Nazorat uchun savollar:
1. “Ijtimoiy ish etikasi: tamoyillar va andozalar” hujjati qachon qabul qilingan?
2. Ijtimoiy ish axloqiy tamoyillarining xalqaro deklaratsiyasida qanday vazifalar aks ettirilgan?
3. Mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarda nimalarga amal qilinadi?
4. Agentliklar va tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlar qanday yo‘lga qo‘yiladi?
5. Hamkasblarga va o‘z kasbiga munosabat deganda nimani tushunasiz?
6. Ijtimoiy ishchi amalda duch kelishi kerak bo‘lgan asosiy axloqiy me’yorlar va qoidalar nimalardan iborat ?
7. Ijtimoiy ishchi qanday qilib mijozning fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy va madaniy huquqlarini tiklash yo‘llari va usullarini izlaydi?
8. Ijtimoiy ishchining vazifasi sifatida mijoz va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni uyg‘unlashtirishda qanday yordam beriladi?
Mavzu bo‘yicha yest savollari:
1. Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasi qachon qabul qilingan?
A. 1948-yil, 10-dekabr
B. 1950-yil, 10-dekabr
C. 1958-yil, 10-dekabr
D. 1960-yil, 10-dekabr
2. Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya qachon qabul qilingan?
A. 1989-yil, 20-noyabr
B. 1990-yil, 20-noyabr
C. 1992-yil, 20-oktabr
D. 1993-yil, 20-oktabr
3. O‘zbekiston Respublikasi Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyasini qachon ratifikatsiya qilgan?
A. 1992-yil, 9-dekabr
B. 1992-yil, 8-dekabr
C. 1991-yil, 1-sentabr
D. 1991-yil, 9-dekabr
4. “Inson uchun hayotdagi birinchi ustoz ehtiyoj va tajribadir. Aynan shular insonni foydali va zararli narsalarni farqlash darajasiga olib keladi” – degan fikr muallifini aniqlang.
A. Demokrit C. Forobiy
B. Suqrot D. Arastu
5. “Axloqning asosiy mohiyati-o‘zgarmas va abadiy asl fazilat bo‘lmish donishmandlik” –degan fikr muallifini aniqlang.
A. Suqrot C. Forobiy
B. Demokrit D. Arastu
6. Kolombo shahridagi “Ijtimoiy ish axloqi: tamoyillar va standartlar” hujjati ...-yilda qabul qilindi:
A. 1996 C. 1994
B. 1976 D. 2020
Do'stlaringiz bilan baham: |