Samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi konfliktlar psixologiyasi


Download 1.83 Mb.
bet2/100
Sana07.02.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1174269
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
Bog'liq
KONFLIKTLAR PSIXOLOGIYASI

Otaning fikru o’ylari: Otaning fikriga ko’ra, “tungi klub”larda o’g’liga ta’sir etishi mumkin bo’lgan alkogol ichimliklar, narkotik moddalar va boshqa tahdidlardan ota o’z farzandini asrab qolmoqchi. Ota o’z o’g’lini muhofaza qilmoqda va unga nisbatan otalik burchini bajarmoqda. O’g’li kattaroq bo’lganda, o’z ishlariga haqiqatan javobgar bo’la olish qoliliyatiga ega bo’lganda, unda boshqa gap, o’g’lining o’zi borish va bormaslikni hal etaveradi. Ammo hozir, Otabek ancha kichik, hali o’z amallariga javob bera olmaydi. O’znini himoya qila olmaydi. Uning atrofidagi o’rtoqlari ham yosh. Ularga umuman ishonib bo’ladimi?! O’g’liga kor-xol bo’lsa, kim javob beradi?! Otabek tungi klubda chekish, ichishga o’rganadi. Bu zararli odatlarning inson organizmiga tahdidini hali to’la anglab yetmaydi. Boshqalar ham ichadi, chekadi-ku, deb o’ylaydi. Yoshlarda umuman jiddiylik yo’q. Hayotga yengil qarashadi. Shuning uchun Otabekka umuman turli kechalarda borishni ta’qiqlab qo’yish darkor.
Otabekning fikru o’ylari: Dadam hyech qachon meni tushunmagan. Har doim menga qarshi chiqadilar. Umuman hayotdan orqada qolganlar. Uydan tashqaridagi narsalarni umuman bilmaydilar. Faqat uy-uy. Uyda menga pishirib qo’yibdimi?! Men axir o’g’il bolaman-ku! Erkak kishi ko’chaning odami-ku?! Hozirdan o’rganmasam, qachon o’rganaman. Kattaroq bo’lay, o’z bilganimni qilaman. Qani biror so’z desinlarchi?! Nima, “tungi klubga” barayotgan bir menmi?! Hamma boradi-ku?! Hyech kimga balo ham urayotgani yo’q-ku?! Borsam, nima men bilan biror narsa bo’larmidi?! Ertaga hamma meni izza qiladi. Ustimdan kuladi. Ertaga men qanday qilib maktabga boraman… Ey, bunday yashagandan, yashamagan ma’qul. Men – ota-onaning quliman. Umuman huquqim yo’q! Boshqalar erkin yashaydi, meni esa doim nazorat qilishgani qilishgan?!
Ziddiyatni yuzaga keltiruvchi ikkinchi vaziyat:
Gulmira hovlilarining oldidagi ko’chaga suv sepayotgandi. Yozda har kuni suv sepilib, supirib, tozalanmasa, onasi uni urishadi. Milliy odat shunaqa, deyishadi. Shu vaqtda uning kursdoshi Aziz velosipedda ketayotgan ekan. Aziz to’xtadi, ular ozgina gaplashib qolishdi. Gulmiraning suv sepishi lozimligi esidan chiqdi. Institutda bo’lgan voqyealarni eslab, ancha kulishishdi. Shunda Gulmiraning dadasi ishdan kelib qoldi. Dadasi Gulmiraning salomiga alik olmay uyda kirib ketdi. Aziz ham salom berdi-da, tezda yo’lga tushdi. Bir pastda Gulmiraning onasi ko’chaga chiqib, Gulmirani baland ovoz bilan urishib ketdi. Gulmira, nima ayb qilganini hyech tushina olmas edi. Onasi uni yomon urishdi. Juda qattiq gaplarni aytdi. Gulmira uyga kirib rosa yig’ladi.

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling