Samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi konfliktlar psixologiyasi


Download 1.83 Mb.
bet7/100
Sana07.02.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1174269
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   100
Bog'liq
KONFLIKTLAR PSIXOLOGIYASI

Noto’g’ri stereotip fikr. Aslida konflikt jarayonining o’zi emas, balki mazkur konfliktni ijobiy boshqara olmaslik insonlar orasidagi munosabat va aloqalarni buzadi. Har qanday yuzaga kelgan konflikt jarayonida inson o’zini tuta bilsa, oppozision tomonlar o’rtasida hurmat va o’zgalar fikrini anglashga urinish mavjud bo’lsa, tomonlar “dushman”lar sifatida emas, balki, ziddiyatlarni muhokama qilib, o’z manfaatlarini ifoda qiluvchi tomonlar sifatida o’zini tutsa, konflikt odamlar orasini buzmaydi, aslida ularning munosabatlarini mustahkamlaydi. Konflikt aslida ikki qarama-qarshi tomon uchun sinov jarayoni hisoblanadi. Hurmat, o’zgalarning manfaatlarini hurmat qilish, o’z manfaatlarini ham tushuntirishga intilish, o’zaro manfaatlar uyg’unligini topa bilish – konfliktlarning har doim odamlar orasini yangi munosabatlar asosida qurilishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Boshqalarga yaxshilish qilish va o’z manfaatlarini muhofaza qilishni birlikda ushlagan odam o’zini ham, boshqalarni ham konflikt vaziyatlardagi ijobiy munosabatlarini saqlab qolgan bo’ladi.

  1. Konfliktning eng yaxshi yechimi unga qo’l siltab, uni esdan chiqarishdir.

Noto’g’ri. Bu ham konfliktga nisbatan mavjud bo’lgan noto’g’ri qarashdir. Ba’zan konfliktlardan kochish mumkin, ba’zan konfliktning rivojlanib ketmasligiga yo’l kuymaslik zaruratdir, ammo konfliktlar o’z-o’zicha yo’qolib, yuq bo’lib ketmaydi. Qarama –qarshilik oldida mas’uliyatni xis etish, vaziyatni to’g’ri baholash, muloqot uchun tayyorlik konfliktlar yechimini hozirlashning ilk qadamlaridir. Faraz qiling, eng yaqin do’stingiz yoki dugonangiz, sizni o’z to’y kechasiga taklif etmadi. Siz qo’l siltab, do’stingizdan hafa bo’lib, uni turli ayblarda ayblab, bundan buyon do’stingiz bilan umuman gaplashmaslikka qaror qilishingiz mumkin. Yoki, do’stingizga qasdma-qasd ravishda, o’sha kechada qatnashgan barcha ishtirokchilar bilan, yoki o’sha kecha o’tgan bino oldida turganlar, yoki kechadan 5 km. uzoqlidagi odamlar bilan sira gaplashmayman, deyishingiz mumkin. Ammo bu qaror bilan siz konfliktni, ya’ni muammoni hal kila olmaysiz. Agar siz do’stingiz bilan ochiqchasiga, ammo uni ayblamasdan, “kechaga meni taklif etish esingdan chiqibdi, ammo men hafa bo’lmadim, chunki ishlaring juda ko’p edi”, qabilida ochiq va samimiy gaplashsangiz, va agar u haqiqatan sizga do’st bo’lsa, yugur-yugurlar bilan ovora bo’lib qolganini, aslida sizsiz kecha unga tatimasligi u ham ochiq bayon qiladi. Konfliktlar yechimini qidirishda mana shu samimiylik va ochiqlik juda qo’l keladi. Shu bois, konfliktda unga qo’l siltash emas, uni chuqur tahlil qilish, unga faol ijobiy munosabat bildira olish muhimdir.

  1. Hamma konfliktlar oxir-oqibat kuch ishlatish va zo’ravonlik bilan tugaydi.


Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling