Asosiy nazariy qism (ma`ruza mashg’ulotlari)
1-mavzu. Ijtimoiy siyosat mazmun mohiyati va shakllanish tarixi
Ijtimoiy siyosat-ijtimoiy nazariya va amaliyot sifatida, uning ko’rinishlari. Ijtimoiy mehnat faoliyati-ijtimoiy siyosat asosi sifatida, uning tarkibiy qismlari va elementlari. Ijtimoiy siyosat va iqtisodning o’zaro aloqadorligi va o’zaro bog’liqligi. Ijtimoiy siyosat, uning mazmuni (ob`ektlari va maqsadlari). funktsiyalari, asosiy vazifalari. Ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning asosiy sohalari. Jamiyatning ijtimoiy tarkibi. Ijtimoiy siyosat mazmun mohiyati, maqsadlari, nazariyasi. Qadimgi dunyoning ijtimoiy siyosiy fikri. O’rta asrlar va yyg’onish davridagi ijtimoiy siyosiy g’oyalar. YAngi va eng yangi zamondagi ijtimoiy siyosiy ta`limotlar.
2-mavzu. Ijtimoiy siyosat predmeti, ob`ekti va sub`ektlari
Iqtisodiy tizim transformatsiyasi va uning ijtimoiy muammolarni hal qilish usullari va yo’llarini tanlashga ta`siri. Ijtimoiy soxani rivojlantirish zaruriyati. Bozor iqtisodiyotiga o’tishda ta`lim tizimini tartibga solish. Ijtimoiy siyosatning fan sifatida predmeti borasidagi bahslar. O’tish davrida sog’liqni saqlash tizimi. Ijtimoiy siyosat ob`ekti va sub`ekti. Mintakada uy–joy va kommunal xo’jaligi rivojlanishini tartibga solish. Ijtimoiy siyosatni amalga oshirish darajalari. Davlat ijtimoiy siyosat va uning hozirgi bosqichda o’ziga xosligi. Ijtimoiy huquq, uning asosiy funktsiyalari. Davlat va davlatchilikning ijtimoiy siyosatni amalga oshirishdagi roli. Davlatning ijtimoiy siyosat sohasidagi konstitutsion burchlari. Davlatlarning ijtimoiy rivojlanish sohasidagi xalqaro majburiyatlari. O’zbekistondagi ijtimoiy siyosatning o’ziga xosligi.
3-mavzu. Ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning jahon tajribasi
Xorijiy davlatlarda aholini ijtimoiy himoya qilish. Skandinaviya mamlakatlarida (Finlyandiya, SHvetsiya) qo’llanilayotgan sotsial-demokratik model. Neoliberal model (AQSH). Tadbirkor va kasaba uyushmalarining vazifalari. Neokonservativ model (Germaniya). Ijtimoiy himoya davlat kafilligida, xususiy tadbirkorlar va davlat federal byudjeti.
Rivojlangan mamlakatlarda ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning umumiy shartlari, modellari. Evropa Hamjamiyati mamlakatlarida ijtimoiy dasturlar xarajatlarining tarkibi, manbalari ijtimoiy islohatlarning o’ziga xosligi. YAponiyada ijtimoiy siyosatning shakllanishi va amalga oshirilishi. YAponiya davlatining iqtisodni va ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tartibga solishdagi o’rni. YAponiya ijtimoiy munosabatlari tizimi negzini tashkil qiluvchi besh element. SHved modeli. Aqsh modeli. Rossiya modeli.
Do'stlaringiz bilan baham: |