaqil fikr yuritishni, analiz, sintez, taqqoslash kabi jihatlarini, muhokama qilish, xulosa chiqarish qobilyatini, fazoviy tasavvurni rivojlantirish ham katta ahamiyatga ega. Shunday ekan bu davrda ularga ko’mak berish har – bir ota onaning tarbiyachining, asosiy vazifalaridandir. Shu sababli “Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan lug’at ishini olib borishning mazmuni” mavzusidagi kursni tugatish ishini bugungi kunning dolzarb mavzularidan biridir deb hisoblayman.



M U N D A R I J A




KIRISH………………………………………………………….

5

I.BOB.

MAKTABGACHA TARBIYA MUASSASASIDA NUTQINI RIVOJLANTIRISHGA DOIR ISHLAR TIZIMI




1.1.

Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan lug'at ishini olib borishning nazariy asoslari………………………………………

6-7

1.2.

Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish qonuniyatlari ……………………………………………………..

8-10


1.3.

O‘yin - lug‘at ishining eng natijali vositasi ……………………...

10-15

1.4.

Elkonin “O‘yin psixologiyasi” asarida o‘yin faoliyatining etakchi faoliyat ekanligi………………………………………….

15-25

1.5.

O‘yin turlari va ularni psixologik xususiyatlari………………..

25-30

II.BOB.

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR BILAN LUG’AT ISHINI OLIB BORISH TEXNOLOGIYALARI.




2.1.

Rusiyzabon bolalami o‘zga tilga o‘rgatishning talablari…………………………………………………………...

31-33

2.2.

Mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda rusiyzabon bolalar bilan ish olib borish …………………………………............................

33-40

2.3.

Ta’limiy (didaktik) o‘yinlarda lug‘at ishi ………………………

40-53




XULOSA VA TAVSIYALAR…………………………………...

54




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI…………..

55

Kirish

Qadimgi Rimliklar ham ta'limotning ildizi achchiq ekanini aytishdi. Nima uchun tabassum bilan nimani o'rganishingiz mumkin? Agar saboq yaratish qiziq bo'lsa, ta'limning ildizi uning ta'mini o'zgartirishi va hatto bolalarda ham sog'lom tuyadi. Zerikarli darslarda baxtli yuzlar mumkinmi? Albatta, faqat befarqlik shovqini va o'qituvchining doimo "tashqariga chiqishi"Bolalarning ko'z o'ngida hayrat, hayrat, hayajon, qiziqish, kichkina qo'llar hali-hanuzgacha ko'tarilib, quvonchdan sakrashning iloji yo'q, sizning aql-idrokingizdan, aql-zakovatingizdan, mening darslarimda ko'rishni xohlayman. Ommabop donolik bola uchun ta'limning eng munosib shakli bo'lgan didaktik o'yinlar yaratdi.Didaktik o'yinlar va mashg'ulotlar faqat amalga oshirish jarayonida qanday vazifalarni hal qilish mumkinligini aniq tushunsangiz va bu saboqlarni erta bolalik bosqichida o'tkazish xususiyatlarini aniqlasangiz yaxshi natijalar beradi. Psixologlar tomonidan qiziqishsiz olingan, o'zlarining ijobiy nuqtai nazarlari, his-tuyg'ularlari bilan ranglanmagan, foydali bo'lgan narsa - o'lik vaznli ekanligi isbotlangan. Bolam yozadi, o'qiydi, savollarga javob beradi, lekin bu ish uning fikrlariga ta'sir qilmaydi, qiziqish uyg'otmaydi. U passiv. Albatta, u biror narsani o'rganadi, lekin passiv hislar va assimilyatsiya qattiq bilimlarning asosi bo'lishi mumkin emas. Bolalar zo'rg'a yodlashadi, chunki o'rganish ularni tutmaydi. O'yin-kulgi, bolalar uchun kutilmagan savol yaratishi, muammolar yuzaga kelishi, dars o'tkazishning ajoyib turi. Siz hayotingizda qiziqarli va qiziqarli narsalarni topishingiz mumkin. Faqat uni topib, bolalariga o'xshash topilmalar va kashfiyotlar bo'lishlari kerak. Faqat o'rta joy topish kerak: qiyinlashtirmang - bolalar tushunmaydi, soddalashtiradilar, o'qitishni osonlashtiradilar, - bolalar doimo kamroq ishlashning oson yo'llarini qidirishadi va ularni yengish uchun emas ... Ota-onalar uchun oziq-ovqat oladigan bo'lsak, bola darslarga qat'iy qatnashib, ularni kutib, quvonadi. Sinf xonasida, kattalarni tinglashga odatlangan, unga ko'rsatiladigan narsaga qarab, ma'lum bilimga ega bola bor. U turli mavzular haqida ko'p narsalarni o'rganadi: ularning vazifalari, tashqi ko'rinishi, shakli, rangi, hajmi, vazni, materialning sifati va boshqalar.



I-BOB MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALARDA O‘YINNING ROLI.

1.1 Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan lug'at ishini olib
borishning nazariy asoslari

Tevarak-atrof bilan tanishtirishning ahamiyati, bolalar tomonidan lug‘atni o'zlashtirish xususiyatlari. Tevarak-atrof bilan tanishtirish va lug‘at ustida ishlash maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilarining oldiga qo‘yilgan eng muhim vazifalardan biridir. Maktabgacha tarbiya yoshi bolalarning voqelikni faol idrok qiladigan va tevarak-atrofdagi hayo’lga kirishib ketadigan bir davrdirki, bu davrda ularning so‘z boyliklari juda tez o'sib boradi. Tarbiyachi bolalarni tevarak-atrof bilan (narsalar, jonli tabiat hodisalari, ijtimoiy hayo’l hodisalari) tanishtirar, ulaming bilish faoliyatini yo‘lga qo‘yar va boshqarar ekan, har bir bolaga uning to'plagan tajribasini tartibga solishda yordamlashadi, unga yangi bilimlar beradi, unda qiziquvchanlik va kuzatuvchanlik qobiliyatlarini tarbiyalaydi, o‘zini qurshab turgan olamni bilishga bo‘lgan qiziqishini o‘stiradi.

Bola nutqining taraqqiyo’li uning atrofidagi odamlar nutqiga, tevarak-atrofdagi narsa-buyumlarni, ijtimoiy hayo’l hodisalarini kuzatishiga bog‘liq bo‘ladi. Yuqoridagi fikrlardan bizga ma’lumki (ilk yoshdagi bolalar nutqining rivojlanish xususiyatlari mavzusida bayon etilgan fikrlar), yangi tug‘ilgan chaqaloqlar yig‘lash orqali tashqi va ichki muhitdan keladigan signallarga (ochlik, tashnalik, sovuq, biror joyning og‘rishi yoki issiqlash va hokazolarga) javob beradi. Bola 2-3 oylik bo‘lganda katta kishilarning gaplariga, tevarak-atrofdagi g‘ala-g‘ovurlarga diqqat bilan quloq soladi, rangli narsalarga qaraydi va ularga nisbatan tovush chiqara boshlaydi.

Bir yoshdan bir yarim yoshgacha bo‘lgan bola nutqining xarakterli belgisi shundaki, bola aytadigan so‘zlar miqdori juda kam bo‘ladi, ya’ni uning faol lug‘ati juda tez o‘sib boradi. Bu yoshda bola lug‘atining boyib borishi tevarak-atrofdagi kishilar nutqini tushunish qobiliyatining o‘sishiga bog‘liq bo‘ladi. Bola o‘ziga aytilgan so‘zlarni yaxshiroq tushunadigan bo‘ladi. Uning sust lug‘ati o‘sib boradi, o‘zi yaxshi gapirmaydi, ammo boshqalarning so‘zini ko‘proq eshitib, eshitgan so‘z va jumlalarni o‘ziga singdirib boradi va shuning zamirida keyinchalik o‘z nutqini yuzaga keltiradi va boyitib boradi. Mana shu xususiyatlarni hisobga olgan pedagog-tarbiyachi bolalar idrok qiladigan nutq, so‘z va gaplarning mumkin qadar boy, rang- barang va to‘g‘ri bo‘lishiga harakat qilishi kerakki, bu ularda og‘zaki-mantiqiy fikrlash qobiliyatining paydo bo‘lishiga ta’sir etishi lozim. Bolada og'zaki-mantiqiy fikrning paydo bolishi esa ularning elementar tushunchalarni (balandlik, yaxshi, yomon va hokazolar) o‘zlashtirib olishlariga yordam beradi.

Bola bir yoshga to‘lganda faol lug‘ati tez o‘sadi. Bola aytadigan so‘zlarning miqdori birdaniga ortib ketadi. Bolaning kattalar nutqiga taqlid qilishi yangi so‘zlarni bilib olishida katta ahamiyat kasb etadi. Endi u kattalarning so‘zlariga ongli ravishda, uning ma’nosiga tushunib taqlid qila boshlaydi. Ikki yoshga kirganda uning nutqi ma’noli bo‘la boshlaydi. Narsalarni o‘z nomi bilan atay boshlaydi. Chunonchi, vov-vov-kuchuk, miyov-miyov- mushuk, chiq-chiq- soat va hokazolar. Endi bola «Bu nima?, Nomi nima?» degan savollar bera boshlaydi. Bu savollar uning o‘ta sinchkovligi, miyasida narsa bilan uning nomi (ya’ni so‘z) o'rtasida yangi bog‘lanishlar paydo bo'lganligidan dalolatdir.

Dastlabki paytda bola narsalarni bildiruvchi so‘zlarni ko‘proq ishlatsa, keyinchalik ish-harakatning nomini bildiruvchi so‘zlarni ham ishlata boshlaydi. Ikki yoshga to‘lgan bolaning so‘z boyligi 250-300 taga yetadi. Uch yoshga qadam qo‘yishi bilan uning lug‘atida fazoviy munosabatlarni bildiruvchi orqada, yuqorida, pastda, yonda kabi ba’zi so‘zlar paydo bo‘la boshlaydi. Uch yoshning oxiriga borganda bola tevarak-atrofidagi kishilaming nutqini tobora mukammalroq tushunadigan bo'ladi, ularning aytib bergan hikoyalarini, kichik she’rlarni, ashula va ertaklarni diqqat bilan tinglaydi, yangi so‘zlami o‘zlashtirib boradi. Kattalarga: Buning nomi nima? Nima uchun? Nega shunday? Qayerda? Qayerga ketdi? Qayerdan kelgan? Nimadan yasalgan? kabi savollarni beradi. Shular asosida uch yoshga to‘lgan bolaning lug‘at boyligi 1000 tadan 1200 tagacha, olti yashar bolaning so‘z miqdori 3-3,5 ming’lagacha yetadi. Demak, bog‘cha yoshidagi davrda uning so‘z boyligi juda tez ortadi. Bog‘cha yoshida bolaning nutqi miqdor jihatidangina yangi so‘zlar hisobiga boyib qolmay, balki sifat jihatidan ham ancha takomillashadi. Masalan, yasli yoshidagi bolalar juda kam so‘z boyligiga ega bo‘lib, ayrim tovushlarni (r-1, sh-s, j-z kabi) yaxshi farqlay olmaydilar. Bog'cha yoshidagi bolalar esa bunday tovushlarning ko‘pchiligini aniq va ravshan talaffuz eta oladilar, so‘zlarni gaplar tarkibida to‘g‘ri qo‘llab, to‘g‘ri jumlalar tuza oladilar. Ammo bog‘cha yoshidagi bolalaming hammasida ham so‘z boyliklari miqdor jihatidan bir xil bo‘lmaydi. So‘z to‘plamining bir xil miqdorda bo‘lishi bola tarbiyalanayo’lgan oila sharoitiga, oila a’zolarining madaniy saviyasiga, tashqi muhit ta'siriga bog‘liqdir.

Ba’zi oilalarda bola nutqining o‘sishi bilan maxsus shug‘ullanadilar, ya’ni ularga yangi-yangi buyumlarni ko‘rsatadilar, ularning nomlarini aytadilar, u bilan turli ish- harakatlarni bajarib ko‘rsatadilar, bolaning sanoqsiz savollariga erinmay javob beradilar, o‘zlari bilan ko‘chaga aylangani olib chiqadilar, tevarak-atrof, muhit bilan tanishtiradilar. Kitobdagi illustratsiyalar yuzasidan suhbatlashadilar, kichik-kichik she’rlar, hikoya va ertaklar o‘qib beradilar va hokazo. Bunday sharoitda tarbiyalanayo’lgan bolalar lug‘ati talab etilgan so‘z miqdoriga ega bo‘ladi. Ular kelgusi faoliyatga (maktab va undan keyingi faoliyatga) tayyor bo‘lishadi, ya’ni yetarli so‘z miqdoriga, nutqning sifat jihatdan takomillashgan darajasiga ega bo‘lishadi. Ba’zi oilalarda esa bola nutqining o‘sishiga e’tibor berilmaydi. Ana shuning natijasida bog'cha yoshidagi bolalar so‘z boyligi o‘rtasida sezilarli farq ko‘zgayaqqol tashlanadi.

1.2. Maktabgacha yoshidagi bolalarda o‘yinning ahamiyati.

O’yin inson o’zligining namoyon bo’lishi, uning takomillashuv usulidir. O’yin kattalar hayotida muayyan o’rin tutar ekan, u bolalar uchun alohida ahamiyatga egadir. Uni «bolalikning hamrohi» deb atash qabul qilingan. U maktabgacha yoshdagi bolalar hayotining asosiy mazmunini tashkil etadi. Mehnat va ta`lim bilan uzviy aloqada bo’lgan holda etakchi faoliyat sifatida namoyon bo’ladi. Bola shug’ulanadigan ko’pchilik jiddiy ishlar o’yin shaklida bo’ladi. O’yinda shaxsdagi barcha mavjud jihatlar ishga tushadi: bola harakat qiladi, gapiradi, idrok etadi, o’ylaydi. O’yin tarbiyaning muhim vositasi sifatida namoyon bo’ladi.O’yin qadim zamonlardan beri pedagog, psixolog, faylasuf, etnograf, san`atshunos olimlar diqqatini o’ziga tortib kelgan bo’lib, jamiyat hayotida mehnatdan keyin turadi va uning mazmunini belgilaydi. Ibtidoiy jamoa qabilalari o’z o’yinlarida ovchilik, urush, dexqonchilik ishlarini aks ettirganlar. Masalan, o’sha davrdagi ba`zi qabilalarning sholi sepish jarayoni o’yinlar bilan juda katta tantana qilib amalga oshirilar edi.YA.A.Komenskiy, K.D.Ushinskiy, A.S.Makarenko, P.F.Lestgaflarning g’oyalari hozirgi zamon bolalar o’yinlari nazariyasi uchun ham ahamiyatlidir. «Bolalar o’yini ko’p asrlik tarixga ega– deb yozgan edi K.D.Ushinskiy, - insonning o’zi tomonidan ishlab chiqilgan qudratli tarbiyaviy vosita va shuning uchun ham unda inson tabiatining haqiqiy ehtiyoji ifodalangan».Yan Amos Komenskiy o’yinni bola faoliyatining, uning tabiati va mayllariga to’g’ri keladigan zarur shakli deb hisoblardi. Uning fikricha o’yin – bolaning barcha qobiliyat ko’rinishlari rivojlanadigan jiddiy aqliy faoliyatdir, o’yinda borliq, dunyo haqidagi tasavvurlar doirasi kengayadi va boyidi, nutq rivojlanadi. Bola o’yin davomida tengqurlari bilan do’stlashadi. Ya.A.Komenskiy o’yinga quvnoq bolalik va bolani uyg’un rivojlanish sharti sifatida qarar ekan, kattalarga bolalar o’yinlariga e`tiborli munosabatda bo’lishni, ularga oqilona rahbarlik qilishni masalahat bergan edi.P.F.Lestgaft bolalar o’z o’yinlarida tevarak-atrofdan olgan tasurotlarini aks ettiradilar, deydi. Bunday faoliyat bolaning rivojlanishida katta ahamiyatga egadir. Shunday qilib o’yinning ijtimoiy voqea ekanligini, o’yinda tevarak-atrofdagi borliq aks ettirilishini ilg’or olim va pedagoglar o’zlarining kuzatish va ilmiy tadqiqotlari orqali isbotlab berdilar.Tarbiyachilar bolalar o’yiniga rahbarlik qilishda quyidagilarga rioya qilishi lozim.

1. o’yin bilan mehnat o’rtasida to’g’ri munosabat o’rnatish

2. o’yinda bolalarning bo’lajak mehnat axliga xos bo’lgan jismoniy va ruhiy sifatlarini tarbiyalash.



Shu tariqa o’yin tarixiy taraqqiyot jarayonida mehnat faoliyati natijasida paydo bo’lgan ijtimoiy faoliyatdir; o’yin doimo haqiqiy hayotni aks ettiradi. Demak, ijtimoiy hayot o’zgarishi bilan uning mazmuni ham o’zgaradi; o’yin ma`lum maqsadga yo’naltirilgan ongli faoliyat bo’lib, uning mehnat bilan ko’p umumiyligi bor va yoshlarni mehnatga tayyorlashga hizmat qiladi. O’yin faoliyati asosida boladagi o’quv faoliyati rivojlanadi, bola qanchalik yaxshi o’ynasa, u maktabda shunchalik yaxshi o’qiydi.Ilk yoshli bolalar o’yin faoliyatining birinchi bosqichi tanishtiruvchi o’yin bo’lib, u narsa-buyum-o’yin faoliyatidir. Uning mazmuni qo’l ishidagi murakkab va nozik harakatlardir.Keyingi bosqich aks ettirish o’yini hisoblanadi. Bu ilk yoshli bolalar o’yini psixologik mazmunining rivojlanishida eng yuqori nuqta hisoblanadi. Kattalar ta`lim-tarbiyaviy ishlarini ma`lum izchillik bilan olib borsalar, bu yoshdagi bolalar narsa va buyumlar nomini, nimaga ishlatilishini bilib oladilar va bu yangi bilimlarni o’z o’yinlarida qo’llay boshlaydilar.Bu yoshdagi bolalar o’yini mazmuni jihatidan predmetli faoliyatni aks ettiradi. Birinchi yoshning oxiri va ikkinchi yoshdagi bolalar o’yinida syujetni aks ettirish yuzaga keladi. Bola qo’lidagi buyum bilan undan qanday foydalanish keraqligini aks ettiradi.Navbatdagi bosqich rolli o’yin bo’lib, unda bolalar o’zlariga tanish bo’lgan kattalar mehnati va qishilarning ijtimoiy munosabatilarini aks ettiradilar.Bolalar o’yin faoliyatining bosqichma-bosqich rivojlanishi to’g’risidagi ilmiy tasavvurlar har xil yosh guruhlarida bolalarning o’yin faoliyatiga rahbarlikning aniq sistemali tavsiyalarni ishlab chiqish imkoniyatini yaratdi. Shunday qilib MTMning pedagogik jarayonda o’yinning tutgan o’rni juda katta bo’lib, o’yindan maktabgacha yoshidagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta`lim berishda keng foydalaniladi. Zero:o’yiin bolalarning mustaqil faoliyati bo’lib, unda bolaning ruhiyati namoyon bo’ladi;o’yin maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar hayotini tashqil etish shaklidir;

  • o’yin bolalarni har tomonlama tarbiyalash vositalaridan biridir;

  • o’yin bolalarga ta`lim va tarbiya berishning metod va usulidir;

  • o’yin bolalarni o’quv faoliyatiga tayyorlash vositasidir.

Taniqli pedagog-olimlarning olib borgan tadqiqotlari o’yinga kompleks rahbarlik qilish orqali bolalarga o’yinning mazmuni, tashqil etilishi, tuzilishi, bolalarning axloqiy munosabatlari, bolalar o’yinining rivojlanish darajasiga ta`sir etish mumkinligini ko’rsatdi.Bolalar o’yini uning mazmuni, xususiyati, tashkil etilishiga ko’ra xilma-xildir.

Ijodiy o’yinlarni bolalar o’zlari o’ylab topishadi. Unda oldindan belgilangan qoidalar bo’lmaydi. O’yin qoidasini bolalar o’zlari o’yin jarayonida belgilashadi. Qoidali o’yinlarning mazmuni va qoidasi kattalar tomonidan belgilanadi. Qoidali o’yinlarga quyidagilar kiradi: didaktik o’yinlar, harakatli o’yinlar, musiqaviy o’yinlar, ermak o’yinlar.Bolalarga ta`lim-tarbiya berish maqsadida kattalarning o’yinni tanlay bilishi, unga to’g’ri rahbarlik qilish “MTM ta`lim va tarbiya dasturi”da belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta`minlaydi.O’yin bolalarni rivojlantirish va tarbiyalash vositasidir. Psixologlar o’yinni maktabgacha yosh davrida etakchi faoliyat deb hisoblaydilar. O’yin tufayli bolaning yuqori rivojlanish bosqichiga o’tishini ta`minlovchi sifatlar shakllanadi, uni ruhiyatida sezilarli o’zgarishlar yuz beradi.O’yinda bola shaxsining hamma tomoni bir-biriga o’zaro ta`sir etgan holda shakllanadi. O’ynayotgan bolani kuzatayotib uning qiziqishlarini, tevarak-atrof to’g’risidagi tasavvurini, kattalarga va o’rtoqlariga bo’lgan munosabatini bilib olish mumkin.



1.3. O‘yin - lug‘at ishining eng natijali vositasi

Maktabgacha tarbiya pedagogikasida ishlab chiqilgan nazariya asosida bolalar o‘yiniga rahbarlik qilish bolalar xulqini tarbiyalashda muhim o‘rinni egallaydi. Ana shu o‘yinlarning ko‘pchiligidan bolalar nutqini rivojlantirishda ham foydalanish mumkin: jumladan, o‘zaro kelishib olish; rol va majburiyatlarini taqsimlash; o‘zi nimani bilsa, o‘rtog‘ini ham shunga o‘rgatish va hokazo. Tarbiyachi bolalar o‘yiniga rahbarlik qilar ekan, ularning bir-birlari bilan samimiy ohangda, muloyim so‘zlashishga o‘rgatadi. Shuning uchun ham tarbiyachi bolalar lug‘atini va bilimini o‘yin jarayonida kengaytirish yo‘llarini oldindan puxta o‘ylab qo‘yishi kerak: o‘yinni buyumlar bilan, milliy kiyimlardagi bolalarni tasvirlovchi qo‘g‘irchoqlar bilan tashkil etish, o‘yinga va bolalar nutqiga rahbarlik qilish (tarbiyachining bolalarga o‘qib yoki hikoya qilib berishi, o‘yin to‘g‘risida savollar va jamoa bo‘lib gapirib berish va hokazo). Bolalarning rolli o‘yinlariga, ular nutqiga rahbarlik qilishda qanday usullardan foydalanilsa, boshqa o‘yinlarda ham shu usullarda foydalaniladi.

Bolalar lug‘atini boyitish, ularning ijodiy faoliyatlarida tasviriy san’at bilan tanishish tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari jarayonida ham amalga oshiriladi. Masalan, tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida bolalar ranglarning nomlaini, ularning farqlarini, materiallarning nomlarini (yelim, loy, plastilin, bo ‘yoq va hokazo), tasviriy faoliyat bilan bog’liq bo‘lgan (bo'yash, bo’lirish, qirqish, yasash, rasm solish), materiallarning sifatiga doir (oq rangli qog'oz, rangli qalamlar kabi) maxsus so‘zlarni o‘zlashtirib oladilar. Teleko’lsatuvlarni, kinofilmlarni tomosha qilish bolalarning dunyoqarashini kengaytiradi, ular uchun no’lanish, yangi bo‘lgan so‘zlarning tushunarla bo’lishiga yordam beradi. Ayniqsa, dramalashgan o'yinlar, qo‘g‘irchoq va stol teatrlari, ertaliklarda, turli bayramlarda, bolalar konsertlarida ishtirok etishlari ularning lug‘atlarini faollashtirishga yordam beradi.

Ona tili mashg‘ulotlarida nutq ustida ishlash tarbiyachining asosiy vazifasi bo’lib, bu vazifalarni maqsadli amalga oshirishda u bir qancha usul va uslubiyo’llardan foydalanadi. Shuningdek, tarbiyachi bolalar bilan oddiy matematik tasavvurlarni tarkib toptirish, jismoniy tarbiya, musiqa va boshqa mashg‘ulotlarni tashkil etadi. Bu mashg‘ulotlarda bolalar sanashga o‘rganadilar, vaqt va uning qismlarini, geometrik shakllarni, narsalarning o‘lchamini, oddiy matematik tasavvurlarni bilib oladilar, loy va plastilindan har xil buyumlar yasash, rasm chizish (tasviriy faoliyat mashg‘uloti), ashulalar, raqslar (musiqa), gimnastika mashqlari, umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarishga (jismoniy tarbiya) o‘rganadilar. Asosiy dastur vazifalari bilan bir qatorda, lug‘atni boyitish va faollashtirish vazifasi ham kiritiladi. Masalan, oddiy matematik tasavvurlarini o‘stirish mashg‘ulotlarida bolalar geometrik shakllarning nomlarini: uchburchak, kvadrat, to‘g‘ri to'rtburchak, oval, doira va boshqalarni; vaqt tushunchalarini: ertalab, kunduzi, kechqurun, kechasi, sahar, shom, xufton; o‘lchamlarning nomlarini: katta, kichik, uzun, qisqa, baland, past va hokazo; fazoviy tushunchalarni: pastda, balandda, yonda, orqada, oldinda va son tushunchalarini bilib oladilar. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida esa harakat nomlarini, masalan, yurish, o‘tish, kelish, ketish, kirish; qadam qo‘yish, qadam tashlab o'tish; yugurish, chopish, yugurib boorish, sakrab-sakrab o‘tish, tirmashib tushish va hokazolarni bilib oladilar va ularni o‘z nutqlarida ishlatishga o‘rganadilar. Shunday qilib, bolalar bog‘chasida lug‘at ishi turli xildagi vositalar yig‘indisining bolalarga ta’sir etishi asosida amalga oshiriladi.


Ta’limiy (didaktik) o‘yinlarda lug‘at ishi

Ta’limiy o'yinlar bolalar lug‘atini faollashtirishning asosiy uslubi yo’llaridan (metodlaridan) biridir.

Ta’limiy o‘yin bolalarning amaliy faoliyati hisoblanadi, chunki unda bolalar mashg‘ulotlarda olgan bilimlaridan foydalanadilar. Bolalarning aqliy faoliyatlarini kuchaytiradi, olgan bilimlaridan har xil usulda foydalanishlar uchun imkoniyatlar yaratib beradi.

Ta’limiy o‘yin bolalarning tevarak-atrof, ijtimoiy hayo’l to‘g‘risidagi bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi, o‘z shaxsiy tajribalari va mashg‘ulotlarda olgan bilimlarini amalda qo‘llay bilishga ohgatadi, fikrlash qobiliyatlarini, ijodiy kuchlarini, sensor jarayonini rivojlantiradi, olgan bilimlarini tartibga soladi. Har bir ta’limiy o‘yin o‘zining dastur mazmuniga ega. Bu “Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya dasturi” da o‘z aksini topgan. Masalan:



  1. buyumlar, ulaming nomi, rangi, shakli, hajmi, sifati to‘g‘risida bilimlar berish;

  2. mehnatning har xil turlari va uning kishilar hayo’lidagi roli to‘g‘risidagi bilimlar;

  3. tabiat voqealari, narsalar, buyumlar, yil fasllari to‘g‘risidagi bilimlar;

  4. dastlabki matematik tushunchalar: son, sanoq, kattalik, shakl. vaqt va fazoviy tushunchalar berish. Ta’limiy o‘yinlar, ularning ta’lim-tarbiyaviy vazifasi, mazmuni, turlari har bir yosh guruhining o‘ziga xos ruhiy-fiziologik xususiyatlarini e'tiborga olgan holda, bu o‘yinlarning tutgan o‘rni va vazifasi, mazmunli o‘tkazish uslublari “Bolalar bog‘chasida ta’lim-tarbiya dasturi”da belgilab berilgan. Masalan, 2 yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan bolalar bilan o‘tkaziladigan ta’limiy o‘yinlardan asosiy maqsad - bolalarni ranglarni bir-biridan farqlashga va nomini aytishga o‘rgatish, har xil o’chamlarning (katta, kichik) shakllarini bilishga, ko‘rib va eshitib idrok etish, diqqatni, mayda harakatlarni o‘stirishga yordam beradigan. lug‘atini boyitadigan, faollashtiradigan o‘yinlar o‘tkaziladi. Masalan, “Juft kartochkalar”, “Kattalar va kichiklar”, “Qo‘g‘irchoqni sayrga olib chiqish uchun kiyintiramiz”, “Qo‘g‘irchoqni cho‘miltiramiz”, “ Bu nimaning ovozi?”, “Xaltachada nima bor?” va boshqalar.

Ikkinchi kichik guruhda o‘tkaziladigan ta’limiy o‘yinlar narsalarning rangini aytish va ularning rangiga qarab ajratishga, katta-kichikligiga qarab farqlashga va nomlarini to‘g‘ri aytishga o‘rgatish maqsadida o‘tkaziladi. Ushbu guruhda Y. I. Tixeyeva tomonidan ishlab chiqilgan qo‘g‘irchoqlar bilan o‘tkaziladigan ta’limiy o‘yinlar o‘tkaziladi. Masalan, “Qo‘g‘irchoqni cho‘miltirish” (ustki va ichki kiyimlarning, cho‘miltirish uchun zarur bo’lgan buyumlarning nomlarini bilib olish uchun), ko‘rpa, yostiqlarni, harakat bilan bog’liq so‘zlarni (to‘shak, ustini yopib qo‘yish, yo’lqizish va hokazolarni bilib olish uchun), “Qo‘g‘irchoqni ovqatlantirish” (idish-tovoqlarni, harakatlarning nomlarini bilib olish uchun), “Yangi qo‘g‘irchoqni kutib olish” (kiyim-kechaklarning nomlarini mustahkamlash uchun).

O‘rta guruhda o‘tkaziladigan ta’limiy o‘yinlardan maqsad - turli narsalar va ulami yasash uchun ishlatiladigan materiallarning nomlari (yog‘och, temir, chinni, plastmassa) va ularning xossalarini bilib olish, narsalarning tashqi ko‘rinishiga qarab bir- biriga taqqoslash, guruhlarga ajratishga o‘rgatish. Masalan, “Kimda qanday buyum?”, “Yangi uyga ko‘chamiz”, “Nima o‘zgardi, top” va boshqalar.

Katta guruhda esa ta’limiy o‘yinlar bolalarning kuzatuvchanligini, narsalarni sinchiklay bilish, bir-biriga taqqoslay olish, ularning belgilaridagi kichik farqlarni (rangi, shakli, katta-kichikligi, materialini) aytib bera olish malakalarini tarbiyalash. Biron hayvon, o‘simlik, transport haqida so‘ralganda ularning nomini topa olish malakasini o‘stirish, buyumlarning umumiy belgilariga qarab guruhlarga bo‘lish qobiliyatini rivojlantirish, so‘z boyligini faollashtirish va to‘Idirish maqsadida o‘tkaziladi. Masalan, “Shaklga qarab tanla”, “Kimga nima kerak?”, “Yil fasllari”, “Kimga nechta?”, “Qizil, sariq, ko‘k rangdagi narsalarning nomini atr”, “Tasvirga qarab top”, “Xarid uchun do‘konga”, “Tez javob ber” va boshqalar.

Maktabga tayyorlov guruhida ta’limiy o‘yinlar bolalarda kuzatuvchanlikni, ziyraklik, aqliy vazifalarni mustaqil hal qilish, narsalarni turkumlarga (guruhlarga) ajratish, ranglar va ulardagi nozik ayirmalarni bir-biridan farqlashga o‘rgatish maqsadida o‘tkazish nazarda tutilgan. Masalan, “Dengiz to‘lqinlanmoqda”, “Qora va oq”, “Qaysi narsani ko‘ngilda o‘ylab qo‘ydingiz”, “Har bir qushni o‘z joyiga”, “Likopchalarga piyolalarni tanla”, “Rangli lo’lo”, “Buyumlarning rangini aniqlaymiz” va hokazolar.

Yuqorida bayon etilgan barcha guruhlardagi ta’limiy o‘yinlarning dastur mazmuni va vazifalarini amalga oshirish natijasida bolalar lug‘ati faollashtiriladi va to’ldiriladi. ta’limiy o‘yinni maqsadga muvofiq tarzda o‘tkazishda tarbiyachi asosiy o‘rin egallaydi. U o‘yin jarayonini jonli tashkil etishi, unga bolalarni qiziqtira olishi kerak. Buning uchun oldindan kimdan nima haqida so‘rashni belgilab oladi, o‘yinning yangi variantlarini kiritadi, nutqining rivojlanishi bo‘yicha kuchli va kuchsiz bolani juft qilib qo‘yadi, mashg‘ulotda hazil-mutoyibalardan, bolalarning faol harakat qilishlaridan foydalanadi. O‘yin sur’ati o‘rtacha bo‘ladi. Chunki bu o‘rgatuvchi o‘yin bo‘lib, bolalarning bilimlari va lug‘atlari mustahkamlanadi. Tarbiyachi oldindan belgilab qo‘yilgan so‘zlarni faollashtirishga erishish maqsadida, bolalar javobining aniqligiga diqqatni yo‘naltiradi. Ta’limiy o‘yinda hamma bolalarning faol ishtirok etishlarini ta’minlash mumkin (o‘yin davomida jo‘r bo‘lib aytish, ashula aytib berish, buyum haqidagi topishmoqni eslash kabi topshiriqlar berib boriladi). O‘yin oxirida xulosa qilish, o‘yinni baholash shart emas. Tarbiyachi shunday deyishi mumkin: “Kelgusi safar boshqa o‘yinchoqlar bo’ladi, balki bizning mashg‘ulotimizga ayiq mehmon bo‘lib kelar”.

Lug‘at ishi uchun ushbu ta’limiy o‘yinlardan foydalanish mumkin: “Top, nima o‘zgardi?” o‘yini. Bu o‘yinning bir qancha variantlari mavjud. Bu topshiriqning murakkabligiga bog‘liq bo‘ladi. 2-3 yoshli bolalar bilan o‘tkaziladigan o‘yinning oddiy turida bolalar qarshisida turgan buyumlarga yangi buyumlar qo‘shiladi; yana bir turida buyumlardan biri olib qo‘yiladi; ancha murakkab turida buyumlardan biri yangi buyum bilan almashtiriladi yoki o’lni almashtiriladi. Bu o‘yinda o’l, son, sifat, ravish qo‘shimchalari faollashtiriladi. Masalan, qalamlar qutida edi, endi quti ustida; ikkita uzun tasmalar bor edi, endi bittasi uzun, bittasi esa kalta, o‘ng tomondan quyon o‘tirgan edi, endi qo‘g‘irchoq o'tiribdi; qo‘g‘irchoq ro’lnolda edi, endi do‘ppida. Bu o‘yinning asosiy vazifasi bolalar tomonidan beriladigan javob uchun aniq so‘zlarni tanlashdir. Shuning uchun tarbiyachi bu o‘yinda chegaralangan miqdordagi (2 tadan to 5 tagacha) o‘yinchoqlardan foydalanadi va ozgina o‘zgartirish kiritadi (1-2 ta o‘yinchoqni).

Kimda qanday buyum?”. Bu o‘yin 5-7 yoshli bolalar bilan o‘tkaziladi.


Download 280.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling