Samarqand davlat universiteti қозон миллий тадқИҚотлар технология университети
Download 2.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Samarqand davlat universiteti озон миллий тад И отлар технологи
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.1. Issiqlik almashinishning asosiy qonuniyatlari
58 III BOB. KIMYOVIY TEXNOLOGIYADA ISSIQLIK ALMASHINISH JARAYONLARI 3.1. Issiqlik almashinishning asosiy qonuniyatlari Kimyoviy texnologiyada issiqlik almashinish jarayonlari quritish, bug„latish, isitish, sovutish va h.z.larda alohida ahamiyatga ega va kimyoviy va massa almashinish jarayonlari bilan boradi. 3.1-rasmda issiqlik almashining qurilmalariga misollar keltirilgan. Issiqlik almashinishda sistema issiqlik muvozanatiga harakat qiladi. Temperatura gradiyenti bilan issiqlikning molekulyar oqimi ( ) o„rtasidagi bog„liqlik Furening issiqlik o„tkazuvchanlik qonuni bilan aniqlanadi: bunda muhitning issiqlik o„tkazuvchanlik koeffitsiyenti, Vt/(m K). Harakatda suyuqliklar va gazlarda modda bilan energiyaning konvektiv o„tkazilishi amalga oshadi: bunda muhitning harakat tezligi, m/s; moddaning zichligi, kg/m 3 ; entalpiya, j/kg. 59 A B 3.1-rasm. Issiqlik almashinish qurilmalari a – plastikali, b – trubaqobuqli. Konvektiv issiqlik almashinishda issiqlik oqimining zichligi molekulyar va konvektiv tashkil etuvchilarining yig„indisidan aniqlanadi, ya‟ni: Qattiq jism sirti bilan harakatdagi yalpi muhit o„rtasidagi issiqlik tashishni hisoblashni soddalashtirish uchun Nyuton-Rixmanning issiqlikni berish qonuni ishlatiladi. Unga ko„ra issiqlikni berish koeffitsiyenti, Vt/(m 2 K); issiqlik almashgichning sirti yuzasi, m 2 ; devor temperaturasi, K; muhit temperaturasi. Issiqlikni uzatish koeffitsiyenti suyuqlikning harakat tezligiga, uning zichligi va qovushqoqligiga, suyuqlikning issiqlik xossalariga (solishtirma issiqlik sig„imi, issiqlik o„tkazuvchanlik), devorning va uni aniqlovchi o„lchamlarga va boshqa omillarga bog„liq. Issiqlikni uzatish nafaqat issiqlik balki gidrodinamik shartlar bilan ham aniqlanadi. Shuning uchun ham konvektiv issiqlik aylanishi Fure- Kirxgofning deferensial tenglamasi bilan ifodalanadi: ( ) bunda temperatura o„tkazuvchanlik koeffitsiyenti, m 2 /s; vaqt, s; issiqlik sig„imi, j/(kg K). 60 Qizdirilgan issiqlik tutuvchidan sovug„iga o„zatiladigan issiqlik miqdori issiqlik uzatishning asosiy tenglamasi bilan aniqlanadi. Unga ko„ra: bunda issiqlik o„tkazuvchanlik koeffitsiyenti, Vt/(m 2 s); issiqlik tutuvchilarning temperaturalari o„rtasidagi farq. Qalinligi bo„lgan devor orqali issiqlik uzatishda issiqlik o„tkazuvchi koeffitsiyentini issiqlik oqimidagi issiqlik qarshiligining addetivligi tenglamasidan foydalanib hisoblash mumkin: bunda va mos ravishda suyuqlikdan devorga va devordan boshqa suyuqlikka issiqlikni o„tkazish koeffitsiyentlari, Vt/(m 2 K); devor materialining issiqlikni o„tkazuvchanligi, Vt/(m K); va devorning har ikkala ifloslanish holatlarining termik qarshiliklari (m 2 K)/Vt. Ushbu tenglama issiqlik yassi silindrsimon devor orqali o„tganda R H /R B <2 (R H va R B mos ravishda silindrning tashqi va ichki radiuslari) sharti bajarilganda o„rinli. Download 2.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling