Nazorat uchun savollar:
1. “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishiga nima asosiy zaruriyat bo‘ldi?
2. “Harakatlar strategiyasi”ning ikkinchi ustuvor yo‘nalish sifatida belgi-langan “Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga yo‘naltirilgan” chora-tadbirlar nimalardan iborat?
3. Prezident Sh.Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqida inson huquqlarini himoyalash borasida ilgari surilgan konseptual qarashlarning mohiyati nimada?
4. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Agentligining asosiy vazifalari nimalardan iborat etib belgilangan?
5. Konsyumerizm tushunchasi nimani anglatadi?
6. Ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxslarning turmushi holatini baholash mezonlari qanday?
Mavzu bo‘yicha test savollari:
1. “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni qachon qabul qilindi?
A. 1996-yil 26 aprel’
B. 1998-yil 8 mart
C. 1999-yil 14 yanvar
D. 2000-yil 21 mart
2. ... – foyda chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda shaxsiy iste’mol va boshqa maqsadlarda foydalanish uchun tovar sotib oluvchi, ish, xizmatga buyurtma beruvchi yoxud shu niyatda bo‘lgan fuqaro (jismoniy shaxs) hisoblanadi
A. iste’molchi
B. advokat
C. yurist
D. sud’ya
3. “Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonunini qachon qabul qilindi?
A. 2016-yil, 26-dekabrda
B. 1991-yil, 31-avgustda
C. 1992-yil, 8-dekabrda
D. 2015-yil, 11-sentabrda
4. “O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinlik-larga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’iy nazar qonun oldida tengdir” – ushbu modda Konstitutsiyaning nechanchi moddasida keltirilgan?
A. 18-moddasida
B. 25-moddasida
C. 41-moddasida
D. 98-moddasida
Do'stlaringiz bilan baham: |