Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari


Ijtimoiy ish amaliyotini amalga oshirish va axloqiy me’yorlar


Download 1.06 Mb.
bet134/195
Sana20.09.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1683127
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   195
3. Ijtimoiy ish amaliyotini amalga oshirish va axloqiy me’yorlar
Ta’kidlash lozimki, ijtimoiy ishni institutsional rivojlanishi uchun ijtimoiy yordam oluvchilarni individual shaxsiy xususiyatlarini ham inobatga olish lozim bo‘ladi. Negaki soha mutaxassisi yosh bolalar, keksalar, turli darajada rivojlanishida og‘ish kuzatilganlarga amaliy yordam ko‘rsata olish bilan birga, ularni hayot tarzi va mazmunini ta’minlashda bevosita ishtirok etishni inobatga olish lozim bo‘ladi. Ko‘rinib turidki, Ijtimoiy ish soha mutaxassislarini tayyorlashda tizimli tarzda yondashishni taqozo etadi. Masalan, amaliy yordam ko‘rsatish amaliyotida ko‘p uchraydigan holat bu, ideal “Men” va joriy “Men” orasidagi hamda subyektda “istayman-qo‘limdan kelmaydi” va “istamayman-birovning yordamiga doimiy tarzda zarurat sezaman” kabi tasavvurlarning mavjudligi asosida yuzaga keladigan nizolar ko‘p uchraydi. Bu turdagi nizo shaxsiy darajada yuzaga kelib, galdagi rivojlanish bosqichida shaxslararo mazmun kasb etishi mumkin. Boz ustida inson organizmining harakatlanishi quyidagi dinamik faollikni qamrab olganligini inobatga olsak, bu masala alohida tayyorgarlik asosida yondashish lozimligini taqozo etadi:
- tenglashtirish jarayoni (organizmda kuch-quvvatni teng taqsimlash);
- muhimlikni ta’minlash jarayoni (ijodiylik inson organizmining asosiy motivi sifatida);
- muhit bilan murosaga kelish jarayoni (organizm, o‘z talablariga mos tushadigan muhitni izlashi) va h.k.
Bu holatda ijtimoiy ishning maqsadi, samarasiz shaxs tuzulishi dezintegratsiyasini, nisbatan rivojlangan tarzda shakllantirishdan iborat bo‘ladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, bu bevosita psixokorreksiya o‘tkazish faoliyati bilan bog‘liq hodisadir.
Ijtimoiy ish doirasida birlamchi yordam qachon yetkaziladi? – degan savol ko‘pchilikni qiziqtiradi. Bu savolga javob berish uchun muammoning xarakteri, vaziyati, yordam ko‘rsatish turi, vaqti va joyini inobatga olish lozim bo‘ladi. Ammo yordam ko‘rsatish jarayonida salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omillar mone’lik ko‘rsatishi kuzatiladi, bunda quyidagilarni hisobga olish tavsiya etiladi:
1) nochorlik hissini yuqori darajada ifodalanganligini;
2) ijtimoiy yordam olishga ehtiyojmandni o‘lim bilan “yuzlashgan”ligini;
3) tanada qattiq jismoniy shikastlarni kuzatilishini;
4) vafot etgan insonga o‘zini o‘xshatishini;
5) jismoniy yoki psixologik yetuk bo‘lmaganligini;
6) ijtimoiy aloqalar doirasining torligini;
7. mavhumlik holati hukmronligini;
8) shaxsiy va oilaviy yo‘qotishlarni;
9) ijtimoiy yordam oluvchini yaqinlarining patologik reaksiyasi va boshqalar.
Bunday holatlarda amaliy yordam ko‘rsatish bilan birga psixologik ta’sir ko‘rsatish ham lozim bo‘ladi. Chunki ishontirish, tushuntirish, chalg‘itish, ruhlan-tirish, ehtirom keltirish amaliy yordam ko‘rsatuvchidan psixologik bilimlarga taya-nishni taqozo etadi.
Ijtimoiy ishchining professional va etik kodeksining ijtimoiy ishning qadri-yatlari va tamoyillariga bag‘ishlangan qismi 2004-yil oktyabrida Adelaida (Avstraliya)a qabul qilingan Ijtimoiy ish bo‘yicha maktablar xalqaro assosiatsiyasi va Ijtimoiy ishchilar xalqaro federasiyasining “Ijtimoiy ish etikasi: tamoyillar Deklaratsiyasi” umumiy hujjati asosida ishlab chiqildi. Bu hujjatda ijtimoiy ishchilarning o‘z faoliyatlarini etik tomonlari haqida xabardor bo‘lishi professional amaliyotning muhim qismi, inson huquqlari va ijtimoiy adolatga amal qilish tamoyillari esa ijtimoiy ish faoliyati uchun belgilovchi hisoblanishi ta’kidlanadi.
Ijtimoiy ishning mohiyati va missiyasi uning noyob va o‘ziga xos xarakterini belgilovchi asosiy qadriyatlarida aks etgan. Ijtimoiy ish quyidagi qadriyatlarga asosan ish tutadi:
- inson huquqlari va insoniy qadr-qimmatni hurmat qilish;
- ijtimoiy haqqoniylik va gumanizm;
- sodiqlik va vijdonlilik ;
- professional vakolatlilik;
Ijtimoiy haqqoniylik va insonparvarlik ijtimoiy ishning asos soluvchi tamoyillari va qadriyatlari hisoblanadi. Bu qadriyatlar bilan bog‘liq ravishdagi tamoyillar quyidagilarni anglatadi:
- ijtimoiy ishchining insonning asosiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida teng huquqlar hamda imkoniyatlar va vositalarni haqqoniy hamda teng huquqli taqsimlashni ta’minlash bo‘yicha faoliyati, davlat va jamoatchilik tashkilotlari imkoniyatidan foydalanishning teng kafolatlangan imkonini yaratish va amal qilish bo‘yicha faoliyati;
- ijtimoiy ishchilar ijtimoiy noxush ahvoldagi odamlar chaqiradigan ijtimoiy sharoitlar va qiyinchiliklarni aniqlashga ko‘maklashadi, ijtimoiy siyosatning shakllanishi hamda uni amalga oshirish mexanizmlarini yaxshilashga ta’sir ko‘rsatadi;
- ijtimoiy ishchilar kamsitishning har qanday, jumladan, jins, yosh, u yoki bu madaniyatga mansublik, oilaviy holat, ijtimoiy-iqtisodiy maqom, irqiy va diniy mansublik belgilari, jismoniy tavsifnoma va jinsiy yo‘nalishni kamsitish kabi turlari bilan kurashishlari zarur;
- ijtimoiy ishchilar o‘z faoliyatida ijtimoiy haqqoniylik tamoyiliga amal qilgancha odamlar orasidagi ijtimoiy-madaniy farqlarni inobatga oladi, tan oladi va hurmat qiladi;
- ijtimoiy ishchilar faoliyati inson stigmatizatsiyasi, ajralib qolishini uyg‘otadigan va uni ijtimoiylashuv jarayoniga jalb etadigan ijtimoiy sharoitlarni tenglashtirishga yo‘naltirilishi darkor. Ijtimoiy ishchining amaliy faoliyati ijtimoiy haqqoniylik tamoyillariga amal qilish maqsadida ijtimoiy farovonlikni yaxshilash va o‘z-o‘zini aniqlash, o‘z­o‘zini ijobiy ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashadi.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling