Samarqand davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish mintaqaviy markazi


II-BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR BILAN LUG’AT ISHINI OLIB BORISH TEXNOLOGIYALARI


Download 280.55 Kb.
bet4/5
Sana11.12.2020
Hajmi280.55 Kb.
#164970
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ismatova Umida BMI

II-BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR BILAN LUG’AT ISHINI OLIB BORISH TEXNOLOGIYALARI.

2.1. Rusiyzabon bolalami o‘zga tilga o‘rgatishning talablari

Bolalami o‘zga tilga o’rgatishda tilni o‘zlashtirishga ehtiyoj va qiziqish, intilish uyg‘otish lozim. Nutq faoliyati qaysi tilda bajarilishidan qat’iy nazar, til o‘rganishning muvaffaqiyati - bolalaming ichki faolligi, ulaming o‘z fikrini o‘zbek tilida ifoda etishga intilishi va qiziqishidir.

Muloqotga ehtiyojning borligi yangi o‘quv materialini tushunib olish va eslab qolishda katta ahamiyatga ega. Shunday ekan, bolalaming kattalar va tengdoshlari bilan birgalikdagi faoliyatjarayonida ularda bunday ehtiyoj paydo bo’lishiga harakat qilish kerak.

Maktabgacha yoshdagi bolalami o‘zbek tiliga o’gatishda ma’lumdan noma’lumga, o‘zlashtirishda material qaytarilishini va mustahkamlanishini ta’minlash, ta’lim va tarbiyani uzviy bog‘lash kabi umumdidaktik talablarga ham amal qilish zarur.

O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha tarbriya konsepsiyasida ta’kidlanishicha, maktabgacha tarbiya muassasalarida ta’lim va tarbiya bolaning asosiy faoliyati bo‘lgan o‘yin tarzida olib borilishi zarur. Shu bois rusiyzabon bolalami o‘zbek tiliga o‘rgatishda o‘yinning ahamiyati kattadir.

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi natijasida respublikamizning boshqa tillarda so‘zlashuvchi aholisiga bu tilni o‘rgatish muammolari tug‘ildi. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan konsepsiya asosida rusiyzabon bolalarga o‘zbek tilini o‘rgatishni maktabgacha yoshdan boshlandi. O’zbek tilini bolalaming o‘z ona tilidagi nutqi asosan shakllanib bodgan vaqtda, ya’ni besh yoshdan boshlab odgatishga modjallangan. Bunda o’zbek tili mashg‘ulotlarining asosiy maqsadi - rusiyzabon bolalami og’zaki o‘zbekcha nutqni tushunishga va o‘zbek tilidagi so‘zlami to’g’ri talaffuz etishga odgatishdir.

O’zbek tiliga odgatish, asosan, mashg‘ulotlar shaklida haftada 2 marta, iloji boricha kunning birinchi yarmida odkaziladi. Har bir mashg‘ulot katta guruhda 25 - 30 daqiqa davom etadi. O’zbek tili mashg‘ulotlari samarali bodishi uchun har bir guruhdagi bolalar soni 12-15 tadan oshmagani ma’qul. Mashg‘ulot uchun tavsiya etiladigan topshiriqlar mazkur yoshdagi bolalaming aniq imkoniyatlarini hisobga olgan holda tuziladi. Mashg‘ulotlami odkazishda bolalami yarim doira shaklida joylashtirilsa yaxshi bodadi. Mashg‘ulotlar uchun tanlangan manbalaming mazkur yoshdagi bolalar uchun qiziqarli bodishi bilan bir qatorda ulaming kundalik muloqoti uchun zarurligi hisobga olinadi.

Nutq faoliyatining turlari bo’yicha mashg‘ulotlar mazmuni quyidagichadir:



Bolalami talaffuzga o‘rgatish

Maktabgacha yoshdagi bolalami o‘zbekcha nutqqa o‘rgatishda o‘zbekcha tovush va tovush birikmalarini to‘g‘ri eshitish orqali ajrata bilish va talaffuz qilishga o‘rgatish asosiy maqsadlardan biridir.

Mashg‘ulotlar jarayonida hamda mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda bolalarda o‘zbek tiliga xos tovushlami ham alohida, ham so‘z tarkibida bilish, ulami rus tilidagi shunga o‘xshash tovushlardan farqlay olishi, o’zbekcha talaffuz qilish ko‘nikmalarini shakllantirish katta ahamiyatga ega. Bu ish maxsus o‘yinlar orqali turli hayvon va parrandalaming ovozlariga, qo’ng’iroq. transport vositalarining, tabiat hodisalarining tovushlariga taqlid qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Oyinlar jarayonida bolalar e’tiborini har bir tovushni talaffuz qilishda lab, til, og‘iz harakatiga tortish lozim. Kichkintoylar so‘z va gapning ma’nosiga urg‘u va ohangning ta’sirini ham tushunib borishlari kerak.

O’zbekcha tovushlar talaffuzi ustida ishlashda q, o, g‘, h, j tovushlari mashqiga alohida e’tibor berish zarur. Masalan, q tovushining to’g’ri talaffuzi ustida ishlash mashg‘ulotini quyidagicha tashkil etish mumkin:


  1. Q tovushi ishtirok etgan so‘zlar bilan tanishtirish.

  2. Tanlangan so‘zlaming talaffuzini mashq qilish.

  3. Q va к tovushlarining bir-biridan farqini aniqlash.

  4. Q va к tovushlari ishtirok etgan so‘zlami talaffuz qilish.

Har bir tovush yoki tovushlar birikmasi talaffuzi bo‘yicha ishlar muntazam olib boriladi. Bunda ushbu tovush yangi o‘rganilayotgan so’z tarkibiga kiritiladi. Shunday qilib, tovush va tovushlar birikmasini to‘g‘ri talaffuz qilishga o‘rgatish bilan birga so‘z boyligini oshirish ishi ham olib boriladi.

Lug‘at boyligini oshirish

Bolalaming so‘z boyligini oshirish, asosan, maxsus tizimdagi mashg‘ulotlar jarayonida amalga oshiriladi. Ikki yil mobaynida bolalar jami 500 ga yaqin so‘zni o‘zlashtiradilar. Bu so‘zlar amaliy zaruriyat, nutqda takrorlanish, ehtiyoj, qiziqish va muloqot mavzulariga mos ravishda tanlangan. Ushbu so‘zlar mavzular bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi: birinchi o‘quv yilida - "Tanishuv". "O’yinchoqlar bilan harakat”, "O’yinchoqlar". "Bosh kiyim va poyabzal". "Oila". "Ranglar". "Hayvonlar va parrandalar". "Birdan o‘ngacha sanoq". "Meva va sabzavotlar”, "Idishlar". "Oziq-ovqatlar": ikkinchi o’qnv yilida - "Tana qismlari". "Bizning uy”, "Mcning kun tartibim”, "O’ndan yigirmagacha sanoq". "Maktab". "Bizning shahar” (qishloq), "Yil f'asllari". "Bayramlar". "Bizning vatan" mavzulari bo’yicha so’z va iboralami o‘zlashtiradilar.

Birinchi o’qnv yilidagi mavzular bo‘yicha 250 tacha so‘z, ikkinchi yilda ham shuncha so‘zni o‘zlashtirishlari mo’ljallangan.

Maktabgacha yoshdagi bolalami ikkinchi tilga o‘rgatishda har bir mashg‘ulotda o‘rta hisobda to‘rtta yangi so‘z bilan tanishtiriladi. Bu miqdor turli omillar tufayli o‘zgarishi mumkin. Avvalo, so‘zlami esda saqlab qolishni tashkil etish metodikasi hamda o‘rganilayotgan yangi so‘zlaming ma’no jihatdan o‘zaro farqlarini o‘zlashtirish zarur.

Yangi so‘zlar ustida ish olib borish bir necha bosqichdan iborat: yangi so‘zlami Ing’at tarkibiga kiritish; ulami faollashtirish; qancha so‘zlaming o‘zlashtirilganini aniqlash; bog’lanishli nutqda ishlata olish; turli nutq qurilmalarida so‘zlaming qoTlanishini faollashtirish.

Yangi so‘zlar ko’rgazmali qurollar, atrofdagi aniq predmetlar, buyumlar, suratlardan keng foydalanish asosida o‘rgatiladi. Ulami namoyish qilish jarayonida nomlari bir necha marta aniq qilib aytiladi. Oqituvchidan so’ng bolalar ham ikki- uch marta qaytaradilar. Shunday qilib, o‘zga tildagi yangi so’zni eshitib qaytarish bilan birga shu so’z orqali ifodalangan narsa- buyumni ko‘radilar. Bola narsa-buyum bilan uning nomi orasidagi bog’lanishni aniqlaydi. Ko‘rgazmali qurollar yordamida o‘zlashtirib bo‘lmaydigan so‘zlar (chiroyli, issiq, sovuq, mazali, yaxshi, toza) ona tilidagi tarjimasi orqali o‘zlashtiriladi.

Yangi so‘zlar o‘yin jarayonida bolaning kundalik hayotida qiladigan harakatlari, buyumlar bilan harakatlami bildiruvchi so‘zlari, o‘qituvchining bolalarga, bolalaming bir-biriga qilgan iltimos, buyruqlari orqali o‘zlashtiriladi va lug’atiga kiritiladi.

Bolalaming topshiriq va buyruqlami tushunib, ulami bajarish bilan bogdiq bodgan, tinglangan ertak va hikoyalar, topishmoqlar, yodlangan she’r, ashula va qo‘shiqlar, tomosha qilingan multfilmlar vositasida tanishgan so‘zlari ulaming passiv lug’atini tashkil etadi. Bu lug‘atning hajmi faol lug‘atga nisbatan ancha katta bodadi.

Yangi so‘zlami o‘rganish jarayonida bolalaming nutq tajribasida uchramagan, ko‘pincha o‘zbekcha turmush tarziga oid bodgan narsa va hodisalar haqida tushuncha va tasavvurlar shakllanadi (masalan, xontaxta, nimcha, sumalak, navro’z kabi).

So‘z ustida ishlash jarayonida yana quyidagilarga e’tibor berish zarur:

- har xil ish turlarini tashkil etishda ma’no jihatdan o’zaro bogdiq bodgan bir guruh so’zlardan kerakli so‘zni tanlashga odgatish;

- yangi so‘zlami eshitib tushunib, faol qodlashni muayyan izchillikda amalga oshirish;

- bolada o’zbekcha so‘zlami tushunish, shuningdek, o’z fikrini, niyatini bildirish maqsadida ushbu so‘zlami turli vaziyatda qodlash ehtiyojini uyg‘otish.


2.2. Mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda rusiyzabon
bolalar bilan ish olib borish

Bolalar o’zbek tilini muomala vositasi sifatida o‘zlashtirishlari uchun o‘qituvchi mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda (kundalik muloqotda, sayr-sayohatlarda, ovqatlanish paytida, yuvinish vaqtida, bayramlarga tayyorlanishda, o‘yin va mehnat faoliyatlarida) ham ish olib borishi kerak.

Mashg‘ulotlardan tashqari olib boriladigan ish ta’lim-tarbiya jarayonining ajralmas qismi bodishi lozim.

Mashg‘ulotlardan tashqari paytlarda bolalami o‘zbekcha nutqqa o’rgatish vazifalari quyidagilardan iborat:



  1. Bolalarda o‘zbek tilini odganishga bodgan qiziqishni shakllantirish. Bu tilning respublika xalqlari va bolalar hayotida tutgan o’rni hamda ahamiyatini tushuntirish.

  2. Bolalar so‘z boyligini oshirish hamda nutqiy malaka va ko‘nikmalarini mustahkamlash va faollashtirish.

  3. Kichkintoylami o‘z yoshiga va bilim doirasiga mos o‘zbekcha she’r, qo’shiq va ertaklar bilan tanishtirish, shu yo‘l bilan ulaming passiv lug’atini boyitib borish.

  4. Bolalar bilan yakkama-yakka ishlab, ulaming nutqini takomillashtirishda har birining layoqatiga qarab ish tutish.

Mashg‘ulotlardan tashqari vaqtda bolalami o’zbek tilidagi radio va televidenie eshittirishlari-kodsatuvlarini, jumladan, bolalar uchun namoyish etiladigan "Oqshom ertaklari” kodsatuvi haqida suhbat uyushtirish mumkin. Masalan, o‘qituvchi bolalar bilan ular tinglagan ertakning qisqacha mazmuni haqida gaplashishi mumkin. Shunda bolalarda o‘zbek tilini odganish qiziqarli ekani va zarurligi xususida tushuncha hosil bodadi.

Mashg‘ulotlardan tashqari vaqtda odkaziladigan jismoniy daqiqalar va oddiy harakatli o‘yinlaming o‘zbek tilida olib borilishi ham bolalarda ushbu tilga bodgan qiziqishni oshiradi. Bunday ish turlari jarayonida bolalar o‘zbek tili bo‘yicha bilimlarini mashg‘ulotlardan tashqari muomala sharoitida sinab ko’rish imkoniyatiga ega bodadilar.

Shuni ham aytish kerakki, vaqti-vaqti bilan bolalarga qo‘g‘irchoq teatrini namoyish qildirish ham yaxshi natija beradi.

Bunda o’zbek tilidagi kichik-kichik ertaklar yoki ertaklardan parchalar sahnalashtiriladi. Bu ishni avval o‘qituvchi, keyinchalik esa bolalaming o‘zlari ham tarbiyachi rahbarligida sahnalashtirishlari mumkin. Bu ishda quyidagi asosiy mezonlami ko‘zda tutish lozim:



  • nutq material! bolalaming yosh xususiyatlariga va nutq layoqatiga mos bodishi kerak;

  • bolalarda qiziqish uyg‘otishi lozim;

  • modjallangan ish turlari mashg‘ulotlarda odilayotgan mavzular bo‘yicha odganilayotgan so‘z va nutq qurilmalari bilan bogdiq bodishini ko‘zda tutish darkor.

Shunday qilib, mashg‘ulotlardan tashqari vaqtda o‘qituvchi bolalar bilan har xil ish turlaridan: o‘yinlar, jismoniy daqiqalar, ertak va topishmoqlar, she’r va qo’shiqlar ustida o’zbek tilida ish olib borib bolalaming o’zbekcha nutqini faollashtirish! mumkin.

Ertaklar

Rusiyzabon bolalami o‘zbekcha nutqqa odgatishda ertaklar ustida ishlash yaxshi vosita bo‘la oladi. Chunk! bola tabiatga yaqin, uni yangi olamga olib kiradi. Ertak tinglab, bolalar fikran undagi hamma voqea va hodisalami chuqur his etadilar, ertak qahramonlari bilan harakat qiladilar. Ertaklar orqali bolalar o‘zbek xalqining an’analari, urf-odatlari bilan yaqindan tanishadilar.

Bolalarga o’zbek tilini odgatishda ertaklami rasmlar orqali yoki ekranda, qo‘g‘irchoq teatrida namoyish qilish ma’qul. Chunki bola ertak matnini nafaqat eshitishi, balki ko’rishi ham kerak. Ertaklar kichkintoylami o’yin vaziyatiga yaqinlashtirib, ulaming fikr va hislariga ta’sir qiladi.

Bolalami ertaklar yordamida o’zbekcha nutqqa odgatishda ertak matni yuzasidan quyidagi vazifalami berish mumkin: tinglangan ertak bo‘yicha savollarga javob berish; ertak mazmunini qisqacha hikoya qilish; ertak qahramonlari harakatini sharhlash; о’qiluvchi rahbarligida ertaklami sahnalashtirish va hokazo.

Ertaklar ustida ishlash jarayonida bolalaming lug’at boyligi ortib boradi hamda ertak asosida muloqot qilishga odganadilar.

Ertak matni ustida ishlashda quyidagi usullardan foydalanish mumkin:

-ertak qahramonlarining o’zaro suhbatlarini eslab qolish va qaytarish;

-ertakni sahnalashtirish.

Ertak sahnalashtirilganda bolalar uning matnidagi nutq qurilmalarini o‘zlashtiradilar. Natijada muloqotga kirishish osonlashadi.

Tanlangan ertakni rasmlar yordamida gapirib berish bolalaming monologik nutqini rivojlantiradi.

Ertaklar matnida til materiallarining (so‘zlar, so‘z birikmalari, jumlalar, dialoglar...) berilishi ulaming bolalar tomonidan o‘zlashtirilishini ta’minlaydi. Masalan, "Bo’g’irsoq" ertagining matnida "Men buvimdan qochib ketdim, men buvamdam qochib ketdim" degan jumlaning ko’p marta takrorlanishi mazkur so‘z va so‘z birikmalarining bolalar lug‘atiga kirishiga hamda mustahkamlanib qolishiga yordam beradi.

Ota-onalar bilan ishlash

Bolalarda davlat tilini o‘rganishga qiziqish va intilishni tarbiyalash uchun bevosita ota-onalar yordami zarur. Binobarin, ota-ona maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarga davlat tili bodgan o‘zbek tilini odgatish qanday olib borilayotgani haqida xabardor bodishi lozim. Buning uchun ota-onalar majlislari va maslahatlar tashkil qilinadigan mashg‘ulotlarga ota-onalami taklif qilish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, quyidagicha mavzular bo‘yicha materiallar to‘plab, ulami ota-onalarga tavsiya etish mumkin:

“Bolalar bilan tomosha qiling" (O’zbek tilidagi jajji kitoblar tavsiya etiladi).

“Javobini toping" (Topishmoqlar beriladi.)

“Bolalar bilan yodlang" (Kichik-kichik she’rlar beriladi.)

“Bolalar bilan o’ynang" (O’zbekcha so‘z o‘yinlari tavsiya etiladi.)

“Bolalar bilan ko‘ring va eshiting" (O’zbek tilidagi telekodsatuvlar va radioeshittirishlar dasturi tavsiya etiladi).

Bundan tashqari, ota-onalar burchagi tashkil qilinib, unda "O’zbek tilini o’rganamiz" sarlavhasi ostida mashg‘ulotlar va mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda bolalar tomonidan o‘zlashtirilayotgan materiallar, lug‘at, nutq qurilmalari, she’rlar, jismoniy daqiqalar matni, topishmoqlar hamda o’zbek tilida kichkintoylarga olib berish mumkin bodgan bolalar adabiyoti ro‘yxati beriladi.

O‘zga tilda talaffuz ko‘nikmalarini shakllantirish

Ta’limning fonetika sohasidagi vazifalari. Quloqni tovushlarga va yangi tildagi so‘zlarga odgatish, ikkinchi o‘zga til (rus tili) tovush qurilishining asosiy qonuniyatlarini farqlash zarurligi, to‘g‘ri adabiy talaffuz qoidalarini o‘zlashtirish, tilning tovush qurilishi asosiy qoidalari, yani undoshlaming qatiqqligi, yumshoqligi, jarangli vajarangsizligiga qarab, bir-biriga qarama - qarshi qo‘yishni o‘zlashtirib olish asosida sheva bilan gapirishning oldini olish milliy bolalar muassasalarida bolalarga ruscha so‘zlashuv nutqini o‘qitishning muhim vazifalaridan biri hisoblandi. Bolalaming o‘z ona tilidan boshqa tilni o‘rganishlari orfoepik(ifoda) qiyinchiliklaming yangi fonetik (tovush) qatlamga odishidan boshlanadi.

Shu bois, tarbiyachi oldida quyidagi vazifalar turadi:


  • bolalarda artikulyatsiya apparatining harakatchanligini rivojlantirish;

  • eshitish organlarini yangi til tovushlariga odgatish;

  • bo‘g‘inlardagi, so‘zlardagi tovushlami rus tilining orfoepik qoidalariga mos ravishda sof, tushunarli ifodalashni shakllantirish;

  • bolalar nutqining ifodaviylagini, yaxshi talaffuzni shakllantirish.

To’g’ri talaffuz ko‘nikmalarini shakllantirish nutqning tovush madaniyatini tarbiyalashga oid ishlaming muhim qismi hisoblanadi. Bu ish lug’atni. ravon va grammatik to‘g‘ri nutqni rivojlantirish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. O‘z-o‘zidan pedagoglar har bir mashg‘ulotda quyida keltirilgan ish turlarini ko‘zda tutushlari lozim. Ya’ni, bular:

  • suhbatni eshitish va qaytarish;

  • leksiya va namunaviy gaplar ustida ishlash;

  • dialoglami o‘rganish va ijro etish;

  • qisqa she’r va qo’shiqlami yod olish;

  • hikoya, ertak tinglash;

  • talaffuz, urg’u va ohang ustida ishlash.

Olti yoshli bolalar rus tilidagi yumshoq undoshlami qattiq undoshlar bilan almashtiradilar, chunki o’zbek tilidagi undoshlar yumshoq va qattiq deb ajratilmaydi, lekin rus tilining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri undoshlaming qattiqligi va yumshoqligiga qarab bir-biriga fonetik jihatdan qarama-qarshi qo’yishdan iboratdir.

Talaffuzga o‘rgatish uch bosqichda amalga oshiriladi:



  • ayrim tovushlar talaffuzini shakllantirish-bu qattiq va yumshoq, jarangli vajarangsiz undoshlar talaffuzi ustida ishlashni ko‘zda tutadi;

  • ayrim so’zlar talaffuzini shakllantirish bu leksikani to’g’ri talaffuz qilish, urg’u berish, so‘zda urg’u bo’g’iuiui ajratishdan iborat;

  • namunaviy gaplar talaffuzini shakllantirish-bu ruscha gap ohanglari ustida maxsus ishlashni ko‘zda tutadi. To‘g‘ri talaffuz ko‘nikmalarini ishlab chiqishda barcha uch turning o‘zaro uzviy yagonaligiga rioya qilish zarur.

Ruscha talaffuzni odgatishda rus tili tovushlarini uchta guruhga ajratish mumkin.

Rus tili va ona tilining tovush tizimlarini taqqoslash quyidagilami ajratib ko’rsatish imkonini beradi:



  1. oson o‘zlashtiriladigan va fonetik jihatdan anglashni talab etmaydigan o‘xshash tovushlar;

  2. talaffuzidagi farqi shunchalik ahamiyatsizki, maxsus mashqlarga ehtiyoji bo’lmagan tovushlar;

  3. faqat rus tiliga xos bodgan tovushlar, ulaming talaffuzini odganish maxsus tizimini tashkil etadi.

Bolalami o‘qitishda, eng avvalo, qattiq va yumshoq undoshlar talaffuzi odgatiladi. Bu boradagi ishlar taqqoslash orqali amalga oshiriladi. Masalan,

школа, класс, кукла so‘zlaridagi qattiq undosh “л” ning talaffuz qilish ko‘nikmalarini ishlab chiqish uchun bolalardan ushbu tovushni tarbiyachiga taqlid qilgan holda aytish so‘raladi.

Agar bolalat uni ayta olishmasa, bu holda ushbu tovushning ona tilidagi artikulyatsiyasi tushuntirib beriladi. “Л” tovushini aytishda til uchi yuqori tishlarga jips yopishadi, - deb tushuntiriladi.

Tarbiyachi nutqi taqlid uchun haqiqiy bo’rishi lozim. Bolalar tarbiyachi to’g’ri talaffuz etilgan barcha tovushlami aniq eshitishlari darkor. Buning uchun har bir tovushni aniq ifoda qilish hamda bolalarga tarbiyachining nutq organlari harakatini kuzatish taklif qilinishi lozim, shunda tovush artikulyatsiyasini ilg‘ab olish oson boTadi.

Ruscha talaffuzni o’rgatishning dastlabki bosiqchida tarbiyachi imitatsiya (taklif qilish) usulidan foydalanadi. Ushbu usulning mohiyati shundan iboratki, bunda tarbiyachi o’rganilayotgan tovushni talaffuz qilish namunalarini namoyish qiladi, bolalar diqat bilan tinglaydilar. Keyin esa tarbiyachiga taklif qilgan holda takrorlaydilar. Mazkur usul bolalaming erta yoshdan boshlab taqlid qilishga moyilliklarini rivojlantiradi.

Ruscha to’g’ri talaffuzni o’rgatishda bolalarda fonematik tinglash qobiliyatini rivojlantirish katta ahamiyatga ega. Ba’zi bolalarda fonematik tinglash qobiliyati yaxshi rivojlangan va ular aralash tovushlar talaffuzidagi faqni tez ilg‘ab oladilar, boshqa bolalarda esa bu qobiliyat yaxshi rivojlnamagan va shuning uchun ular tovushdagi farqni darhol ilg‘ab ololmaydilar. Tarbiyach tinglash qobilayati sust boTgan bolalarga alohida e’tibor berishi va ular bilan yakka tartibda ish olib borishi zarur.

Biroq, ta’limda doimiy ravishda faqat shu usuldan foydalanish maqsadga muvofiq emas. Bolalarga qiyin tovushlar artikulyatsiyasini ko’rsatish va tushuntirib berish usulidan doimiy ravishda foydalanish lozim, bu esa talaffuzning ongli ravishda o‘zlashtirilishiga yordam beradi.

Tarbiyachiu yoki bu tovush tarkibida turli nutq ohanglari: lablar, tishlar va til ishtirok etayotganini ko’rsatadi hamda tushuntirib beradi. Bolalaming tovushlami ifoda etishda nutq ohanglari holatini ko‘rib olishlari ulaming to‘g‘ri talaffuzni o‘zlashtirib olishlarida yordam beradi. Bu boradagi ish tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, ushbu yo‘nalishdagi mashqlar ijobiy natijalarga olib keladi. Amaliyotda bu metodik usullar ko‘pincha birgalikda qoTlaniladi va ular doimo bir-birini to’ldiradilar.

Endi “л” qattiq tovushining to’g’ri talaffuzini shakllantirishga qaytamiz.

Tarbiyachi tovush artikulyatsiyasini namoyish etadi va bolalarga tilning talaffuz chog’ldagi holatini ko’rishni taklif qiladi. So‘ngra u tovushni bir necha bor talaffuz qiladi, keyin esa bolalar uni takrorlaydilar. Keyinchalik “л” tovushi dastlab ochiq bo‘g‘inda talaffuz etiladi -ла-ла-ла, yopiq bo'g'inda - ол-ол-ол, so‘ngra esa o‘yin mashqlarida talaffuz etiladi, shu bilan birga so‘zlarda mustahkamlanadi, masalan, ла-ла-ла-лапа, ол-ол-ол стол.

Agar bolalar so‘zlardagi tovushni to’g’ri talaffuz eta olsalar, yangi gaplarga va to’rt qatorli kichik-kichik she’rlami yod olishga o‘tish mumkin.

Artikulyatsiya apparati tuzilishi va uning harakatchanligining ayrim xususiyatlarini bilib olish bolalarga nafaqat rus tili tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qilishni tezroq egallab olishga, balki artikulyatsiya apparati faoliyati hamda tovushlaming ifoda qilishning aniqligi o‘trasidagi aloqa va bog’liqlikni aniqlashga yordam beradi.

Artikulyatsiya ko‘nikmalari va fonetik farqlami talaffuz qilish ko‘nikmalarini o‘yinli vaziyatlarga asoslangan alohida mashqlarda oTganish tavsiya etiladi. Bu yerda “угадай кто пришёл” (Kim kelganini top), “Узнай по голосу” (Ovoziga qarab aniqla), “Какой колоколчик звонит: болшой или маленкий” (Qaysi qo‘ng‘iroqcha jiringlamoqda: kattasimi yo kichigi) kabi topshiriqlami berish mumkin.

Ushbu ishni amalga oshirishda koTgazmaviylikka katta e’tibor berish lozim. Mashg‘ulot jarayonida tarbiyachi o’yinchoqlar. turli buyumlar, suratlardan foydalanadi. Xususan, “in” tovushini o‘rganishga doir ishlmi amalga oshirish chog‘ida tarbiyachi bolalarga qator savollarga javob berishni taklif qiladi. Oldindan flanelegrafda nomlarida “ш” tovushi uchraydigan suratlar tasodifiy tartibda terib chiqiladi: кошка, мышка, мишка.

Suratlar kerakli javobni topish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. U yoki bu hayvonlar nomlarini aytishda bolalar so‘zlar va tovushlami aniq talaffuz qilishni mashq qiladilar.

Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, bolalar o‘zlarining yosh xususiyatlaridan kelib chiqib to‘g‘ri ruscha talaffuz ko‘nikmalarini faqat bu mashg‘ulot o‘yin shaklida o‘tkazilgan taqdirdagina o‘zlashtiradilar.

O‘z-o‘zidan maxsus fonetik o‘yinlar bolalarda nutqning tovush madaniyatini shakllantirishning samarali vositasi bo‘lib xizmat qiladi.

Eng avvalo, tarbiyachi talaffuzdagi xatoliklami bartaraf etishga yordam beradigan o‘yinlami tanlab olishi lozim. Bu borada tovushlami bir - biriga qarama - qarshi qo‘yishga qaratilgan o‘yinlar keng qodlanilishi darkor. Masalan, o‘zbek bolalari “ы” va “и” tovushlarini farqlamaydilar, buning ustiga ыtovushini talaffuz qilishni bilmaydilar. Zarur ko‘nikmalarga erishish uchun bolalarga quyidagi fonetik o‘yinni taklif qilish mumkin. ” Toping - chi, bu nima ” deb ataladigan o‘yinning maqsadi bolalaming “ы” va “и” tovushlarini farqlashni o‘rganishidan iboratdir.

O‘yinjarayoni: bolalar yarim doira shaklida o‘tiradilar.

Tarbiyachi deydi: "Bolalar. eshiting, qayiq, qanday ovoz chiqaradi (qayiqning rasmini ko‘rsatadi): и - и. Endi eshiting, hozir nima ovoz chiqarmoqda?" (navbati bilan har ikkala tovushni aytadi, bolalar topadilar).

Olingan bilimni mustahkamlash maqsadida pedagog boshlagan mavzuni davom ettirib, fonetik o‘yin o‘tkazishi mumkin: "Poroxod yoki qayiq". "Kim nimada". Bunday o‘yinlar jarayonida nafaqat alohida o‘yinlar ishlab chiqariladi, balki tovush birikmalari ham mashq qilinadi. Masalan: лы-ли, ды-ди, зы-зи, ты-ти, сы-си, мы-ми, бы-би va hakazo. Bolalarda ruscha talaffuz ko‘nikmalarini shakllantirishda tez aytishlar ham katta yordam beradi.

Tarbiyachi tez aytishlardan foydalangan holda bolalarda rus tilining eng qiyin tovushlari, ya’ni: (e), (з), (н), (ж), (ф), (щ), (ч) tovushlari talaffuzini muvaffaqiyatli ravishda mustahkamlashi mumkin.

Tez aytishlardan tovush apparatini rivojlantirish mashqlarida ham foydalanish tavsiya etiladi (masalan, tez, o‘rta, sekin).

Masalan:


“C”, “C” tovushlari:

Ca-ca-ca - это рыжая лиса.

Co-co-co - у Сони колесо.

Су-су-су - вижу я опят лису.

Ус-ус-ус - это болшой белый гус.

“3”, “3” tovushlari:

За- за- за - белая коза

3- зу- зу - мыли Зулю в тазу.

«Ц» tovushi:

Цо- цо- цо - на руке колцо

Цы- цы- цы - зеленые огурцы

Ец- ец- ец - желтый огурец.

«Ш» tovushi:

Ша- ша- ша - мама моет малыша

Шу- шу- шу - я писмо пишу

Аш- аш- аш - красный карандаш

Тише, мыши, кот на крыше

А котята ещё выше.

На окошке крошку - мышку

Ловко ловит лапой кошка

Мышка сушек насушила

Мышка мышек пригласила

Мышки сушки кушат стали

Зубы сразу же сломали.

«И», «Ы» tovushlari:

Мама Милу мылом мила

Мила не любила

Миле в глаз папола мыло


Что - ты плачеш, Моя Мила? Я выплакиваю мыло.

Если руки мыли - вы

Если руки мыли - мы

Если руки вымыл - ты

Значит руки вы-мы-ты

Tez aytishlami qo’llashda koTgazmali qurollardan (o‘yinchoqlar, suratlar) foydalanish lozim, shundagina bolalar uni katta qiziqish bilan takrorlaydilar va aytadilar.



2.3. Ta’limiy (didaktik) o‘yinlarda lug‘at ishi

Ta’limiy o'yinlar bolalar lug‘atini faollashtirishning asosiy uslubi yo’llaridan (metodlaridan) biridir.

Ta’limiy o‘yin bolalarning amaliy faoliyati hisoblanadi, chunki unda bolalar mashg‘ulotlarda olgan bilimlaridan foydalanadilar. Bolalarning aqliy faoliyatlarini kuchaytiradi, olgan bilimlaridan har xil usulda foydalanishlar uchun imkoniyatlar yaratib beradi.

Ta’limiy o‘yin bolalarning tevarak-atrof, ijtimoiy hayo’l to‘g‘risidagi bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi, o‘z shaxsiy tajribalari va mashg‘ulotlarda olgan bilimlarini amalda qo‘llay bilishga ohgatadi, fikrlash qobiliyatlarini, ijodiy kuchlarini, sensor jarayonini rivojlantiradi, olgan bilimlarini tartibga soladi. Har bir ta’limiy o‘yin o‘zining dastur mazmuniga ega. Bu “Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya dasturi” da o‘z aksini topgan. Masalan:



  1. buyumlar, ulaming nomi, rangi, shakli, hajmi, sifati to‘g‘risida bilimlar berish;

  2. mehnatning har xil turlari va uning kishilar hayo’lidagi roli to‘g‘risidagi bilimlar;

  3. tabiat voqealari, narsalar, buyumlar, yil fasllari to‘g‘risidagi bilimlar;

  4. dastlabki matematik tushunchalar: son, sanoq, kattalik, shakl. vaqt va fazoviy tushunchalar berish. Ta’limiy o‘yinlar, ularning ta’lim-tarbiyaviy vazifasi, mazmuni, turlari har bir yosh guruhining o‘ziga xos ruhiy-fiziologik xususiyatlarini e'tiborga olgan holda, bu o‘yinlarning tutgan o‘rni va vazifasi, mazmunli o‘tkazish uslublari “Bolalar bog‘chasida ta’lim-tarbiya dasturi”da belgilab berilgan. Masalan, 2 yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan bolalar bilan o‘tkaziladigan ta’limiy o‘yinlardan asosiy maqsad - bolalarni ranglarni bir-biridan farqlashga va nomini aytishga o‘rgatish, har xil o’chamlarning (katta, kichik) shakllarini bilishga, ko‘rib va eshitib idrok etish, diqqatni, mayda harakatlarni o‘stirishga yordam beradigan. lug‘atini boyitadigan, faollashtiradigan o‘yinlar o‘tkaziladi. Masalan, “Juft kartochkalar”, “Kattalar va kichiklar”, “Qo‘g‘irchoqni sayrga olib chiqish uchun kiyintiramiz”, “Qo‘g‘irchoqni cho‘miltiramiz”, “ Bu nimaning ovozi?”, “Xaltachada nima bor?” va boshqalar.

Ikkinchi kichik guruhda o‘tkaziladigan ta’limiy o‘yinlar narsalarning rangini aytish va ularning rangiga qarab ajratishga, katta-kichikligiga qarab farqlashga va nomlarini to‘g‘ri aytishga o‘rgatish maqsadida o‘tkaziladi. Ushbu guruhda Y. I. Tixeyeva tomonidan ishlab chiqilgan qo‘g‘irchoqlar bilan o‘tkaziladigan ta’limiy o‘yinlar o‘tkaziladi. Masalan, “Qo‘g‘irchoqni cho‘miltirish” (ustki va ichki kiyimlarning, cho‘miltirish uchun zarur bo’lgan buyumlarning nomlarini bilib olish uchun), ko‘rpa, yostiqlarni, harakat bilan bog’liq so‘zlarni (to‘shak, ustini yopib qo‘yish, yo’lqizish va hokazolarni bilib olish uchun), “Qo‘g‘irchoqni ovqatlantirish” (idish-tovoqlarni, harakatlarning nomlarini bilib olish uchun), “Yangi qo‘g‘irchoqni kutib olish” (kiyim-kechaklarning nomlarini mustahkamlash uchun).

O‘rta guruhda o‘tkaziladigan ta’limiy o‘yinlardan maqsad - turli narsalar va ulami yasash uchun ishlatiladigan materiallarning nomlari (yog‘och, temir, chinni, plastmassa) va ularning xossalarini bilib olish, narsalarning tashqi ko‘rinishiga qarab bir- biriga taqqoslash, guruhlarga ajratishga o‘rgatish. Masalan, “Kimda qanday buyum?”, “Yangi uyga ko‘chamiz”, “Nima o‘zgardi, top” va boshqalar.

Katta guruhda esa ta’limiy o‘yinlar bolalarning kuzatuvchanligini, narsalarni sinchiklay bilish, bir-biriga taqqoslay olish, ularning belgilaridagi kichik farqlarni (rangi, shakli, katta-kichikligi, materialini) aytib bera olish malakalarini tarbiyalash. Biron hayvon, o‘simlik, transport haqida so‘ralganda ularning nomini topa olish malakasini o‘stirish, buyumlarning umumiy belgilariga qarab guruhlarga bo‘lish qobiliyatini rivojlantirish, so‘z boyligini faollashtirish va to‘Idirish maqsadida o‘tkaziladi. Masalan, “Shaklga qarab tanla”, “Kimga nima kerak?”, “Yil fasllari”, “Kimga nechta?”, “Qizil, sariq, ko‘k rangdagi narsalarning nomini atr”, “Tasvirga qarab top”, “Xarid uchun do‘konga”, “Tez javob ber” va boshqalar.

Maktabga tayyorlov guruhida ta’limiy o‘yinlar bolalarda kuzatuvchanlikni, ziyraklik, aqliy vazifalarni mustaqil hal qilish, narsalarni turkumlarga (guruhlarga) ajratish, ranglar va ulardagi nozik ayirmalarni bir-biridan farqlashga o‘rgatish maqsadida o‘tkazish nazarda tutilgan. Masalan, “Dengiz to‘lqinlanmoqda”, “Qora va oq”, “Qaysi narsani ko‘ngilda o‘ylab qo‘ydingiz”, “Har bir qushni o‘z joyiga”, “Likopchalarga piyolalarni tanla”, “Rangli lo’lo”, “Buyumlarning rangini aniqlaymiz” va hokazolar.

Yuqorida bayon etilgan barcha guruhlardagi ta’limiy o‘yinlarning dastur mazmuni va vazifalarini amalga oshirish natijasida bolalar lug‘ati faollashtiriladi va to’ldiriladi. ta’limiy o‘yinni maqsadga muvofiq tarzda o‘tkazishda tarbiyachi asosiy o‘rin egallaydi. U o‘yin jarayonini jonli tashkil etishi, unga bolalarni qiziqtira olishi kerak. Buning uchun oldindan kimdan nima haqida so‘rashni belgilab oladi, o‘yinning yangi variantlarini kiritadi, nutqining rivojlanishi bo‘yicha kuchli va kuchsiz bolani juft qilib qo‘yadi, mashg‘ulotda hazil-mutoyibalardan, bolalarning faol harakat qilishlaridan foydalanadi. O‘yin sur’ati o‘rtacha bo‘ladi. Chunki bu o‘rgatuvchi o‘yin bo‘lib, bolalarning bilimlari va lug‘atlari mustahkamlanadi. Tarbiyachi oldindan belgilab qo‘yilgan so‘zlarni faollashtirishga erishish maqsadida, bolalar javobining aniqligiga diqqatni yo‘naltiradi. Ta’limiy o‘yinda hamma bolalarning faol ishtirok etishlarini ta’minlash mumkin (o‘yin davomida jo‘r bo‘lib aytish, ashula aytib berish, buyum haqidagi topishmoqni eslash kabi topshiriqlar berib boriladi). O‘yin oxirida xulosa qilish, o‘yinni baholash shart emas. Tarbiyachi shunday deyishi mumkin: “Kelgusi safar boshqa o‘yinchoqlar bo’ladi, balki bizning mashg‘ulotimizga ayiq mehmon bo‘lib kelar”.

Lug‘at ishi uchun ushbu ta’limiy o‘yinlardan foydalanish mumkin: “Top, nima o‘zgardi?” o‘yini. Bu o‘yinning bir qancha variantlari mavjud. Bu topshiriqning murakkabligiga bog‘liq bo‘ladi. 2-3 yoshli bolalar bilan o‘tkaziladigan o‘yinning oddiy turida bolalar qarshisida turgan buyumlarga yangi buyumlar qo‘shiladi; yana bir turida buyumlardan biri olib qo‘yiladi; ancha murakkab turida buyumlardan biri yangi buyum bilan almashtiriladi yoki o’lni almashtiriladi. Bu o‘yinda o’l, son, sifat, ravish qo‘shimchalari faollashtiriladi. Masalan, qalamlar qutida edi, endi quti ustida; ikkita uzun tasmalar bor edi, endi bittasi uzun, bittasi esa kalta, o‘ng tomondan quyon o‘tirgan edi, endi qo‘g‘irchoq o'tiribdi; qo‘g‘irchoq ro’lnolda edi, endi do‘ppida. Bu o‘yinning asosiy vazifasi bolalar tomonidan beriladigan javob uchun aniq so‘zlarni tanlashdir. Shuning uchun tarbiyachi bu o‘yinda chegaralangan miqdordagi (2 tadan to 5 tagacha) o‘yinchoqlardan foydalanadi va ozgina o‘zgartirish kiritadi (1-2 ta o‘yinchoqni).

Kimda qanday buyum?”. Bu o‘yin 5-7 yoshli bolalar bilan o‘tkaziladi.

Maqsadi: 1. Nomlari bir xil bo‘lgan ikkita buyumni bir- biriga taqqoslashga, buyumlarni taqqoslash jarayonida ulaming eng muhim belgilarini aytishga o’lgatish; kuzatuvchanligini rivojlantirish.

2. Buyumlarning detallari va qismlarning nomlarini bildiruvchi otlar, rangi va shaklini belgilovchi sifatlar, ravish va qo'shimchalar hisobiga bolalarning lug‘atini boyitish. Buyumlarning sifatlarini va eng xarakterli tomonlarini bildiruvchi so‘zlardan aniq foydalanishga o‘rgatish.



O‘yin uchun material. Bir-birlaridan bir nechta belgilari va detallari bilan farq qiluvchi buyumlarni tasvirlovchi suratlar jufti:

  1. rangi, kattaligi, shakli, teshiklari soni bilan farq qiluvchi 2 ta tugmacha;

  2. rangi, shakli va chizilgan rasmi bilan farq qiluvchi 2 ta likopcha (tarelka);

  3. gavdasining shakli, uzunligi qano’lining, demining rangi bilan bir-biridan farq qiluvchi ikkita baliq;

  4. yo‘l-yo‘l va katakli, yenglari uzun va qisqa, bittasidagi cho‘ntak bitta va yuqori qismiga, ikkinchisining cho‘ntagi ikkita va pastki qismiga o‘rnatilgan 2 ta ko‘ylak;

  5. andazasi va tikilgan gullari bilan farq qiluvchi 2 ta fartuk;

  6. shakli va rangi bilan farq qiluvchi 2 ta chelakcha va boshqa buyumlar: ip kalavalari, sharflar, tuflilar, qayiqlar, yengil mashinalar va hokazo.

O‘yin mashqining borishi. Tarbiyachi bolalar oldiga 2-3 juft buyumlar tasviri tushirilgan suratlami qo‘yib chiqadi va shunday tushuntiradi: ‘‘Har bir juft suratda bir xil nomdagi buyumlar tasvirlangan: ko‘ylaklar, baliq, fartuklar va boshqalar. Ammo bu buyumlar bir-biridan nimasi bilandir farq qiladi. Hozir shular haqida gaplashamiz. Bitta buyum haqida men gapirib beraman, xuddi shunday ikkinchi buyum haqida men kimni chaqirsam, shu bola gapirib beradi. Buyumlar haqida navbatma- navbat shunday gapirib beramiz. Agar men o‘zimdagi buyumning rangini aytsam, siz ham oldingizdagi buyumning rangini aytasiz, agarda men buyumning qanday shaklda ekanligini aytsam, siz ham buyumingizning shaklini aniqlab aytishingiz kerak”. Bir bolani chaqirib, unga ko‘ylak haqida gapirib berishni taklif etadi.

Tarbiyachi. Mening qo‘limdagi suratda ko‘ylak tasvirlangan.

Bo1a. Mendagi suratda ham ko‘ylak tasvirlangan.

Tarbiyachi, Mendagi ko’ylakning yenglai uzun.U qish, kuz fasllari uchun mo‘ljallangan.

Bo1a. Mendagi ko'ylakning yenglari katta, bahor va yoz fasllari uchun moljallangan.

Tarbiyachi. Mendagi ko‘ylak katak-katak matodan.

Bo1a . Meniki yo‘l-yo‘l.

Tarbiyachi. Ko‘ylakning bitta cho‘ntagi bor, u ko‘krakning chap tomoniga o‘rnatilgan va h.k.

O‘yindan o‘rta guruh bolalarni hikoya qilishga o‘rgatishda, bola bilan yakkama-yakka ishlashda ham foydalaniladi.

Tarbiyachi boshqa bir bolaga birgalikda baliq haqida gapirib berishni taklif etadi.

Tarbiyachi. Mening balig‘im qizil rangda.

B o 1 a . Mening balig‘im ko‘k rangda.

Tarbiyachi. Mening balig‘imning dumi uzun.

B o 1 a . Mening balig‘imning dumi kalta.

Shu tariqa boshqa buyumlar ham taqqoslanadi. Yuqorida bayon etilgan ta’limiy o‘yinlardan tashqari bolalar lug‘atini faollashtirishga yordam beruvchi buyum yoki suratlar bilan tashkil etiladigan juda ko‘p o‘yinlar mavjud. Masalan, “Nima bir xil, nima har xil?”, “Kimga nima kerak?”, “Do‘konda”, “Sayohat” va hokazo. Ta’limiy o‘yinlardan tashqari ko‘rgazmali qurolsiz o‘tkaziladigan so‘zli mashq va o‘yinlar o‘tkaziladi. So‘zli o'yin mashqlarining maqsadi boshlovchining (o‘yinni olib boruvchining) javobiga tez va aniq so‘z topib aytishdir. Bu mashq va o‘yin katta guruhlarda o‘tkaziladi. Mashqlar qisqa muddatli (5 - 10 daqiqali) bo‘lib, nutq o‘stirish mashg‘ulotining bir qismi sifatida rejalashtiriladi. Dastlabki mashg‘ulotda o‘yin sekinlashgan sur’atda o‘tkaziladi, chunki tarbiyachi bolalar javobini tez-tez to‘g‘irlashiga to‘g‘ri keladi, kerakli so‘zlarni aytib beradi, tushuntiradi.

Keyinchalik bu mashq o‘yin shaklini oladi, bunda endi o‘yinchilar xato qilganlari uchun o'yindan chetlashtiriladi, aksincha, yaxshi javoblari uchun rag'batlantiriladi. Bunday o‘yinlarda o‘yin boshlovchi koptok yoki ro‘molchadan foydalanib, o‘yin ishtirokchilaridan biriga javob berish uchun uni o’ladi. O‘yin boshlovchi rolini avval tarbiyachi bajaradi, o‘yin muammolar va ularning yechimlari samarador ekanligi kelib chiqdi.

Bolalar bilimlarini kengaytirishga yo’naltirilgan, ishtirok etishga mo’ljallangan interfaol usullar:

Aqliy hujum.

Qisqa hikoya.

Savol- javob.

Tetiklashtiruvchi mashqlar.

Kerakli jihozlar:

«Quvnoq tilcha haqida» ertagi bilan ishlashni mo’ljallash.



Mashg’ulotning borishi.Tarbiyachi: Bolalar, qani ayting-chi: «Biz nima orqali gapiramiz?» (og’zimiz bilan). To’g’ri, og’zimiz orqali. Og’zimiz uychaga o’xshaydi. Bu uychada nima yashaydi? To’g’ri, til. Til haqida ertak eshitganmisiz? Qani eslab ko’ring-chi. Til uychada yashaydi. U yashaydigan uychaning eshigi bor-a? Uning uychasida bitta eshikcha emas, balki ikkita eshikcha bor edi. Birinchi eshigi-lablar, ikkinchi eshigi –tishlar. Bu uyning shifti ham bor edi. Bu nima deb atalar edi? To’g’ri, tanglay. Biz gapirmaganimizda uychaning ikkala eshikchasi yopiq bo’ladi va tilcha ko’rinmaydi. Hammangiz og’zingizni yoping va bir-biringizni og’zingizga qarang. Tilcha qorong’ida o’tiraverib zerikib, ko’chaga chiqib sayr qilib kelmoqchi bo’ladi. Avval til uchini chiqarib, havo qanday ekanligini bilib olmoqchi bo’ladi. Kelinglar, hammamiz shunday qilamiz (tarbiyachi bolalarni bu harakatni qanday bajarayotganliklarini tekshirib chiqadi). Mana, qanday keng tilcha, hammangiz bir-biringizga qaranglar. Birdan qattiq shamol esdi, tilcha burishdi. Ingichka bo’lib oldi, so’ngra butunlay uychasiga yashirinib, uxlash uchun karavatchasiga cho’zildi. (bolalarni tekshirish).Uyqudan uyg’ongan tilcha mashq qilmoqchi bo’ldi, yuqoriga ko’tarila boshladi.(yuqoridagi tishlar orqasiga), so’ngra pastga tushadi (pastki tishlar orqasiga) (tarbiyachi har bir bolani tekshiradi). Tilcha avval mashqni sekin-sekin bajaradi, so’ngra tez-tez sakray boshladi. U sakraganda shiftga yetay-yetay dedi, sakrab shiftni til uchi bilan silab qo’ydi.Tilcha mashq qilib bo’lgach, yana ko’chaga chiqmoqchi bo’ldi. Ko’chaga chiqib zinapoyaga o’tirdi(tilning keng oldingi qirrasini pastki labga qo’yish, bolalar bu harakatni bajarayotganlarida pastki lablarini qiyshaytirmasinlar, pastki tishlarga tegizmasinlar). Bir o’zi o’tiraverib zerikdi, o’ynash uchun ko’chada hyech kim yo’q edi. Bolalar yo’qmikin, deb tilcha avval o’ng tomonga, so’ngra chap tomonga qaradi. Hyech bir bola yo’q edi. Bolalarni qidirib uyining atrofida yugura boshladi(til og’iz atrofida aylanma harakat qiladi). Birga o’ynash uchun sherik topdi, sevinganidan sakradi, va tili bilan cho’lpillatdi (tilni tanglayga yopishtirib, uchi bilan cho’lpillatadi (bolalar tekshiriladi). Tilcha mazza qilib sayr qilganidan so’ng uyiga ketdi va ikkala eshikni yopdi. Uychasining eshiklari oddiy emas, ikki qavatli. Bular - lablar. Mana yuqorigisi, mana pastkisi (ko’rsatadi). Lablar ham ko’p harakat qila oladilar. Mana ular ko’p harakat qilib jilmayishdi. Kelinglar hammamiz jilmayamiz, so’ngra ular nimagadur achchiqlandilar va oldinga naychaga o’xshab cho’zildilar (tekshirish). So’ngra lablar biroz ochilib, ikkinchi eshikni ko’rsatishdi (tarbiyachi tishlarini ko’rsatadi). Mana yuqorigi tishlar, mana bu pastki tishlar.

Hamma eshiklarni yopamiz, tilcha juda ham charchadi, uning dam olgisi kelyapti.



Jismoniy daqiqa.

Bolalar, yana bizning ovozimiz ham bor-a! U ham uychada yashaydi. Biroq uning uychasi og’izda emas, bo’yinda (ko’rsatadi).

Ba’zan ovoz uxlaydi va sekingina pishillaydi, uning pishillashi eshitilmaydi (tarbiyachi «s» tovushini talaffuz etadi So’ngra bolalar «s» tovushini talaffuz etadilar.Qo’llarining orqa tomonini bo’yinlariga qo’yib, ovoz uxlayaptimi yoki yo’qmi, tekshirib ko’radilar). Ovoz uyqudan turgandan keyin ashula aytadi. U shunday ovozda ashula aytadiki, hatto uychaning devorlari titray boshlaydi (bola «z» tovushini bo’yinga qo’l kaftining orqa tomonini qo’yib talaffuz etadi. Bu bilan ovoz uxlayaptimi yoki yo’qmi, tekshiriladi. Xuddi shu tariqa bolalar ikki – uch marta «s» va «z» tovushini navbatma-navbat talaffuz etadilar va tovush uxlayaptimi yoki ashula aytyaptimi aniqlashadi . Bolalar, bugun biz ko’p narsalarni bilib oldik. Mashg’ulot bolalarni rag’batlantirish bilan yakunlanadi.

Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:

Demak gapirishimiz uchun bizga nimalar yordam beradi?

(lablar, til, til uchi, til kuragi, tilning orqa qismi, tishlar, tanglay, tovush)

2-mashg’ulot:

Mavzu: «O» tovushini talaffuz qilish

Maqsad:

        «O» tovushi bilan tanishtirish.



Vazifalar:

        «O» tovushini talaffuz qilishga o’rgatish

        «O» tovushining unli tovush ekani haqida tushuncha berish, uning so’z boshi, o’rtasi va oxirida kelishini aytish,uning to’g’ri talaffuzini o’rgatish,

        «O» tovushli so’zlar bilan bolalar nutqini boyitish.

Kutilayotgan natijalar:.

         «O» tovushining unli tovush ekanligini, uning so’z boshi, o’rtasi va oxirida kelishini bilib oladilar.

        «O» tovushli so’zlar ayta oladilar.

Kerakli jihozlar:

        «O» tovushi bor suratlar, kubik: bir tomoniga labning ochiq holati rasmi yopishtirilgan, boshqa tomonlariga unli harflar yopishtirilgan.

        Mashg’ulotning borishi:

Tarbiyachi bolalarning tovushlar haqidagi bilimini aniqlash va mustahkamlash uchun savollar beradi.

Tovushlarni nima qilamiz?

(tovushlarni talaffuz qilamiz va eshitamiz)

Tarbiyachi bolalar javoblarini umumlashtiradi: nutq tovushlari 2 xil bo’ladi: unli tovushlar va undosh tovushlar, Tovushlarni aytamiz, eshitamiz.

Bugun biz «O» unli tovushi bilan tanishamiz.

«O» tovushini talaffuz etganimizda quyidagi holat yuz beradi:

Lablar aylana shaklida (dumaloqlangan) va bir oz oldinga chiqadi, tishlar dumaloqlangan lablar bilan berkiladi, til ildizi bir oz yuqoriga ko’tariladi, yumshoq tanglay tomoqning orqa devoriga siqilgan bo’lib, burun yo’llarini yopib turadi, havo oqimi og’iz bo’shlig’i orqali o’tib ketadi, tovush boylamlari bog’langan bo’lib, tebranadi va tovush hosil bo’ladi.

Unli tovushlar to’siqqa uchramaydi, cho’ziq aytiladi. Unli tovushni biz qizil rangda belgilaymiz (qizil kvadrat shaklni ko’rsatiladi). Kubiklarning  (tarbiyachi kubikni ko’rsatadi) bir tomoniga labning ochiq holati rasmi yopishtirilib belgilanadi. Siz kubiklarni o’ynayotganingizda bilingki, kubikning bir tomoniga labning ochiq holati rasmi yopishtirilib, qolgan tomonlarda harflar ko’rsatilgan bo’lsa, demak bu kubikdagi harflar unli harflar bo’ladi. Mana qarang, kubikning bir tomoniga labning ochiq holati rasmi yopishtirilib, boshqa tomonida «O» harfi yopishtirilgan. Demak, «O» harfi unli tovush ekanligini bildiradi.

Xattaxta tagligiga uy hayvonlari rasmi terib qo’yiladi (qo’y, echki, sigir, buzoq, ot) va quyidagicha suhbat orqali ot so’zi ajratib olinadi.

- Uy hayvonlari nomini ayting.

(qo’y, echki, sigir, ot)

Ular nima uchun uy hayvonlari deyiladi?

(chunki ularni uyda odamlar boqadi, parvarishlaydi)

Shu hayvonlarning qaysi biri nomida «O» tovushi bor? Aytib ko’rib aniqlang-chi? (tarbiyachi o’zi aytib yordam beradi: o-o-o t.)

(Ot so’zida «O» tovushi bor).

«O» tovushini talaffuz qilib, uning qanday tovush ekanini aniqlang.

(o-o-o - o unli tovush ekan.)

 - Qayerdan bildingiz?

«O» tovushi to’siqqa uchramayapti, cho’ziq aytilyapti.

To’g’ri: «O» tovushi cho’ziq aytilyapti, unli tovush. Ot so’zida «O» tovushi so’zning boshida kelyapti, «O» tovushi so’z o’rtasida ham, oxirida ham keladi. Masalan: sado, non.

Jismoniy daqiqa.

Tarbiyachi bolalarga «Rasmni top» o’yinini taklif etadi. Buning uchun tarbiyachi bolalarni uch guruhga bo’ladi: 1-guruhga «O» tovushi bilan boshlanadigan predmetlar rasmlarini topish, 2-guruhga «O» tovushi bilan tugaydigan predmetlar rasmlarini, 3-guruhga «O» tovushi so’z o’rtasida kelgan predmetlar rasmlarini topish aytiladi, qaysi guruh o’ylanib, belgilangan muddatda so’z topa olmasa, o’yindan chiqadi. O’yinni oxirigacha davom ettirgan guruh g’olib sanaladi.



Bolalar uchun amaliy ish.

Tez aytish:

Oqqush ko’lda suzadi,

Oppoq bo’yin cho’zadi

Mashg’ulotga faol qatnashgan bolalar rahbatlantiriladi.

Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar :

Bugun qaysi tovush bilan tanishdik?

U qanday tovush ekan?

Bu tovushni nima qilamiz?

Biz tovushlarni nima uchun o’rganamiz?

Qaysi tovushlar unli tovushlarga kiradi?

 Halq ertaklari, rivoyatlar va xalq o’yinlari orqali bolalar nutq madaniyatini rivojlantirish.

I.  «Tulki, quyon va xo’roz» xalq ertagi:

        Bola mazkur ertak mazmunini qabul qilib tushundimi?

        Bola ko’rgazma asosida ertak mazmunini so’zlab bera oladimi?

        Bola ertak mazmunini ko’rgazmali vositasiz so’zlay oladimi?

Bolalarga ertak o’qib berilgandan keyin bir kun o’tib, har bir bola bilan ushbu ertak bo’yicha tajriba uchun suhbat o’tkazildi. Ertak yuzasidan quyidagi savollar berildi:

1. Tulkining uyi quyonning uyidan nimasi bilan farq qiladi?

2. Nimaga tulki quyonni uyidan haydab chiqardi?

3. Xo’roz quyonni qanday qilib qutqardi?

Savollardan ko’rinib turibdiki, birinchi savol ertakdagi parchani qayta hikoya qilib berishga qaratilgan bo’lsa, ikkinchi savolimiz ertak bo’yicha bola o’z fikrini bildirishga qaratilgan. Uchinchi savolimiz esa, nutqning ifodaviyligini talab etadi.

2. Rivoyat.

Bir kampirning o’g’li bor ekan. Uning xotini va to’rt yoshli o’g’li bor ekan. Nabira buvisini nihoyatda yaxshi ko’rarkan. Har kuni kelin ovqat pishirib qaynonasiga yog’och kosa, yog’och qoshiqda ovqat berar ekan. Nabira buni kuzatib borar va ajablanar edi. Bir kuni kelin o’g’li yog’ochdan nimadir yasayotganini ko’rib qolibdi.

-          Nima yasayapsan, bolam? deb so’rabdi onasi.

-          Siz bilan otamga tovoq yasayapman. Katta bo’lganimda sizlarga shunda ovqat beraman, debdi o’g’il. Kelin o’z qilmishidan pushaymon bo’lib, qaynonasiga mehribon bo’la boshlabdi.

Bir kunday so’ng har bir bolaga mazkur rivoyat bo’yicha quyidagi savollar berildi:

–        Kelin qaynonasiga ovqatni nimada berar edi?

–        Kelin o’g’li yog’ochdan nimadir yasayotganini ko’rib, nima qilayapsan bolam, deb so’raganda qanday javobni eshitdi?

–        Keyin nima bo’ldi?



Download 280.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling