Diagnostika o‘tkazish funksiyasi ijtimoiy ish mutaxassisi alohida inson yoki guruhni joriy holatini (nuqsoni, ehtiyojmandligini namoyon bo‘lishi, o‘ziga va noqisligiga bo‘lgan munosabati, atrofdagilardan kutishlari va b.) o‘rganib, ularga mikromuhitni ta’sir darajasini aniqlaydi, ya’ni ijtimoiy diagnostikasini amalga oshirib, ehtiyojmandlik holati va darajasini baholashdan iborat. Buning uchun “Adaptatsiyalashuv darajasini aniqlash”, “Muloqotga kirishuvchanlikni baholash”, “Assertivlikni shakllanganligini aniqlash” kabi metodikalardan foydalanishi lozim;
Rejalashtirish va yo‘naltirish funksiyasi individual yoki guruhiy darajada ifodalangan muammolarni (nuqsonlarni) siliqlash tartibini ishlab chiqish, qo‘llaniladigan terapevtik metodikalarni belgilash, kamolotga erishish yo‘lini belgilab, ish olib borish tartibini aniqlashdan iborat. Bunda muammo (nuqsonni) xarakteri va ifodalanish dinamikasi inobatga olinib, sarflanadigan vaqt alohida inobatga olinishi lozim;
Prognostika o‘tkazish funksiyasi ijtimoiy ish obyektlariga ijtimoiy institutlarning amaliy yordam ko‘rsatishda ishtirokining ta’sirchanligini, olib borilayotgan amaliy yordam natijasida ma’lum vaqtdan so‘ng obyektlarni holatini dinamik o‘zgarishinini, xulqini inobatga olgan holda erishiladigan natijani baholash (V.Safronovani ilgari surgan takliflaridan foydalanish mumkin424);
Ijtimoiy terapevtik (ogohlantiruvchi-profilaktikaviy) funksiya salbiy holat-larni yuzaga kelmasligini ta’minlash maqsadida yordamga ehtiyoj sezuvchilarga ijtimoiy-huquqiy, ijtimoiy-tibbiy, psixologik va pedagogik maslahatlar berishdan iborat. Bunda oila-nikoh, xotin-qizlar, farzandlar, maishiy, yoshlar, er-xotinlar, ota-onalar va farzandlar munosabati kabi masalalar tanlanishi mumkin;
Huquqiy himoya qilish funksiyasi aholini turli qatlamini himoya qilish uchun qonunlar majmuasidan foydalanishdan iborat. Bu o‘z navbatida, mehnat huquqi, oila huquqi, fuqarolik huquqi hamda huquqiy institutlar faoliyati bilan nazariy jihatdan xabardor bo‘lishni taqozo etadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |