Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi
Download 1.46 Mb.
|
b16852ab7bc44cbe3c7d2ea3369f03e1 УМК ижтимоий сиёсатдан мажмуа1 (1)
Давлат ҳокимияти
Суд ҳокимияти Ижро этувчи ҳокимият
Конституциявий суд, Олий Хўжалик суди, судлар Ўзбекистон Республикаси Президенти, Вазирлар Маҳкамаси, вазирликлар, давлат қўмиталари, ҳокимликлар “Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati — davlatning uchta asosiy tayanchidir”. I.A. Karimov 4-chizma. Davlat hokimiyatining bo’linishi tamoyillari Mustaqillikning dastlabki kunlarida mavjud qonun chiqaruvchi hokimiyat organi Oliy Kengash hisoblanib, 1990 - 1994 yillarda faoliyat yuritib, 200 ga yaqin qonun va 500 dan ortiq qarorlar qabul qilindi. 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Konstitutsiyasiga muvofiq, respublika parlamenti Oliy Majlis deb atala boshlandi. Bu haqda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 76-moddasida shunday deb belgilanadi: “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo’lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi”. Mana shunga ko’ra, 1993 yil 28 dekabrda “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to’g`risida” Qonunlar qabul qilindi. Oliy Majlis hududiy saylov okruglari bo’yicha ko’ppartiyaviylik asosida 5 yil muddatga saylanadigan 250 nafar deputatdan iborat bo’lishi belgilandi. Birinchi bor Oliy Majlisga saylov 1994 yil 25 dekabrda demokratik, ko’ppartiyaviylik va muqobillik asosida o’tkazildi. Oliy Majlis 1994-1995 yillarda ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik davlat qurishdan iborat yo`lni huquqiy tanlashga qaratilgan 10 ta kodeks, 2 ta milliy dastur, 145 ta qonun, 452 ta qaror qabul qilindi. SHu bilan birga, 70 ta xalqaro shartnoma ratifikatsiya qilinib, xalqaro konvensiyalarga qo’shilish to’g`risida 58 ta qaror qabul qilindi. Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga 1999 yil dekabr oyida saylovlar bo’lib o’tdi. Saylovlarda 7 ta subekt, ya`ni 5 ta siyosiy partiya, hokimiyat vakillik organlari va saylovchilarning tashabbuskor guruhlaridan 1010 nafar nomzod qatnashib, saylangan deputatlar soni quyidagi ko’rsatkichlarni tashkil etdi: XDP — 48 nafar; “Fidokorlar” MDP — 34 nafar; “Vatan taraqqiyoti” — 20 nafar; “Adolat” SDP — 11 nafar; “Milliy tiklanish” DP — 10 nafar; Hokimiyat vakillik organlaridan — 111 nafar; Saylovchilar tashabbus guruhlaridan — 16 nafar. Jami: 250 nafar. O’zbekiston Respublikasi bir palatali parlamentining 2000-2004 yillarda bo’lib o’tgan 16 sessiyasida 101 ta qonun, 300 dan ortiq qaror qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasining 329 ta qonun hujjatiga 1357ta o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi. Oliy Majlis 1995-2004 yillarda o’z faoliyatini quyidagi yo`nalishlarda amalga oshirdi: O’zbekistonda o’tkazilayotgan islohotlarning huquqiy bazasini mustahkamlovchi qonunlar yaratish. Qabul qilingan qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish. Parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash. SHaxsning Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini himoya qilish. Amaldagi qonun hujjatlari monitoringini xalqaro huquq normalari asosida amalga oshirish. Joylardagi hokimiyat vakillik organlariga amaliy yordam ko’rsatish. Demak, Oliy Majlis bir palatali parlament sifatida xalq fikrini e`tiborga olib, oshkoralik tamoyili asosida faoliyat yuritdi. Bu esa milliy parlamentarizm rivojlanishi tarixida munosib o’rin egalladi. 2000 yil 25 mayda II chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 7 - sessiyasida ikki palatali parlament tuzish masalasi muhokama qilindi. 2002 yil 27 yanvarda “Siz kelgusi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi parlamentini ikki palatali qilib saylanishiga rozimisiz?” masalasida referendum o’tkazildi. Referendum qatnashchilarining 93,6%i rozi ekanliklarini bildirib ovoz berdilar. 2002 yil 4-5 aprelda bo’lib o’tgan Oliy Majlisning 8-sessiyasida “Referendum yakunlari va davlat hokimiyati tashkil etishning asosiy prinsiplari to’g`risida” gi Qonun qabul qilindi. Bunga muvofiq, respublika parlamentining nomi Oliy Majlis deyilib, u ikki palatali –quyi va yuqori palatalardan iborat bo’lishi belgilab qo’yildi. Quyi palata – Qonunchilik palatasi, yuqori palata – Senat deb nomlanib, ularning vakolat muddati 5 yil deb belgilandi. 2002 yil dekabr oyida bo’lib o’tgan II chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 10-sessiyasida “O’zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi to’g`risida”, “O’zbekiston Respublikasi Senati to’g`risida” konstitutsiyaviy qarorlar qabul qilindi. Qonunchilik palatasi 120 nafar deputatdan, Senat esa 100 nafar senatordan iborat etib shakllantiriladi. 2003 yil 29 avgustda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to’g`rsida”gi Qonunga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilib, mazkur qonun yangi tahrirda qabul qilindi. 2004 yil dekabr - 2005 yil yanvar oylarida mamlakatimizda ilk bor ikki palatali parlamentga saylovlar o’tkazildi. Qonunchilik palatasiga 120 nafar deputat saylandi. Senatga respublikaning har bir viloyati, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent shahri deputatlar kengashlaridan 6 nafardan, jami 84 nafar senator saylandi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasiga asosan 16 nafar senator O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlandi. Ikki palatali parlament tashkil etilishi natijasida Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati o’rtasida vakolatlar demokratik asosda qayta taqsimlandi. Parlamentning jamiyat hayotidagi roli yanada oshdi. Davlat hokimiyatining eng demokratik tizimi — qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyatlarining tashkil etilishi va yanada liberallashtirishni davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy va samarali tizimi bo’lgan prezidentlik respublika boshqaruv usulining yaratilishida puxta zamin vazifasini bajardi. O’zbekistonda boshqaruv tizimi tubdan isloh qilindi. Milliy davlatchilik an`analarini o’zida ifoda etgan ijroiy hokimiyat — Oliy Majlis tuzildi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibida O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning o’rinbosarlari, vazirlar, davlat qo’mitalari raislari va Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo’qorg`i kengesi raisi kiradi. Vazirlar Mahkamasining tarkibi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Prezident tavsiyasiga binoan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining a`zolari Bosh vazir tavsiyasiga binoan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma`naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, Oliy Majlis Qarorlari, Prezident Farmonlari, Qarorlari va Farmoyishlari ijrosini ta`minlaydi. Vazirlar Mahkamasi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan qaror va farmoyishlar chiqaradi. O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi. Prezident topshirig`iga binoan xalqaro munosabatlarda O’zbekiston Respublikasi nomidan ish ko’radi. Huquqiy demokratik davlat barpo etilishining asosiy shartlaridan yana biri sud hokimiyati hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va 1993 yil 2 sentabrda qabul qilingan “Sudlar to’g`risida”gi Qonun asosida sud islohotlari o’tkaziladi. Sudlarning mustaqilligi qonunlashtirildi, ularning odil sudlovni amalga oshirish faoliyatiga aralashishiga yo`l qo’yilmaydi. YAngi isloh qilingan “Sudlar to’g`risida”gi Qonunga muvofiq ayblanuvchining himoyalanish huquqi, advokatura tizimining mustaqilligi ta`minlanib, mazkur hokimiyat qonunning ustunligini, barcha fuqarolarning qonun oldida teng ekanligini ta`minlaydi. YAngi isloh qilingan “Sudlar to’g`risida”gi Qonunga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi sud hokimiyati tizimi quyidagicha belgilanadi: Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling