Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari
- 2,3 ming dorixonada monitoring o‘tkazilgan. Taqdim etilgan ma’lumotlar va fuqaro murojaatlari asosida 97 ta
Download 1.06 Mb.
|
- 2,3 ming dorixonada monitoring o‘tkazilgan. Taqdim etilgan ma’lumotlar va fuqaro murojaatlari asosida 97 ta dorixonada o‘rganish va 15 tasida tekshirish o‘tkazilgan, 25 ta holatda ustamalarni 20 foiz o‘rniga 93 foizgacha qo‘llanilganligi, 15 ta holatda yaroqlilik muddati o‘tgan va sifatsiz mahsulot sotish, 12 ta holatda litsenziyasiz faoliyat va boshqa kamchiliklar aniqlangan, litsenziya shartlarini qo‘pol ravishda buzganligi uchun 13 ta holat bo‘yicha hujjatlar litsenziyalovchi organga yuborilgan.
- Aholiga savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish darajasini aniqlash va baholab borish maqsadida 3 ta sohada (transport, savdo, aloqa) 8 ming nafar aholi o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilgan. Bunda, transport sohasida ishtirokchilarning 52,5 foizi, savdoda 58,9 foizi va aloqa xizmatida 71,2 foizi o‘z huquqi buzilganligini bildirgan. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Agentligiga ayniqsa, pandemiya sharoitida aloqa xizmatining sifat darajasida emasligi, ta’lim, tibbiyot sohalari, avtmobil’ xarid qilish bilan bog‘liq holatlar, sug‘urta va bank xizmatlari kabi mavzularda iste’molchilardan ko‘plab murojaatlarga ham munosib javob berganligi qayd etiladi. Masalan, mamlakatimizda joriy-yilning 1 aprelidan barcha ta’lim muassasalari, xususan NTMda ham ta’lim jarayonlari masofaviy shaklda tashkil etildi. Ota-onalardan tushgan arizalardan birida maktab ma’muriyatidan bevosita ta’lim berish bilan bog‘liq bo‘lmagan ba’zi xarajatlar uchun shartnomada ko‘rsatilgan pul mablag‘larini kamaytirish talab qilingan382. Agentlikka 2020-yilning o‘tgan yetti oyida iste’molchilardan tibbiyot, ta’lim, bank va aloqa xizmatlari bo‘yicha kelib tushgan 814 ta murojaat boshqarma tomonidan o‘rganib chiqilgan va 700 mln so‘m miqdoridagi mablag‘lar qaytari-lishiga erishilgan383. Keyingi yillarda dunyo mamlakatlarida yuz berayotgan global muammolar, epidemiyalar, tabiiy ofatlar, insoniyat boshiga kelgan tasodifiy xavf-xatarlar bugun bashariyatni real ijtimoiy voqelikka nisbatan teranroq qarashga, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni tahlil qilishga majbur etmoqda. Ayni damda dunyo mamlakatlari bilan bir qatorda mamlakatimiz ham boshidan o‘tkazayotgan koronavirus pandemiyasi talafotlari, uning jamiyatimiz ijtimoiy qatlamiga ko‘rsatayotgan salbiy ta’siri, hukumatimizni ham bu borada jiddiy, tizimli, shoshilinch, ammo puxta o‘ylangan qarorlar qabul qilishini talab qilmoqda. Mazkur pandemiyaning dastlabki alomatlari qayd qilingan ilk kunlardan boshlab, mamlakatimizda koronavirus infeksiyasini O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelishi va tarqalishini oldini olish bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi tashkil etildi. Ushbu komissiya mamlakatimizda e’lon qilingan umummajburiy karantin tadbiri munosabati bilan aholini, keng ijtimoiy qatlamni mazkur davrda har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni joyida tizimli ravishda hal qilish, shuningdek, karantin tadbiri yuzasidan butun Respublika miqyosida shoshilinch qarorlar qabul qilishni boshladi. Yurtimizda karantin e’lon qilingan davrdan boshlab, birinchi navbatda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalasi kun tartibidagi dolzarb vazifa etib belgilandi. Shu munosabat bilan, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi negizida Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi tashkil qilindi. Mazkur Markaz 1197 qisqa raqami orqali yordamga muhtoj shaxslar, yordam berishda o‘z hissasini qo‘shmoqchi bo‘lgan ko‘ngillilar va xayriya qilishni istovchi fuqarolar ma’lumotlarini qabul qilishni boshladi. Birgina Toshkent shahri misolida, ushbu Markaz tomonidan 7-aprel holatiga ko‘ra, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi uchun umumiy 1 708 650 000 so‘mlik birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Bu tadbir yurtimizda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi navbatdagi qadam bo‘ldi. Ushbu tashabbusning mantiqiy davomi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va boshqa global xavf-xatarlar davrida xalqimizning tarixiy va ma’naviy qadriyatlarini, mehr-saxovat, oqibat va himmat kabi yuksak fazilatlarini inobatga olgan holda aholini samarali ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2020-yil 22-apreldagi farmoyishi bilan, “Mahalla” xayriya jamoat fondining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman (shahar) bo‘linmalari negizida, yuridik shaxs tashkil etmagan holda, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘arma-sining tashkil etilishi belgilab berildi384. Unga ko‘ra, jamg‘arma mablag‘laridan foydalanishda har bir tuman (shahar) sektori rahbari tegishli mahalla mas’ul vakillari bilan birgalikda ehtiyojmand hamda ijtimoiy yordamga muhtoj aholi qatlamlariga zaruriy iste’mol va dori-darmon mahsulotlarini beg‘araz tarqatish majburiyatini oldi. Mazkur jamg‘arma tashkil etilgan vaqtdan boshlab, salkam 15 milliard so‘mga yaqin mablag‘lar uning hisobiga kelib tushdi. Albatta, yuqorida tashkil etilgan ijtimoiy ko‘maklar bugun pandemiya, global inqiroz sharoitida o‘zining yuqori cho‘qqisiga chiqishga ulgurdi. Sababi, bu kabi aholi keng qatlamini ijtimoiy himoyalashga qaratilgan tadbirlar tendensiyasi pandemiya davridan oldingi holatga qaraganda keskin ijobiy tomonga siljidi. Tan olish kerakki, mamlakatimizda pandemiya holatiga qadar ham jamiyatni har tomonlama ijtimoiy muhofazalashga qaratilgan davlat dasturlari, me’yoriy hujjatlar, ijtimoiy-huquqiy himoya institutlari, jamg‘armalar tizimi mavjud edi. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling