Samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi konfliktlar psixologiyasi


Sizning fikringizcha xonadoningiz


Download 1.83 Mb.
bet100/100
Sana07.02.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1174269
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100
Bog'liq
KONFLIKTLAR PSIXOLOGIYASI

Sizning fikringizcha xonadoningiz:

  • osoyishtalik, rohat va tinchlik ramzi bo’lishi lozim;

  • oilangizning ta’minlanganligi va boyligini ko’rsatishi lozim;

  • oila boshlig’ining xarakterini ko’rsatib turishi lozim;

  • keraksiz narsalardan xoli bo’lishi lozim;

Qanday kiyimlar sizga ma’qul:

  • maksimal darajada kulay va ko’zga tashlanmaydigan;

  • yuqori sifatli va klassik;

  • yorqin rangli, ko’zga tashlanadigan va chiroyli;

  • boshqalarning kiyimini takrorlamaydigan, o’ziga xos;

Mustahkam nikoh kuyidagi tamoyillarga asoslanishi kerak:

  • hurmat va bir-birini quvvatlashga;

  • xissiyotlardan xoli bo’lgan shaxsiy manfaatga;

  • juda baland xis-tuyg’ularga;

  • hyech bo’lmaganda bir biriga layoqatga, u yog’i bir nima bo’lar;

Mazali ovqatlanish uchun:

  • o’z qo’llaring bilan biror bir mazali taomni tayyorlash;

  • restoranni to’g’ri tanlash;

  • yaxshi kampaniyani tanlash;

  • biror bir narchani yeb olsa ham bo’laveradi;

Yuqori martabali bo’lish, insonga kuyidagilarni taqdim etadi:

  • juda ko’p keti ko’rinmaydigan katta mehnat va asabiy holat;

  • hurmat va mavqye;

  • hokimiyat va mustaqillik;

  • bir to’da yangi ishlar va majburiyatlar;

O’zini baxtli va tinch, kulay his qilish uchun:

  • oilada tinchlik bo’lishi lozim;

  • tirikchilik uchun doimiy rizq kelib turishi kerak;

  • sevish va sevilish kerak;

  • o’z taqdirining xo’jayini bo’lish kerak.



Mediasiya, uning qoidalari va shart-sharoitlari
Vositachilik (mediasiya)
Ba’zi hollarda, barcha urinishlaringiz va sa’y-harakatlaringizga qaramasdan konflikt yechimini topishga o’zingizda kuch va ehtiyoj qolmagandek tuyuladi. Shunga qaramasdan, bu holatda albatta zo’ravonlikka erk berishi lozim, deb xulosa qilishingiz noto’g’ri bo’ladi. Sizni juda qiynab qo’ygan va o’zingizning kuchingiz yetmayotgan konfliktlar vujudga kelganda vositachilik yo’lidan borganingiz ma’kul. Vositachilikni, konfliktlar yechimi nazariyasida mediasiya deb atashadi.
Vositachilik – bu ko’ngillilik asosida mahfiy, ya’ni konfidisial tarzda uchinchi, neytral, ya’ni har ikkala tomoniga ham xolis bo’lgan tomon - ya’ni vositachi–dallolning bahs qilayotgan tomonlarga konflikt yechimini topishdagi yordami hisoblanadi. Mediator vositachining vazifasi – konflikt nimadan boshlangani, kim aybdor ekanligi, kim xaq kim nohaq ekanligini emas, balki muammoni kelishuvga olib keladigan yo’llarni o’rganib, ularni topishdir. Vositatachi bahslashuvchi tomonlarga birgalikda ikkala tomonni ham qanoatlantiruvchi hamda ikkala tomon ham o’zini g’alabaga erishgan deb hisoblaguvchi yagona to’g’ri yo’lni topishiga yordam berishdan iboratdir.
Vositachi bu vazifani har ikkala tomon bilan muntazam olib boriladigan muloqotlar orqali amalga oshiradi. Vositachi kelishuv jarayoning har ykkala tomon uchun ma’kul bo’lgan qonun-qoidalarini belgilab beradi, har ikkala tomonga konflikt kelib chiqishi va muammolari bo’yicha o’zining versiyasini so’zlab berishga imkon yaratadi, diqqat bilan har ikki tomon so’zlarini eshitadi, qiziqtirgan savollar beradi, kelishuv uchun asos qidirad hamda aqliy xujum orqali yechimga kelish imkoniyatini topadi. Vositachilik har qanday konfliktlar yechimini qidirish uchun qulay va foydali mexanizmdir. Vositachilik yuli bilan tarixda juda ko’p xalqaro, milliy, huquqiy, ekologik hamda shaxsiy konfliktlar o’z yechimini topgan.
Vositachilik jarayonining muhim shartlaridan biri vositachi shaxsidir. Masalan, xalqaro konfliktlarda, vositachi rolidagi tomon, har ikkala halqning fikri va o’ylari, uror-odatlari, stereotiplari va xatolari bilan yaxshi tanish bo’lish lozim. Vositachi eng avvalo har ikkala tomon ham to’liq ishonadiggan, uning xolis ekanligini anglaydigan odam bo’lishi shart.
Kelishuv jarayoni har doim vositachi uchun g’oliblik nishonasi emas. Masalan, Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Jimmi Karter kelishuv jarayonidan oldin kechgan ko’pdan-ko’p detallarga alohida to’xtalib o’tgan edi. Masalan: qachon va qayerda muzokaralar o’tkazish lozim; muhokamalar mahfiy bo’lishi kerakmi yoki ochiq tarzda o’tishi lozimmi, kim asosiy vositachi bo’lishi lozim, kimlar muhokamadan qatnashishi kerak, qanday masalalar yozma tarzda boyon etilishi lozim, qaysi yozma materiallarni saqlab qo’yish va qaysilaridan qutulish lozim, muzokaralar natijalari qayerda va kim tomonidan e’lon qilinish lozim va shu kabilar. Shu bilan birga har qanday konflikt yechimida muhokamaga qo’yilayotgan masalalar tartibi kelishib olinishi zarur.
Jarayonning murakkabigiga qaramay vositachilik mo’jizalar yaratadi. Vositachilik juda ko’p xalqaro konfliktlar yechimda qo’l kelgan.
Vositachilik Sizning o’quv muassasangiz uchun ham juda foydali bo’lishi mumkin. Dunyo bo’yicha minglab maktablarda mediasiya dasturlari mavjud. Agar Siz ham o’z maktabingizda ana shunday mediasiya dasturiga muhtoj bo’lsangiz o’zingiz uni amalga oshirishingiz mumkin.
Mediasiya- vositachilikning asosiy qoidalari.

  1. Konflikt yechimini qidirishga xohish iroda

  2. Faqat xaqiqatni so’zlash

  3. Gapni bo’lmasdan eshitish

  4. Birovning nuqtai nazariga hurmat e’tibor, hyech qachon uni yerga urmaslik

  5. Ikki tomonlama shartnomaning qarorlarini amalga oshirish uchun majburiyatni o’z zimmasiga olish.

Mediasiya (vositachilikning) besh asosiy ustunliklari
1. Kelishuv jarayonida Sizni hyech kim hafa qilishga, nafsoniyatingizga tegishga harakat qilmaydi. Vositachilik sizning havfsizligingiz va do’stona muzokaralar jarayonining garovidir.
2. Vositachilik mutlako mahfiy jarayon. Agar siz o’zingizni nomaqbul tutsangiz ham, sizning harakatlaringizdan qyech kim xabar topmaydi.

  1. Siz hakiqatdan ham u yo bu narsalarni o’rganishingiz mumkin. Muhokama jarayoni Sizga qarshi tomonning fikr-o’ylarini tushunishga, anglashga imkon yaratadi. Siz qarshi tomonni dushman taraf sifatida emas, balki inson sifatida qabul qila boshlaysiz.

  2. Vositachilik erkin faoliyatdir.

  3. Vositachilik albatta zaruriy ehtiyoj bo’lib, unda hyech kim nima qilish lozimligini aytmaydi. Chunki, siz va opponentingiz har bir qarorni o’zlaringiz ishlab chiqasiz va o’zingiz unga rozilik bildirasiz. Har bir yechim bu sizning va faqat sizning qaroringizdir.

1 Конфликтология, ёки конфликтлар ечими соҳаси янги ривожланиб келаётиган ва тараққий этаётган фан соҳаларидан ҳисобланади. Шу боис, конфликтология соҳасининг назарий асослари, унинг миллий хусусиятлари, ижтимоий ўзига хосликлари, конфликтларнинг жамият ҳаёти билан алоқадорлиги, шахслараро конфликтлар, конфликтларнинг ҳуқуқий аспектлари, меҳнат жамоасидаги конфликтлар масалалари кўпчилик тадқиқотчиларни қизиқтиради. Кўриниб турибдики, конфликтологиянинг ўз ички йўналишлари кўп. Конфликтологик кайфият ва хусусиятларни ўрганиш жамиятдаги инқирозларнинг келиб чиқиши ва ижтимоий тўқнашувларнинг олдини олишга кўмак беради. Аммо бу соҳадаги тадқиқотлар унгачалик кўп бўлмай, мазкур китобни ёзишда биз конфликтология асослари бўйича инглиз ва рус тилларидаги баъзи маълум манбаларга таяндик. Инглиз тилида қаранг: Handling Conflicts. Conflicts: a positive approach. Particirant’s manual. Grace Contrino Abrams Peace Education Foundation. Inc., Miami, Florida, 1997; WIN WIN. Based on the Fighting Fair model created by Fran Schmidt and Alice Friedman. Grace Contrino Abrams Peace Education Foundation. Inc., Miami, Florida, 1998; Fran Schmidt/ Alice Friedman. Fighting Fair. For families. Grace Contrino Abrams Peace Education Foundation. Inc., Miami, Florida,1994. Рус тилида қаранг: Степанов Е.И. Современная конфликтология: Общие подходы к моделированию, мониторингу и менеджменту социальных конфликтов: Учебное пособие. — М.: Издательство ЛКИ, 2008. — 176 с. ; Степанов Е.И., Баныкина С.В. Конфликты в современной школе. Изучение и управление./ Серия "Социальные конфликты: экспертиза, прогнозирование, технологии разрешения. - М.: КомКнига, 2006.; Самарин А.Н., Степанов Е.И., Шаленко В.Н. Духовные проблемы нашего времени/ Социальные конфликты в контексте глобализации и регионализации. М.: URSS, 2005.; Шаленко В.Н. Социальные конфликты / Под ред. Добренькова В.И., Кравченко А.И. / Фундаментальная социология: в 15 томах, т.VI: Социальные деформации. Гл. 4, раздел 1. - М.: Инфра-М, 2005.; Самарин А.Н. Конфликты в духовной сфере современного общества: состояние и проблемы урегулирования // Конфликтология. Теория и практика. 2004. №4.; Социальные конфликты: экспертиза, прогнозирование, технологии разрешения. Выпуск 6. Конфликты в политике и экономике: мониторинг и менеджмент. / Серия "Социальные конфликты: экспертиза, прогнозирование, технологии разрешения" // Под ред Е.И. Степанова. - М. : ИСРАН, 1994. - 128 с.; Шейнов В. Конфликты в нашей жизни. Возникновение, развитие и разрешение конфликтов. Два аспекта проблемы. – М.: 2001; Анцупов А.Я. Основы конфликтологии. –М.: 1998; Кудрявцев В.Н. Юридическая конфликтология. Центр конфликтологических исследований. –М.: 1995; Ўзбек тилида қаранг: Тўйчиева Г.У., Асадова Э. Ёшлар ва конфликтлар ечими. Мануал. –Т.: 2003. АҚШнинг бир неча университетлари қошида конфликт ечимларини ўрганишга йўналтирилган илмий-амалий тадқиқот марказлари фаолият олиб боради. Майамида ташкил этилган “Тинчлик таълими тадқиқотлари маркази” ана шундай ташкилотлардан ҳисобланади. Россия Фанлар Академияси Социология институти қошида ҳам Конфликтологик тадқиқотлар маркази иш олиб боради.



1 Қаранг:Гутоюров В.А. Античная социальная утопия. Вопросы истории и теории.Л., 1989.

1 Қаранг:Кант И. Сочинения в 6 т. М., 1996. т.6. С.266.

1Қаранг: Работа с конфликтом: навыки и стратегия действия. Лондон, Конфликтологический центр, 2001. С.23.

1Қаранг: Работа с конфликтом: навыки и стратегия действия. Лондон, Конфликтологический центр, 2001. С.23.



1Қаранг: Социологический словарь. Минск, 1991. С.80.

2 Қаранг:Запрудский Ю.Г. Социальный конфликт. Ростов, 1992. С.54.



3Қаранг: Работа с конфликтом: навыки и стратегия действия. Лондон, Конфликтологический центр, 2001. С.23.

4Социальные конфликты: Экспертиза, прогнозирование,технология разрешения. Вып.1. М.,1991. С.27

1Қаранг: Работа с конфликтом: навыки и стратегия действия. Лондон, Конфликтологический центр, 2001 .С.36.

1Қаранг: Работа с конфликтом: навыки и стратегия действия. Лондон, Конфликтологический центр, 2001. С.40.

1Қаранг: Работа с конфликтом: навыки и стратегия действия. Лондон, Конфликтологический центр, 2001. С.24.

2 “Ғолиб-ғолиб” вазиятини таҳлил қилишда куйидаги манбадан фойдаланилди: WIN WIN. Based on the Fighting Fair model created by Fran Schmidt and Alice Friedman. Grace Contrino Abrams Peace Education Foundation. Inc., Miami, Florida, 1998;

3 Тафаккур гулшани. –Т.: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1989, - Б. 39

4 Тафаккур гулшани. –Т.: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1989, - Б. 39



5 Конфликтларни бошқариш усуллари ҳамда расмлар куйидаги китоблар асосида талқин қилинди. Қаранг: Handling Conflicts. Conflicts: a positive approach. Particirant’s manual. Grace Contrino Abrams Peace Education Foundation. Inc., Miami, Florida, 1997; WIN WIN. Based on the Fighting Fair model created by Fran Schmidt and Alice Friedman. Grace Contrino Abrams Peace Education Foundation. Inc., Miami, Florida, 1998.



6 Handling Conflicts. Conflicts: a positive approach. Particirant’s manual. Grace Contrino Abrams Peace Education Foundation. Inc., Miami, Florida, 1997; WIN WIN. Based on the Fighting Fair model created by Fran Schmidt and Alice Friedman. Grace Contrino Abrams Peace Education Foundation. Inc., Miami, Florida, 1998; Fran Schmidt/ Alice Friedman. Fighting Fair. For families. Grace Contrino Abrams Peace Education Foundation. Inc., Miami, Florida,1994.



7 Каримов И.А. Биз ўз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. –Т.: Ўзбекистон, 1999, 7-том, -Б.252-253

8 Иномова М.О. Оилада болаларнинг маънавий-ахлоқий тарбияси. –Т.: ТДПУ, 1999; Мусурмонова О. Оила маънавияти – миллий ғурур. –Т.: Ўқитувчи, 2000; Мусурмонова О., Баубекова З. Ўқувчиларнинг маънавий маданиятларини шакллантириш. –Т.: Фан, 1993; Сафаров О., Махмудова М. Оила маънавияти.-Т.: Маънавият, 1998; С.Очил. Мустақиллик маънавияти ва тарбия асослари. –Т.: Ўқитувчи, 1997; Шайхова Х., Назаров К. Умуминсоний қадриятлар ва маънавий камолот. –Т.: Ўзбекистон, 1992; Юсупов Э. Инсон камоллигининг маънавий асослари. – Т.: Университет, 1998; Нишанова С. Маънавият дарслари. –Т.: Ўқитувчи, 1994; Холматова М. Оилавий муносабатлар маданияти ва соғлом авлод тарбияси. –Т.: Ўзбекистон, 2000; Холматова М., Муравьева Н. Ёшлар оилавий ҳаёт бўсағасида.-Т.: Ўзбекистон, 2000; Тўраева О. Ҳаёт сабоқлари.-Т.: Ўзбекистон, 2005; Тўраева О. Оилавий ҳаёт этикаси ва психологияси. –Т.: Ўқитувчи. 1990; Қурбонов Т. Одобнома. –Т.: Ўқитувчи, 1990; Фитрат. Оила. –Т.: Маънавият. 1998.





Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling