Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari


Marginal guruhlarning jamiyatdagi holati


Download 1.06 Mb.
bet159/195
Sana20.09.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1683127
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   195
2. Marginal guruhlarning jamiyatdagi holati
Mustabid bir tuzum o‘laroq XX asrda bor-yo‘g‘i 70-yil yashagan Sobiq Ittifoq otlig‘ davlatda ko‘plab millatlarni marginal guruh holatiga solindiki, o‘shanda boshidan og‘ir kunlarni o‘tkazgan millatlar tarixini o‘qib, insonning matonatiga, bardoshiga qoyil qolmaslikning iloji yo‘q. Bunda ko‘plab kam sonli millatlar mustabid tuzum davrida nafaqat og‘ir azoblarga duchor qilindi, balki ular o‘z vatanidan ham ayrilib, marginal guruhga aylandi. Murosasizlik ijtimoiy kam ta’minlangan guruhlarning marginallashuviga, ularning ijtimoiy va siyosiy hayotdan chetlashib qolishiga, ularga nisbatan kamsitish va zo‘ravonlikning kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Avval boshdanoq zo‘ravonlik ustiga qurilgan sobiq Ittifoqda XX asrning birinchi yarmi muhim o‘rin tutadi. Bu davlatda 1922-yildan 1953-yilgacha 31 yil davomida Iosif Stalin hukmronlik qilgan. U bugun nafaqat SSSR tarixida, balki jahon tarixida eng yovuz va qonxo‘r shaxslar qatorida eslanadi. Axir uning hukmronlik-yillarida turli bahonalar bilan millionlab odamlar o‘z uylaridan badarg‘a qilindi, qamaldi, o‘ldirildi... Natijada jamiyatda marginal guruh a’zolarining soni oshishiga sabab bo‘ldi.
Avvaliga “oq gvardiyachilar”ga qarshi kurash, kollektivlashtirish, keyin “mamlakatni yot unsurlardan tozalash”, ikkinchi jahon urush davrida “sotqinlar” eng oxirida esa “imperializm tarafdorlari” kabi ayblovlar bilan millionlab insonlar mahv etilgan. Stalin va uning eng yaqin yordamchisi bo‘lgan Lavrentiy Beriyaning ana shunday yovuz ishlaridan biri, o‘z vatanida yashab turgan bir qancha millatlarni sotqinlikda ayblab, boshqa joylarga quvg‘in qilgani bo‘lgan.
1943-yilda qorachoylar, qalmiqlar, 1944-yilda esa chechenlar va ingushlar, bolqorlar, qrim-tatarlar, mesxeti turklar, kurdlar va xemshinlilar o‘z ona yurtlaridan boshqa o‘lkalarga surgun qilingan. Surgun qilinganlarni go‘yoki vatanga xiyonat qilishda ayblashgan. Qrim-tatar, chechen, ingush, qalmiq, bolqorlar nemislarga josuslik qilishda ayblangan bo‘lsa, mesxeti turklar, kurdlar va xemshinlilar Turkiya foydasiga josuslikda ayblangan.
Keyinchalik bu millatlar aslida sotqinlik qilmagani ma’lum bo‘ldi. Ularning ba’zilari shunchaki o‘ch olish uchun badarg‘a qilingan bo‘lsa, ba’zilarining yashab turgan yeri kerak bo‘lgani uchun quvilgan. Aynan qrim-tatar va mesxeti turklarning yashab turgan yerlarini olib qo‘yish uchun ular mislsiz azobga mubtalo qilingan. Tarix shohid: qrim-tatarlar Qrimdan quvilgach, u yerga ko‘plab ruslar ko‘chib borgan412.
1989-yilda qrim-tatarlar o‘z vataniga qaytib borganda u yerda ularga tegishli barcha narsa boshqalar tomonidan egallab olingan edi. Shunday bo‘lsa-da, qrim-tatarlarga tarixiy vataniga qaytib borishga ruxsat berildi. Mesxeti turklarga esa tarixiy vataniga qaytib borishga ruxsat ham berishmaydi. Sababi ularning tarixiy vatani Mesxetiya gruzinlar tomonidan egallab bo‘lingan edi. Shu tariqa, bu millat vatansiz qoladi.
Quvg‘in qilinganlarning qariyb barchasi (qalmiqlardan boshqa) musulmonlar, buning ustiga, asosan, Kavkazda yashaydigan xalqlar hisoblanadi. Stalinning kelib chiqishi gruzin ekanligini inobatga olsak, Kavkaz xalqlarini, buning ustiga, asosan, musulmonlar o‘z uyidan badarg‘a qilinishi bejiz emasdi.
Olimlarning ta’kidlashicha, “turli madaniyatlar, dinlar, sivilizatsiyalar avval ham o‘zaro muloqotda bo‘lgan, ayni vaqtda ko‘pincha keskin adovat va murosa-sizlik ro‘y berib turgan. Ammo bularning asosiy manbalari hududiy jihatdan bo‘lishgan, bir-biridan ajratilgan holatda bo‘lgan. Endilikda migratsiya oqimlari mavjud to‘siqlardan oshib o‘tmoqda, turli madaniyat va turmush tarzlarini jahon maydonidagi yagona makonga jipslashtirmoqda. Ijtimoiy o‘zaro munosabatlarning bir-biriga singib boruvchi tig‘iz tarmog‘i vujudga kelmoqda. Ana shunday sharoitdagi notolerantlik keskinlikni kuchaytirib, milliy darajada ham, jahon darajasida ham ijtimoiy tuzumlarning hayot faoliyatiga to‘sqinlik qilmoqda”.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling