Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi
Farg`oniy, Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sinolarning umumpedagogik g`oyalari
Download 3.27 Mb.
|
Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muhammad al-Xorazmiy
- Abu Nosr Forobiy
- Abu Rayxon Muhammad ibn Axmad al-Beruniy
- Abu Ali ibn Sinodir
- Mahmud Qoshg`ariy
Farg`oniy, Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sinolarning umumpedagogik g`oyalari. Sharq uyg`onish davrining mashhur allomalaridan biri Ahmad al-Farg`oniy bo`lib (IX asr), u Bog`doddagi Baytul Xikmada mudarrislik qildi, riyozat, falakkiyot, geografiyaga oid asarlar yaratdi. Uning mashhur "Samoviy harakatlar va yulduzlar fanining majmuasi haqida kitob"i arab tilida yozilgan dastlabki falakkiyotga oid asar bo`lgan, yana "Astrolyabiy haqida mukammal kitob", "Oy yer ustida yoki uning ostida bo`lgan paytlardagi vaqtlarni o`rganish haqida", "Yetti
iqlim hisoboti" kabi asarlar yaratgan. Buyuk olim, aljabr fanining otasi Abu Abdulloh Muhammad al-Xorazmiy (783-650) Xorazmning Zamaxshar shahrida tug`ilgan. U "Al-jabr la al mukobala" (Tenglamalar va qarshilantirish), "Xisob al kind" (Hind hisobi), "Kitob surat al-arz" (Yer surati haqida kitob), "Kitob at-tarix", "Ustrurolob yulduzlarining harakatini kuzatish" nomli asarlar yaratgan. Xorazmiy "Al-jabr va al muqobala" asari bilan matematika faniga asos soldi. Yana "falakkiyot jadvallari", "Quyosh soatlari to`g`risida" risolalar ham yozgan. U hind hisoblari, ularning ishlatilishi, sonlarni ko`paytirish, bo`lish, qo`shish va ayirishni oson yo`llarini ko`rsatdi. Olimning arifmetikasi matematika va sanoq tartibi tarixida yangi bir davr ochdi. Abu Nosr Forobiy (879-950) mashhur faylasuf va allomadir. Uning falsafa, mantiq, psixologiya, musiqa, matematika va boshqalarga oid 160 dan ortiq asarlari ma’lum. U "Al-muallim as-saniy" (ikkinchi muallim", "Sharq Arastusi" nomlariga sazovor bo`lgan. Uning axloq, tarbiya, sha’riyatga oid asarlari ham bor. "Kattalarning aqli haqida", "Ilmning kelib chiqishi va tasnifi", "She’r va qofiyalar haqida", "Baxt saodatga erishuv yo`llari haqida", "Fazilatli xulqlar" kabi asarlari mavjud. Forobiy o`z falsafiy qarashlarida insonga bilim va tarbiya berishni asoslagan. U kishilarni guruhlarga bo`lgan va bunda ularning diniy mazxabga emas, balki avvalo, akliy iqtidoriga, ilm o`rganish va hayotiy tajriba to`plash jarayonida orttirgan bilim va ko`nikmalariga ahamiyat beradi. Olimning falsafada insonparvarlik g`oyalari alohida o`rin olgan, har qanday zulm va urushlarni qoralagan. Forobiy muallimlik qilgan. U o`qitishning mazmuni va qonun - qoidalarini amaliy faoliyatida sinab ko`rgan. U fanlarni tasnifini beradi. Forobiyning axloqiy qarashlari ham g`oyat qimmatlidir. U "Fozil shahar aholisining axloqiy qarashlari", "Ruh madaniyati haqida risola" asarlarida inson barkamol bo`lishi uchun avvalo axloqli bo`lishi zarurligini ta’kidlaydi. Forobiy axloqni 2 guruhga: ezgulik va yomon sifatlarga ajratadi. Insonning eng olijanob fazilati baxtga intilishdir. Haqiqiy baxtga erishish kishilardan yuksak axloqiy munosabatni, hamkorlik, o`zaro yordam va ahil yashashni talab qiladi. Farobiy ta’lim-tarbiyaga bag’ishlangan asarlarida ta’lim-tarbiyaning muhimligi, unda nimalarga e’tibor berish zarurligi ta’lim-tarbiya usullari va uslublari haqida fikr yuritadi. «Fozil odamlar shaxri», «Baxt saodatga erishuv to’g’risida", "Ixso-al-ulum", "Ilmlarning kelib chiqishi", Aql ma’nolari to’g’risda" kabi asarlarida ijtimoiy tarbiyaviy qarashlari o’z ifodasini topgan. Farobiy "Baxt saodatga erishuv to’g’risida" asarida bilimlarni o’rganish tartibi haqida fikr bayon etgan. Uning ta’kidlashicha, avval bilish zarur bo’lgan ilm o’rganiladi, bu-olam asoslari haqida ilmdir. Uni o’rgangach, tabiiy ilmlarni, tabiiy jismlar tuzilishini, shaklini, osmon haqidagi bilimlarni o’rganish lozim. Undan so’ng, umuman, jonli tabiat-o’simlik va hayvonlar haqidagi ilm o’rganiladi, deydi. Farobiy inson kamolotga yolg’iz o’zi erisha olmaydi. U boshqalar bilan aloqada bo’lish, ularning ko’maklashuvi yoki munosabatlariga muhtoj bo’ladi, deb hisoblaydi. Farobiy ta’lim-tarbiyaning asosiy vazifasi " jamiyat talablariga javob berishra oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi. Farobiy ta’lim va tarbiyaga birinchi marta ta’rif berishrgan olim sanaladi. Ta’lim-degan so’z insonga o’qitish, tushuntirish asosida nazariy. Bilim berish; Tarbiya-nazariy fazilatni, ma’lum hunarni egallash uchun zarur bo’lgan xulq normalarini va amaliy malakalarini o’rgatishdir, deydi olim. Abu Nasr Farobiy yana aytadi: «Ta’lim-degan so’z halqlar va shaharliklar o’rtasida nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu halqlar o’rtasidagi tug’ma fazilat va amaliy kasb xunar fazilatlarini birlashtirish degan so’zdir». Ta’lim faqat so’z va o’rgatish bilangina bo’ladi. Tarbiya esa, amaliy ish tajriba bilan, ya’ni shu halq, shu millatning amaliy malakalardan iborat bo’lgan ish-harakat, kasb-xunarga berilgan bo’lishi, o’rganishdir", -deydi. Farobiy ta’lim-tarbiyada rag’batlantirish, odatlantirish, majbur etish metodlarini ilgari so’rgan. Har ikkala usul ham pirovardida insonni har tomonlama kamolga yetkazish maqsadini ko’zlaydi. Xulosa qilib aytganda Forobiy pedagogik ta’limotining asosida komil topgan insonni, shakllantirish insonning o’z mohiyati bilan ijtimoiyligi, ya’ni faqat jamiyatda, o’zaro munosabatlar jarayonida komillika erishadi, degan falsafiy qarashi yotadi. Qomusiy olim Abu Rayxon Muhammad ibn Axmad al-Beruniy X asrning ikkinchi yarmi va XI asrning boshlarida, g’oyat murakkab tarixiy davrda yashadi va ijod etdi. Abu Rayxon Beruniy 362 yil 3 zulxijjada (milodiy 973 yil 4 sentyabr) Xorazmning Qiyot shahrida dunyoga keldi. Berun - birun so’zi "tashqari", shahardan tashqarida degan ma’noni anglatadi. Beruniy xali juda yosh olim bo’lishiga qaramay, Qiyot shaxrida 994-995 yillarda astronomik kuzatishlar o’tkazgan. Bu kuzatishlar uchun o’zi astronomik asboblar ixtiro etgan. O’sha davrda Xorazmda va Kaspiy oldi viloyatlarida Qobus ibn --Vushmagir yosh olimga xayrihohlik ko’rsatadi. SHams al Maoli" ("Oli martabalar quyoshi") laqabi bilan mashhur bo’lgan bu podshohga bag’ishlab Beruniy "qadimgi halqlardan qolgan yodgorliklar" asarini yozadi va unga taqdim etadi. Bu asar Beruniy nomini YAqin va O’rta SHarqqa mashhur qildi.1004 yilda Beruniy Ma’mun II ibn Ma’mun tomonidan Xorazmga chaqirib olinadi va uning yaqin maslahatchisi bo’lib qoladi . Ma’mun davrida Urganchda "Ma’mun akademiyasi" nomli ilmiy markaz tashkil etiladi va u yerda musulmon sharqining yirik olimlari faoliyat ko’rsatadi. Beruniy bir necha yil noyob metallar va qimmatbaho toshlar ustida kuzatishlar va tajribalar olib boradi va keyinchalik ana shu tadqiqotlar asosida "Mineralogiya" asasarini yaratadi. Beruniyning yana bir muhim asari munajjimlik san’atidan boshlang’ich tushunchalardir. Bu asarda ham u bir necha fanlar yuzasidan dastlabki tushuncha, ma’lumotlar berishrgan. Ma’lumki, Maxmud G’aznaviy Xindistonga qarshi bosqinchilik yurishlarini olib borgan. Ana yurishlarning birida Beruniy ham G’aznaviyga hamrox bo’lib bordi. U sanskrit (eski xind tilini) bilganligi xind halqi madaniyati, adabiyoti va san’ati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo’ldi va bu mehnatlari natijasida 1030 yilda o’zining SHarq va G’arbda keng e’tirof qilingan mashhur "Xindiston" asarini yaratadi. Kitobning to’liq nomi "Kitobu fi taxkiki molil Xind ma’kulatin makbo’latin fil Aqli av marzulatin", ya’ni "Xindlarning sig’adigan sig’maydigan ta’limot asarini aniqlash kitobi" bo’lib, o’qishga qulay bo’lishligi uchun qisqacha "Taxkiku mo-mil Xind"-(“Xindistonga oid tadkiqotlar" yoki "Xindiston") deb yuritiladi. Beruniy astranomiyaga oid "Al - qonun al - Mas’udy" ("Mas’ud qonuni”) nomli yirik asarni shox Mas’udga bag’ishlaydi. Beruniy yana "qimmatbaho toshlarni bilib olish bo’yicha ma’lumotlar to’plami" ("Mineralogiya"), "Dorivor o’simliklar haqida kitob” asarlarini ham yozdi. "Mineralogiya" sharqdagina emas, yevropada ham qimmatbaho toshlarni ishlash usullarini va ular bilan savdo qilish qonunlarni o’rganish. yer osti boyliklarini tekshirish haqida ma’lumot bersa, "Saidona" nomi bilan mashhur bo’lgan keyingi asarda SHarqdagi dorivor o’simliklarning tavsifi bayon qilingan. Mutafakir ilgari --surgan ahloqiy hislatlardan yana biri adolatdir. U jamiyatda adolat o’rnatish ,uni yovuzliklardan xalos etish uchun dono, adolatli xukmdor bo’lish kerak deydi. Beruniy insonni kamolotga yetkazuvchi hislatlardan yana biri olijanoblik deb ko’rsatadi. Olijanoblikning mazmuni yaxshilik tashkil etadi. Bunda olim inson sifatida muamola qilishni nazarida tutadi. Eng muhim mutafakir inson kamolotida mehnat va mehnat tarbiyasi haqida muhim fikrlarni bayon etadi. Beruniy inson kamolotida uch narsa muhimligini ta’kidlaydi. Bu hozirgi davr pedagogikasi e’tirof qiluvchi irsiyat, muhim tarbiyadir. Beruniy inson har tomonlama kamolotga yetish uchun u ilmiy bilishi bilan birga mehnatsevar va xunar egasi bo’lish kerak deydi. Zero, uning o’zi ham xaqikiy komil insonga xos hislatlarga ega ekanligini, hayoti va ijodiy faoliyati, yozgan asarlari bilan isbotlab, kelajak avlodlarga katta ma’naviy meros qoldirdi. SHarqda "SHayx ar - Rais" nomi bilan mashhur bo’lgan allomalardan biri o’rta asr buyuk mutafakkiri Abu Ali ibn Sinodir. Ibn Sino ham boshqa zamondosh Qomusiy olimlar qatori matematika, astronomiya, fizika, «kimyo, biologiya, tibbiyot, dorishunoslik, ruhshunoslik ,fiziologiya, falsafa, filologiya, ta’lim-tarbiya sohalarida ijod etgan va dunyoga mashhyp yirik asarlar meros qoldirgan olim. Abu Ali Ibn Sino 980 yilda Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog’ida kichik amaldor oilasida dunyoga keladi. Keyinroq uning oilasi Buxoroga ko’chib o’tgach, u boshlang’ich maktabda o’qiy boshlaydi. Undagi tug’ma qobiliyat, o’tkir zehn, kuchli xotira o’zaro birikib ketgan edi. Ibn Sinoning otasi Abdullox xamda uning do’stlari bilimdon kishilar bo’lib, ularning ilmiy munozara o’tadigan oilaviy muhim yosh Ibn Sinoga ham ta’sir etadi. Shu bilan birga uning bolalik va usmirlik yillari o’tgan Buxoro shaxri Somoniylar davrining yirik madaniy markazi hisoblanar edi. Buxoroda ko’plab Madrasa, kasalxona nodir kitoblar saqlanadigan kutubxona bo’lgan. Jahonning turli mamlakatlaridan kelgan olimlarning munozaralarida yosh Ibn Sino ham qatnashib, turli fanlarga bilimlarini chuqurlashtirib borgan. U ustozlaridan hind hisobi, fiqxdan bilim olgan. Keyin esa faylasuf Abu Abdullox Notiliydan falsafa mantik, xandasa va boshqa fanlardan ta’lim oladi. Shundan so’ng Ibn Sino o’zi mustaqil holda barcha fanlar bilan shug’ullana boshlaydi. U Ayniqsa tip ilmini chuqur egallab oladi, bu sohada unga ta’lim berishgan kishi buxorolik Abu Mansur Kamariy bo’ldi. Ibn Sino so’ngra falsafani o’rganishga kirishadi. Ayniqsa, Arestotel falsafasini, uning “Metafizika" asari mohiyatini buyuk mutafakkir Abu Nars Forobiyning yozgan sharxi tufayli to’liq o’zlashtirib oladi. X asr oxiri - XI asr boshlariga kelib, o’lkada siyosiy-ijtimoiy vaziyat murakkablashadi. SHu tufayli Ibn Sino Xorazmga - Urganchga ko’chib o’tadi. Xorazmda u bir qator olimlar bilan hamkorlikda Abu Rayxon Beruniy boshqarayotgan "Ma’mun akademiyasida" ilmiy ish bilan shug’ullana boshlaydi. Xorazmda o’zining yirik asari - "Tib qonunlari" , "Ash-SHifo kitoblari ustida ish olib boradi. Ma’lumki, Ibn Sino ham boshqa mutafakkirlar kabi o’zining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarini ijtimoiy-falsafiy qarashlari bilan bog’liq holda ifodalagan, maxsus risolalarda talkin etgan. SHuningdek, fanlarni tasnif etadi. Bunda u birinchi o’ringa tibbiyot fanlarini qo’yadi. Falsafani esa ikki guruhga , ya’ni nazariy va amaliy guruhlarga bo’ladi. Nazariy guruh kishilarni o’zidan tashqaridagi borlik holati haqidagi bilimlarni egallashga yo’llasa, amaliy qism bizga bu duneda nima qilishimiz kerakligini o’rgatadi deydi. U birinchi o’ringa etika, iqtisod, siyosatni kiritadi. Ikkinchi guruhga fizika, matematika, metafizika, dune qonuniyatlarini o’rganuvchi barcha fanlarni kiritadi. Abu Ali Ibn Sino kamolotga erishishning birinchi mezoni sanalgan ma’rifatni egallashga dav’at etadi. CHunki ilm-fan insonga xizmat qilib, tabiat qonuniyatlarini ochib avlodlarga yetkazishi kerak. Bu maqsadga yetishish uchun inson kiyinchiliklardan qo’rqmasligi zarur, deydi. "Ey birodarlar! “Odamlarning botiri mushkulotdan qo’rqmaydi. Kamolot hosil qilishdan bosh tortgan kishi odamlarning eng qo’rqog’idir". Talabaga bilim berish o’qituvchining mas’uliyatli burchidir. Shunga ko’ra Ibn Sino o’qituvchining qanday bo’lishi kerakligi haqida fikr yuritar ekan, shunday yo’l-yuriklar beradi. Bular quyidagilardan iborat: - bolalar bilan muomalada bosik, jiddiy bo’lish; - berilayotgan bilimning talabalar qanday o’zlashtirib olayotganiga e’tibor berishi. - ta’limda turli metod va shakllardan foydalanish; - talabaning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini bilishi; - fanga qiziqtira olishi; - berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bera olishi; - bilimlarni talabalarga tushunarli, uning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berishi; - Har bir so’zning bolalar hissiyotini uyg’otish darajasida bo’lishiga erishish zarur, deydi olim. Ibn Sinoning tarbiyaviy qarashlarida oila va oilaviy tarbiya masalalariga keng o’rin berilgan. CHunki inson avvalo oilada kamolotga yetadi. Olim oilada ota-onaning vazifasi va burchiga katta e’tibor beradi. Oila munosabatlariga to’xtalar ekan, ayniqsa ota-onalarning oilada mehnat sevarligi bilan farzandlarini ham kasb va xunarga o’rgatishi borasida muhim fikrlar bayon etadi. Insonning xulqi va ruhiga mehnatning ijobiy ta’sirini ta’kidlash bilan bir qatorda turli kasb egalari xunarmand, dexqonlar mehnatini ulug’laydi va qimorboz, sudxo’r kabilarni qoralaydi. U mehnatsiz hayot kechirish insonga ham ruhiy tomondan salbiy ta’sir etishini to’g’ri talqin etadi. Ibn Sinoning ta’lim-tarbiyaviy qarashlarida insonning ham aqliy, ham ahloqiy-estetik hamda jismoniy tomondan rivojlanishi uning kamolga yetishining asosiy mezoni sifatida talqin etiladi. Tarbiya tizimiga jismoniy tarbiyaning kiritilishi esa Ibn Sinoning tarbiya sohasidagi katta xizmatlaridan bo’lib hisoblanadi. Ibn Sino inson kamolotida aqliy, ahloqiy, jisomoniy tarbiyaning o’zaro aloqada amalga oshirishning ilmiy ta’limotini, usullarini yaratib, ta’lim-tarbiya sohasida o’z o’rniga ega bo’ldi. Olimning buyuk xizmatlaridan biri shundaki u insonning mehnati, qobiliyati, aql-zakovatini ulug’laydi, undagi qudratga ishonadi, inson tafakkurining tantana qilishi kerakligini tinmay targ’ib qildi. Ibn Sinoning inson kamolotida ta’lim-tarbiyaning ahamiyatiga oid qarashlarini ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarkibidagina emas, balki mustaqil risolalarida ahloqiy masalalarni chuqur ilmiy-amaliy jihatdan ifodalagan , ilm-fan sohasida tarbiyashunos olim sifatida ham tadkik etish, o’rganish navbatdagi vazifalardan hisoblanadi. Xalqimizning ta’lim - tarbiyaga oid qarashlari ulug` olim, mutafakkir Mahmud Qoshg`ariy (XI asr)ning "Devonu lug`atit turk" asarida keng bayon etilgan. Asar 1076-1077 yillarda yozilgan va yoshlarga nasihatlar tarzida tuzilgan she’riy parchalardan iboratdir. Devondagi qo`shiqlarda tabiat, ov va jang manzaralari, sevgi - muhabbat va ugit - nasihatlar uz ifodasini topgan. She’rlarda ilm olishning qadri, bilimli kishilarni hurmat qilish, mehmondo`stlik, xushxulqlik, mardlik va jasurlikni targ`ib qiluvchi, baxil, ochko`z, do`stga va xalqiga xiyonat kabi salbiy tomonlarni qoralaydigan she’rlar ko`p uchraydi. Pand - nasihatlarda asosiy o`rin ilm olishga undashga, uning foydasini targ`ib etishga qaratilgan. Ko`plab tarbiyaviy xarakterdagi maqollar ham berilgan. Download 3.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling