Samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi konfliktlar psixologiyasi


Konfliktning yaratuvganlik imkoniyati


Download 1.83 Mb.
bet5/100
Sana07.02.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1174269
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
Bog'liq
KONFLIKTLAR PSIXOLOGIYASI

Konfliktning yaratuvganlik imkoniyati:
Konflikt, kuyidagi hollarda ijobiy imkoniyatga ega:

  • yashirin imkoniyatlar va muammoning yangi qirralarining ochilishiga sabab bo’ladi;

  • muammo yechimining yangi yo’l-yo’riqlari, imkoniyatlari va usullarini kashf etadi;

  • ishonch, samimiylik, hamkorlik va haqiqatni tan olishga qaratilgan yangi munosabatlar qurilishiga sabab bo’ladi;

  • odamlarni umumiy g’oyalar asosida birlashtiradi;

  • samimiy va ochiq, iliq muloqot uchun imkon yaratadi va shunday munosabatlarga insonlarni o’rgatadi;

  • o’z fikr va o’ylaringizga aniqlik kiritishga va o’z pozisiyasini qayta ko’rib chiqishga majbur qiladi.

Konfliktning vayron qilish imkoniyati:
Konflikt kuyidagi hollarda vayron etish imkoniyatiga ega bo’ladi:

  • konflikt yechimi topilmasa va uni boshqarish imkoniyati boy berilsa;

  • g’azab, jahl, dilsiyohlik, hafagarchilik, nafrat va qasos xislarining kelib chiqishiga sabab bo’lganda;

  • juda qattiq stressga olib kelganda;

  • odamlar o’rtasida uzoq muddatli nizo va ixtilof vujudga keltirganda;

  • pashshadan fil yasab, kichkina muammoni katta mojaroga aylantirganda;

  • zo’ravonlik va urushga sabab bo’lganda.

Afsuski, hayotda ko’pchilik hollarda konflikt zo’ravonlik bilan tugaydi. Chunki ko’pchilik konfliktlarning asl mazmuni va mohiyati bo’yicha maxsus bilimlarga ega emas.
Konfliktlar bo’yicha odamlar orasida turli stereotiplar mavjud. Bu holatlar konfliktlarning asl mazmuni va mohiyatini, inson hayotida tutgan o’rnini to’g’ri baholamaslik va bilmaslik oqibatida ro’y beradi. Ana shunday stereotiplardan, ongimizga o’rnashib qolgan noto’g’ri tushunchalardan ba’zilarini ko’rib chiqadigan bo’lsak, konfliktlar mazmunini yanada oydinroq tasavvur etgan bo’lamiz.


Stereotiplar, ongimizga o’rnashib qolgan ba’zi noto’g’ri tushunchalar:

  1. Konflikt abadiydir, u har doim mavjud. Konfliktni, agar u paydo bo’lsa, yo’qotib bo’lmaydi hamda konfliktni o’zgartirib ham bo’lmaydi.




Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling