Iste’molchilarning nomuayyan doirasi huquqlarini himoya qilish bo‘yicha380:
10 ga yaqin sohaviy o‘rganishlar o‘tkazilgan. Shundan, yangi qurilgan ko‘p qavatli uylarni sotish, avtomobillarni ijaraga (avtolizing) berish, tijorat banklari shartnomalari, karantin davrida obuna ishlari, elektr va gaz priborlari o‘rnatilishi, suyultirilgan gaz yetkazib berish, hududlarning mobil’ qamrov darajasi, avtobus bekatlari holati va boshqalar yuzasidan mavjud holat tahlil qilinib, iste’molchi huquqlarini yanada mustahkamlash bo‘yicha mas’ul idoralarga axborot va ushbu sohadagi qonunchiliklarni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritilgan.
Shuningdek, 5 ta hududda (Andijon, Jizzax, Namangan, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida) iste’molchilar huquqlarini himoyalanganlik darajasi – aholining uy-joy, kommunal, aloqa, bank, sog‘liqni saqlash sohasi faoliyati ustidan qilgan shikoyatlari, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari tomonidan savdo qoidalariga rioya etilishi, aloqa sifati (baza tarmoq stansiyalari joylashuvi, mobil qamrov darajasi), jamoatchilik nazorati va advokatura, transport xizmati holati, moliyaviy (bank, sug‘urta) xizmatlari, ta’lim, sport va tibbiy xizmat ko‘rsatish salmog‘i hamda boshqa holatlarni tahlil qilish orqali aniqlandi va baholangan.
Iste’molchilarning muammolarini hal qilish bo‘yicha381:
Aholining 12 mingdan ortiq murojaati o‘rganib chiqilgan, shundan ijtimoiy tarmoqlardagi iste’molchi huquqi buzilishi bilan bog‘liq mingga yaqin muammoga munosabat bildirilgan.
1,7 million iste’molchilarning huquqi buzilishi natijasida 23,5 mlrd. so‘m ortiqcha mablag‘ hisoblangani aniqlangan, ulardan 5 mlrd. so‘mga yaqini iste’molchilarga qaytarilgan.
Huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va oldini olish bo‘yicha:
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilinishini ta’minlash maqsadida, bozorlar va savdo majmualarida “Iste’molchi burchagi”ni tashkil qilish va ularda savdo faoliyati, tovarlar sifati va xavfsizligini nazorat qilishga mas’ul bo‘lgan idora va tashkilotlarning ishonch tel’yefonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirishni tashkil etish bo‘yicha ish olib borilgan. Xususan,
- iste’molchilarning axborot xabardorligini ta’minlash maqsadida respublika hududidagi 476 ta bozor va savdo majmualarida “Iste’molchi burchagi” tashkil qilingan, ularda mutasaddi organlarning ishonch tel’yefonlari va iste’molchi huquqi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirilgan. 522 ta bozorda “Nazorat tarozi”lari, 51,5 ming savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarida korxona to‘g‘risida peshlavha o‘rnatilishi ta’minlangan.
- savdo ustamalariga va qoidalariga qat’iy rioya qilish, dori vositalariga bo‘lgan sun’iy tanqislik va ajiotaj talabni vujudga keltirmaslik, qonun va litsenziya talablariga amal qilmaslikning huquqiy oqibatlari to‘g‘risida 6 mingta dorixonaga tegishli tushuntirish va rasmiy ogohlantirish xatlari berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |