Samarqand davlat universiteti қозон миллий тадқИҚотлар технология университети


Loyihalash va tekshirish hisoblari


Download 2.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/96
Sana03.11.2023
Hajmi2.63 Mb.
#1741716
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   96
Bog'liq
Samarqand davlat universiteti озон миллий тад И отлар технологи

Loyihalash va tekshirish hisoblari. Kimyoviy texnologiyadagi bu 
ikki turdagi hisob-kitoblar hisoblanadigan qiymatlarning tanlanishi
bilan farq qiladi. Loyihalash hisobi deb berilgan ko„rsatkichlarga 
erishish mumkin bo„lgan apparatning kerakli o„lchamlarini aniqlash 
maqsadida o„tkazilgan hisoblashlarga aytiladi. Tekshirish hisob-kitobi 
deb apparatning o„lchamlari berilgan holda qanday ko„rsatkichlarga 
erishish mumkinligini g„isoblashiga aytiladi. 
Ko„p hollarda, loyihalash hisobini tekshirish hisoblari to„plamiga 
olib kelish maqsadga muvofiq: bir hil o„lchamli qurilmalarni qator 
o„rnatish, ularning har biri uchun erishish mumkin bo„lgan 
ko„rsatkichlarni hisoblash va keyin ular ichidan eng yaxshi o„lchamni 
tanlash. Bu protsedura, ayniqsa, kompyuterdan foydalanganda juda 
oddiy. 


48 
 
 
II BOB. OQIMLARNING 
GIDRODINAMIK 
STRUKTURALARINI 
MATEMATIK IFODALASH 
 
 
 
 
2.1. Oqimlarning gidrodinamik strukturalari 
Odatda kimyoviy-texnologik jarayonlar harakatdagi oqimlarda 
boradi, ularni siljishining gidrodinamik qonuniyatlari kimyoviy ishlab 
chiqarishning samaradordligiga ahamiyatli ta‟sir etadi. Shuning uchun 
ham KTJ matematik modellarini tuzishda moddalar oqimi harakatini 
ifodalash katta ahamiyat kasb etadi. 
Harakatdagi oqim ham bir fazali ham ko„p fazali bo„lishi mumkin 
va odatda murakkab strukturaga ega. Gidrodinamikada juda ko„plab 
tenglamalar mavjud bo„lib, ular yordamida muhitning harakatini 
ifodalash mumkin (masalan, Nave-Stoks tenglamasi, oqimlarning 
bo„linmasligi tenglamasi va boshqalar). 
Kimyoviy-texnologik 
jarayonlarga 
klassik 
gidrodinamika 
qonunlarining 
qo„llanilishi 
haqiqiy 
oqimlar 
gidrodinamikasi 
tenglamalarining murakkabligi qiyinchilik tug„diradi. Shuning uchun 
gidrodinamik oqimlarning matematik modellarini tuzishda amaliyotda 
odatta ularning ichki tuzilishi haqidagi oddiyroq yaqinlashuvdagi 
tasavvurlar ishlatiladi. 
Texnologik muhit harakatining strukturasi oqim zarrachalarining 
aralashish darajasi bilan harakterlanadi, u konsentratsiya maydini va 
temperatura gradiyentini aniqlaydi. Bu harakatlanadigan oqimlar ba‟zi 
tip modellarini aralashtirish belgisi bo„yicha o„rnatish uchun asos 
vazifasini 
o„taydi. 
Qo„llaniladigan 
texnologik 
qurilmaning 


49 
konstruksiyasiga yanada javob beradigan turli murakkablikdagi 
oqimlarning gidrodinamik modellarini tuzish mumkin. KTJning 
matematik modellarini tuzishda odatda alohida fazalar oqimlari 
harakatining strukturasi haqidagi takminiy tasavvur (modelli) ishlatiladi. 
Bular quyidagi gidrodinamik modellar: 
 ideal aralashish; 
 ideal siqib chiqarish; 
 diffuzli (bir- va ikki parametrli) modellar; 
 yacheykali modellar; 
 kombinirlangan modellar. 
Oqimlar strukturasining modellarini tuzishda quyidagi talablarni hisobga 
olish lozim: 

model haqiqiy oqimning fizik mohiyatini aks ettirishi kerak va 
bunda matematik ifodalash yetarli darajada oddiy bo„lishi lozim; 

uning parametrlarini hisoblash yoki tajribaviy usullarda aniqlashga 
imkoniyati bo„lishi kerak; 

aniq KTJ hisoblashda foydalanish uchun qulay bo„lishi kerak. 

Download 2.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling