Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari
Ijtimoiy xizmat mijozi shaxs, fuqaro va xizmatlar iste’molchisi sifatida
Download 1.06 Mb.
|
2. Ijtimoiy xizmat mijozi shaxs, fuqaro va xizmatlar iste’molchisi sifatida
O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Keksa-lar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 20-moddasida “Ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxslarning turmushi holatini baholash” belgilangan bo‘lib, unga muvofiq: “Ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxslarning turmushi holatini baholash ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi tegishli organlar va tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladi. Ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxsning turmushi holatini baholashdan o‘tkazish uchun mazkur shaxsning yoki uning qonuniy vakilining yozma arizasi asos bo‘ladi. Ijtimoiy xizmatlarni oluvchilar yoki ularning qonuniy vakillari ijtimoiy xizmatlarga muhtojligi va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish shartlari to‘g‘risida qaror qabul qilinishi uchun ahamiyatga ega bo‘lgan axborotni taqdim etishi shart va ular taqdim etilgan axborotning to‘g‘riligi uchun javobgar bo‘ladi. Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi organlar va tashkilotlar ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxsning turmushi holatini baholash natijalariga ko‘ra shaxsni ijtimoiy xizmatlarga muhtoj deb topish to‘g‘risida yoki ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishga doir arizani rad etish haqida qaror qabul qiladi. Shaxsni ijtimoiy xizmatlarga muhtoj deb topish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda shaxs ijtimoiy xizmatlarni oluvchilar ro‘yxatiga kiritiladi va unga maslahatlar beriladi, zarur bo‘lgan hollarda, ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturi ishlab chiqiladi yoki tegishli hujjatlar ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi boshqa vakolatli organlar va tashkilotlarga yuboriladi”377. Ijtimoiy ish mohiyatini odamlarning farovonligini ularning shaxsiy imko-niyatlari va ijtimoiy yaqin odamlari imkoniyatlaridan eng yuqori darajada foydalanish hamda ularga imkoniyat berish orqali yaxshilash maqsadidagi amaliy faoliyat sifatida tushunish ijtimoiy ishning etik tamoyillarini quyidagi xalqaro shartnomalar asosida amalga oshirishni nazarda tutadi: - Inson huquqlarining Umumiy Deklaratsiyasi, 1948-yil. - Fuqarolik va siyosiy huquqlar haqidagi Xalqaro pakt, 1966-yil. - Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish to‘g‘risidagi Xalqaro konvensiya, 1965-yil. - Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllarini tugatish to‘g‘risidagi Xalqaro konvensiya, 1976-yil. - Bola huquqlari haqidagi Konvensiya, 1989-yil. - Nogironligi bo‘lgan odamlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya, 2006-yil. Darhaqiqat yurtimizda ana shu yuqorida nomlari zikr etilgan xalqaro me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida mijozlarga xizmat ko‘rsatilib, ularning haq-huquqlarini ta’minlashda ularda ko‘rsatilgan me’yorlarga amal qilinib kelinmoqda. Bundan tashqari, mamlakatimizda iste’molchilar huquqini ta’minlash borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, bu boradagi islohot natijalarini 2019-yil 11-sentabrda Prezidentimizning PF-5817-sonli farmoniga muvofiq tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Agentligi” faoliyati doirasida amalga ko‘rsatilgan xizmatlar misolida ko‘rishimiz mumkin. Masalan, agentlik tomonidan tashkil etilganining o‘tgan bir yili davomida o‘ziga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, reklama bozorini tartibga solish, aholi va tadbirkorlarning huquqiy bilimini oshirish, iste’molchilar murojaatlari bilan ishlash, iste’molchilarning nomuayyan doirasi manfaatlarini ko‘zlab tahlillar o‘tkazish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va boshqa yo‘nalishlarda bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirilgan. Jumladan, Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling