Samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi konfliktlar psixologiyasi


Download 1.83 Mb.
bet96/100
Sana07.02.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1174269
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100
Bog'liq
KONFLIKTLAR PSIXOLOGIYASI

Nohaq ko’ngil og’rishi
Oilaviy turmush doim ham bir tekis, tinch va ravon davom etavermaydi. Ba’zan yillab inson qalbiga azob bergan voqyea va hodisalar alami sizning baxtingizga rahna soladi. Agar siz hadeb ularga quloq solaversangiz va o’z yaqinlaringiz xissiyotlariga salbiy ta’sir o’tkazaversangiz, haqiqatan ham ular, ya’ni sizning ko’nglingizdagi nohaq ko’ngil og’rishlari boshqalarni ham charchatib qo’yishi mumkin.
Masalan, oilaviy turmushda 10-15 yil umr kechirgan har qanday ayoldan “Hayoting qanday? Ering yaxshimi?” deb so’rasangiz, anchagina dardlarini yuzaga chiqarib, 1-2 soatga yaqin so’zlashuv uchun mavzu topa oladi. Nima uchun shunday? Gap shundaki, biz o’zbeklar qizlarni har tomonlama oilaviy hayot va oilaviy munosabatlarga juda qattiq tayyorlaymiz-u, ammo yigitlarimizni maxsus tayyorlamaymiz. Yigitlar ayollar bilan qanday muomala qilish madaniyatini bilmasliklari ayon. Yigitlar o’z xotinlari ustidan ustun kelsalar, bo’ldi. Ular uchun mana shu ustunlik muhim. Mana shu ustunlik nima hisobiga erishilmoqda, bu – muhim emas. Balki mana shu oiladagi erkak ustunligi –ayolni xo’rlash, uni zo’rliash, unga zo’ravonlik o’tkazish, ayod qadrini poymol etish hisobiga erishilmoqdadir. Ko’pchilik erkaklar ustun bo’lsam, bo’ldi, demak men yaxshi erkakman, deb o’ylashadi. Ammo bu – aldamchi holat. Ayol kishi xotiningiz bo’lib, sizni er sifatida haqiqatan ham ko’nglida ustun qo’yayotgan bo’lsaginasiz uning oldida ustunlikka ega bo’lasiz.
Yigitlarimizning ko’pchiligi asr boshida qanday qo’rs, o’zboshimcha, o’z erkini tanigan-u, boshqalar erkini tan olmaydigan bo’lsa, hozir ham shundayligicha tafakkurlari zamonaviy hayotdan orqada qolgan tarzda yashamoqdalar. Ko’pchilik yigitlar “Men oilani tirikchiligini ta’minlayotibman-mi, demak, men xo’jayinman. Xotin menga bo’ysunishi lozim”, deb o’ylaydi.
Ayol kishining ham inson sifatida o’z qarashlari, fikrlari, xulosalariga ega bo’lishi tabiiy bo’lib, undan batamom o’ziga bo’ysunishni talab etish nohaqlikdir. Bu borada islom arkonlarida ham maxsus o’rinlar e’tirof etilgan. Payg’ambar (s.a.v.) oldiga bir ayol kelib, o’z eri ustidan shikoyat qila boshlaydi. Payg’ambar uning so’zlarini eshitish uchun sabr qilmaydilar va uni haydab chiqarishni buyuradilar. Ammo mana shu vaqt, arshi a’lodan tovush eshitiladi. “Mening oldimga o’z dardu xasratini aytib, murojaat etishga, sendan tashqari har bir ayolning ham haqqi bor. Uning gaplarini eshit”, deyiladi. Ya’ni, ayol o’z kuyinchakligi, emosional xislarga to’lganligi, doimiy yumush ishlari bilan shug’ullanganligi sababli xonadon muammolarini yaxshi bilganligi bois, uning so’zlari va xissiyotlariga quloq tutish zarur qilib belgilanadi.
Ammo ko’pchilik erkaklar “Mening xotinim menga insoniy munosabatda bo’lishi lozim. Buning uchun men uni suyushim, himoyalashim, uni xo’rlamasligim kerak”, deb o’ylab ham ko’rmaydi. Yigit kishining insoniy qadriyatlari bilim, ko’p kitob o’qish, tafakkurli bo’lish asosida shakllanadi. Tafakkurli bo’lish adolatparvarlikni hayot mezoniga aylantirishga xizmat qiladi. Faqat “Men xo’jayinman” degan aqidani ushlab olib, xo’jayin bo’lib bo’lmaydi. “Xo’jayinlik” mas’uliyat degani bo’ladi. Mas’uliyat esa har bir insonga adolat bilan munosabat bildirishni talab etadi. Mas’uliyat esa, oila ravnaqini ta’minlashga qaratilgan doimiy sayi-harakatlarning uzluksiz davomiyligidan iborat bo’lgan oliy maqsad degani.
Demak, yigit kishi o’z oila a’zolariga adolatparvarlik bilan munosabatda bo’lgandagina, u ulg’aygan va o’zini tanigan inson sifatida hurmat va e’tiborga loyiq bo’ladi. Demak, yigit kishi oila ravnaqini moddiy va ma’naviy jihatdan ta’minlayotgan bo’lsa, unda o’z mas’uliyatini xis qilish o’zining yorqin ifodasini topadi. Ayol ko’nglini ham, erkak ko’nglini ham ataylab, maxsus ravishda og’ritib bo’lmaydi. Ko’ngil nozik narsa, uni asrab-avaylash lozim. Ayollar, yoki erkaklar ko’nglini bilmay og’ritib qo’yilganda, ulardan kechirim so’rash, ulardan uzr so’rash, kuchsizlik emas, balki mardlik va chin insoniylik belgisi hisoblanadi.

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling