6-mavzu. Talabni qondirishni tadqiq etish va prognoz qilish
Download 26.88 Kb.
|
6-mavzu. Talabni qondirishni tadqiq etish va prognoz qilish-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Talab tushunchasi, uning turlari, talabga ta’sir etuvchi omillar
6-mavzu. Talabni qondirishni tadqiq etish va prognoz qilish 6-MAVZU. TALABNI QONDIRISHNI TADQIQ ETISH VA PROGNOZ QILISH 1. Talab tushunchasi, uning turlari, talabga ta’sir etuvchi omillar 2. Bozor kon’yunkturasi haqida tushuncha 3. Bozor kon’yunkturasi holati va kelgusida rivojlanish ko‘rsatkichlari hamda baholash uslublari 4. Kon’yunkturani bashorat qilish 5. Bozor kon’yunkturasini bashorat qilish uslublari 1. Talab tushunchasi, uning turlari, talabga ta’sir etuvchi omillar Talab – bu xarid quvvatiga ega bo‘lgan ehtiyojdir. Aniq to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lgan ehtiyojning tovar ta’minotini real holatiga asosan, talab qondirilgan va qondirilmagan talabga bo‘linadi. Qondirilgan talab – bu bozorda vujudga kelgan haqiqiy talabning qondirilgan qismi bo‘lib, u tovarlarni va xizmatlarni sotib olish natijasida haqiqiy qondiriladi. Qondirilmagan talab – bu bozorda vujudga kelgan haqiqiy talabning qondirilmagan qismi bo‘lib, u bozorda iste’molchilar uchun zarur bo‘lgan tovarlarni yo‘qligi va sifati pastligi natijasida yuzaga keladi. Iste’mol talabi murakkab kategoriya hisoblanib, unga narx va narxga bog‘liq bo‘lmagan omillar ta’sir qiladi. Narxga bog‘liq bo‘lgan omillarga asosan aholining daromadlari va tovarlarga bo‘lgan narxlar kiradi. Narxga bog‘liq bo‘lmagan omillarga esa, bozorning katta – kichikligi (razmeri), bir – biriga o‘xshagan tovarlarning narxlari, iste’molchilarni hohish va istaklari kiradi. Talab hajmini narx darajasiga bog‘liqligi, talab va taklif qonuniga asosan aniqlanadi. Uning asosida uchta sabab yotadi: • Narxning pasayishi xaridorlar sonining oshishiga olib keladi; • Narxning pasayishi iste’molchilarni to‘lov qobiliyatini kengayishiga olib keladi; • Bozorning to‘ldirilishi esa, qo‘shimcha birlikdagi mahsulotlarni foydaliligini pasayishiga sabab bo‘ladi. Talab hajmini narx darajasiga bog‘liq holda o‘zgarishi talabning narx bo‘yicha elastikligi bilan tavsiflanadi, u esa talab miqdorini nisbiy o‘zgarishini(foizlarda ifodalanadi) narxning 1 foizga o‘zgarishi natijasida yuzaga keladi. Korxona o‘zining tovarlarini sotish imkoniyatlarini baholashni, avvalo bozor talabini tadqiq etishdan boshlaydi. Bozor talabi – bu ma’lum guruhdagi xaridorlar tomonidan, ma’lum hududda, muayyan davrda, ma’lum marketing dasturiga ega bo‘lgan savdo korxonalari tomonidan sotib olinadigan, ma’lum miqdordagi tovarlar hajmi bilan ifodalanadi. Bozor talabi natural, qiymat ko‘rsatkichlarida yoki nisbiy miqdorlarda ifodalanishi mumkin.Bozor talabini jami ichki bozor va uning alohida segmentlari bo‘yicha aniqlash mumkin. Talabni o‘lchashni asosiy tushunchalari quyidagi 1-rasmda keltirilmoqda. Bozor Korxona Talab Bozor talabi Korxona tovarlariga bo‘lgan talab Potensial Bozor sig‘imi Korxonaning potensial hajmi Prognoz Bozor prognozi Korxonaning sotuv prognozi Download 26.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling