Qo‘llanma Yosh ota-onalarda yassioyoqlikni uy sharoitida ham aniqlash mumkinmi, degan savol tug‘ilishi tabiiy hol. Bolada 4-5 yoshdan so‘ng yassioyoqlik bor yo‘qligini mustaqil aniqlash mumkin. Buning uchun bola oyoqlariga yog‘li krem, yod yoki guash surtish, so‘ngra uni oq qog‘oz ustida to‘g‘ri va tekish qo‘yish lozim. Oyoqlarning izi yaqqol ko‘rinib turadi. Izga diqqat bilan razm soling! Bolalarda yassi oyoqlik jiddiy muammo hisoblanadi. Ulg‘ayganda uzoq yura olmaydigan, tez toliqadigan bo‘lib qoladi. - Bolalarda yassi oyoqlik jiddiy muammo hisoblanadi. Ulg‘ayganda uzoq yura olmaydigan, tez toliqadigan bo‘lib qoladi.
- Bolalarda ko‘p uchraydigan nuqson yassi oyoqlikning tug‘ma ko‘rinishini besh yoshgacha aniqlash qiyinchilik tug‘dirganligi sababli shifokorlar profilaktika maqsadida bolalarning oyoq kiyimiga ortopedik moslamalarni solishni tavsiya etadilar. Bunday moslamalar yassi oyoqlikning vujudga kelishining oldini oladi. Uni davolash qiyin emas. Dori vositalari ham shart emas. Hafsala, bolaga e’tibor kerak xalos.
- Bu xastalikni davolash bo‘yicha profilaktik muolajalar qanchalik tez boshlansa, shunchalik go‘dak oyoqlari to‘g‘ri rivojlanib o‘sadi.
- Farzandingizda yassi oyoqlik mavjudligini qanday aniqlash mumkin? Bolani yalangoyoq yurgizing. U turli yo‘nalishlarda yurib ko‘rsin. Siz esa oyoqchalarining ichki qismini kuzating. Ular yerga deyarli tegmasligi kerak. Kamdan kam holatlarda yassi oyoqlik tug‘ma bo‘ladi. Odatda bola yura boshlasa nuqson ko‘zga tashlanadi
- Bolalarda yassi oyoqlikning oldini olishni bola tug‘ilgan ilk kunlaridan boshlash lozim. Bunda bola oyoqlarining mushaklarini mustahkamlash zarur. Buning uchun uqalash, davolovchi gimnastika, maxsus muolajalardan foydalaniladi. Boldir va tovon mushaklarini uqalashni ota-onalarning o‘zlari bajarishi mumkin. Boldir mushaklarini barmoqlaringiz bilan uqalash yetarlidir. Bolaning tovon mushaklarini uqalash uchun bosh barmoq bilan bolaning tovonidan to oyoq barmoqlari uchigacha yurgizib chiqing. Bunday uqalashlarni kuniga 2 marotaba (ertalab va kechqurun), 10 daqiqadan bajarish zarur
- Bir yoshdan so‘ng bola yurishni boshlaganida davolovchi gimnastikani ko‘paytirish lozim. Bolaga oyoqlarining uchida yurishni va shu holatda sakrashni, oyoqning tashqi qismida yurishni, tovonda yurishni, tovonlar yordamida qalam, tayoqcha aylantirishni o‘rgatish kerak.
- Bola tovonining shakli bolaning gavdasi bilan bog‘liqdir. Yassi oyoqlik mavjud barcha bolalarda qomatning noto‘g‘ri shakllanishi kuzatiladi. Umuman olib qaraganda oyoq va qomatning bir biriga bog‘liqlik tarafini ko‘rmaysiz. Lekin ayni paytda yassi oyoqlik mavjud 60-70 foiz bolalarda umurtqaning qiyshayishi va gavdaning jiddiy muammolari kuzatilmoqda. Tovonning oz bo‘lsada to‘g‘ri shakllanmasligi mavjud bo‘lsa, u kichkintoyning jismoniy rivojlanishiga jiddiy ta’sirini o‘tkazishi mumkin. Yassi oyoqli bolalar ko‘p tik tura olmaydilar. Ular tez toliqadilar, oyoq va sonlardagi og‘riqlar haqida shikoyat qiladilar.
- Bolalarda yassi oyoqlikni quyidagi mashqlar yordamida davolash mumkin. Mashqlarni bajarishda dastlab sizga shifokor yordam beradi.
- O‘tirgan holatda tovonlarni birma bir bukish; tovonlarni aylantirish; arg‘imchoq mashqi: bola oyoqlarida tik turib, avval oyoqlarining uchlariga, so‘ng tovonlariga tayanadi; oyoqlar uchida yurish; yerga gimnastik tayoqchani qo‘yib, unda yurish juda foydalidir; oyoq barmoqlarida turib, yarim o‘tirishni bajarish; gimnastik tayoqchada o‘tirib-turish; oyoq barmoqlarida chang‘i uchgandek harakatlanish; kichkina koptokchani 1-3 daqiqa davomida oyoq barmoqlari bilan harakatlantirish; oyoq barmoqlarida turib sakrash; turli buyumlarni oyoq barmoqlari bilan ko‘tarish.
- Shunday foydali mashqlardan yana biri yoz kunlarida, bola imkon qadar yerda oyoq yalang yurishi zarur. Ayniqsa, qumda yurish foydali bo‘lib uqalash vazifasini ham bajaradi. Issiq kunlarda bu mashqlarni hovuzchada bajarish bolaning orom olishini ham ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |