Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Download 1.46 Mb.
bet48/89
Sana08.05.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1444140
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   89
Bog'liq
b16852ab7bc44cbe3c7d2ea3369f03e1 УМК ижтимоий сиёсатдан мажмуа1 (1)

3. Deviant xulq-atvor tushunchasi
Deviant so’zi - lotincha “deviatio” so’zidan olingan bo’lib, chekinish, buzilish degan ma`noni anglatadi. Deviant xulq-atvor - mavjud jamiyatda o’rnatilgan axloq me`yorlariga mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki xatti-harakat , ijtimoiy xodisadir.
Ma`lumki, zamonaviy G’arb sotsiologiyasida deviant xulq-atvorga turlicha qarashlar mavjud. Deviant xulq-atvorning eng ko’p tarqalgan va jamiyatda yaqqol namoyon bo’lish turi jinoyatchilik bo’lib, ijtimoiy me`yorning buzilishi sifatida ushbu xodisa fanda juda qadimdan o’rganilgan.
XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib. pozitivistik maktab shakllanishi bilan., jinoyatchilikni ham sababiylikda o’rganuvchi ta`limotlar paydo bo’la boshladi. Jumladan, italiyalik psixiatr CH. Lombrozo Italiya qamoqxonalaridagi 14 ming maxbus ustida tekshirish olib borib, “jinoyatchilar tug’ma bo’lishadi” degan xulosaga kelishadi. Uning shogirdi e.Ferri jinoyatchilik sotsiologiyasi asarida ushbu omilga qo’shimcha ravishda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy omillarni ham ko’rsatadi. Keyinchalik ushbu ta`limotlar turli tanqidlarga uchragan bo’lsada, hozirgi kungacha ham G’arb sotsiologiyasining ba`zi namoyondalari ushbu ta`limotning u yoki bu yo’nalishlarini rivojlantirib kelishmoqda. Ularning ta`limotlariga ko’ra ichki sekretsiya bezlari, aqliy rivojlanganlik darajasi, xromosomalarning tuzilishi va irsiy sabablar jinoyatchilik va shu kabilarni tug’ma yoki biologik omillarni shakllanishiga ta`sir qiladi
Ushbu ta`limotlarga qarama-qarshi o’laroq, sotsiologiyada ijtimoiy me`yor buzish jarayonlarini to’la ijtimoiylikda tushuntiruvchi dastlabki ta`limot e.Dyurkgeymning anomiya g’oyasi edi. Bunga ko’ra eski me`yorlar va qadriyatlar mavjud munosabatlarga mos kelmay qolishi va yangiliklarining o’rnatilmaganligi natijasida individlar xulq-atvorini tartibga soluvchi qat`iy axloqning mavjud emasligi tushuniladi.
R.Feris, Tiriak’yan, T.SHibutani va boshqalarning fikricha, deviant xulq-atvor sotsial buzilishilar natijasidir. Ijtimoiy ziddiyatlar ta`limotiga ko’ra, sotsial tizimda begona madaniyatga asoslangan madaniy xulq-atvor namunalari me`yor buzuvchi xulq-atvordir.
Amerika sotsiologiyasida e.Saterlendning differentsial, katta o’rin tutuvchi ta`limotlardan biri aloqalar ta`limotidir. Bunga ko’ra, har qanday xulq-atvorga, shu jumladan me`yor buzuvchi xulq-atvorga ham u ham o’rganiladi, ya`ni mavjud jamiyat a`zolari tomonidan mazkur xulq-atvor me`yorlari boshqalarga o’rgatiladi.
Fenomenologik sotsiologiya namoyondalarining e`tirof etishlaricha, sotsiologik taxlil “ yorliq yopishtirishga” asoslanishi kerak. Ularning fikricha, me`yor buzish sotsial baho va sanktsiya qo’llash natijasidir.
Interaktsionizm nazariyasiga ko’ra, (vakillari Bekker G, D.Kitsus, K.Erikson va boshqalar) xodisani salbiy va ijtimoiy xavfli deb baxolash nisbiy bo’lib, buni jamiyatdagi xukmron guruhlar belgilaydi. SHafqatsiz jamiyat himoyasiz insonni jinoyatchi qilib qo’yib, ezaveradi.
Z.Freydning fikricha, inson xulq-atvorining asosida atrof-muhitni ongli baholash bilan ongsiz ishtiyoq orasida ziddiyat yotadi. Ongsizlik asosida esa insonga beshikdan to qabrgacha soyadek ergashib yuradigan, uning barcha fikr va istaklarini belgilaydigan jinsiy rag’bat- libido yotadi. Barcha atrofimizdagi voqea-hodisalarni jinsiy rag’bat belgilaydi. Inson ruhiyatidagi barcha jarayonlar hayot instinkti eros va o’lim instinkti-tanatos o’rtasidagi kurash natijasi bo’lib, har qanday xulq-atvor, jumladan noto’g’ri xulq-atvor ham, jinsiy rag’bat va yashash uchun kurash natijasidir.
Deviant xulq-atvorga R.Merton ishlab chiqqan ta`limot zamonaviy sotsiologiyada etakchi o’rin tutadi. e.Dyurkgeymning anomiyasini rivojlantirib, Merton deviant xulq-atvorga quyidagicha ta`rif beradi; “Deviant xulq-atvor jamiyatda e`lon qilingan qadriyatlar va rasmiy xulq-atvor standartlari bilan aholi xulq-atvori motivlari va mavjud imkoniyatlarning bir-biriga mos kelmay qolishi natijasidir”. Jamiyatning rasmiy tuzilmalari tomonidan maqsadga erishishning turli guruhlar uchun turlicha imkoniyatlar yaratib berishi natijasi bo’lmish funktsional kamchiliklar maqsadga erishishga xizmat qiluvchi norasmiy tuzilmalarning tashkil bo’lishiga olib keladi. Maqsad va vositalarga turlicha munosabat quyidagi xulq-atvor turlariga olib kelishi mumkin.
1. Bo’ysunish (maqsad va vositalarni qabul qilish).
2. Innovatsiya (maqsadlarni qabul qilish va vositalarni inkor qilish).
3. Ritualizm ( maqsadlarni inkor etish va vositalarini qabul qilish).
4. Retretizm, chekinish (maqsad va vositalarni inkor qilish).
5. Isyon (maqsad va vositalarni inkor qilib, yangilarini o’rnatish).
Deviant xulq-atvor nazariyasida ijtimoiy me`yor markaziy o’rin tutar ekan, avvalo ijtimoiy me`yorning o’zi nima va uning qanday turlari mavjudligini shuningdek, deviant xulq-atvorning eng ko’p uchraydigan va yaqqol namoyon bo’ladigan turlari; jinoyatchilik , ichkilikbozlik, giyohvandlik va fohishabozlikning nima ekanligini aniqlab olishimiz kerak.
Ijtimoiy me`yor - jamiyat boshqaruvining ajralmas qismi bo’lib, ma`lum shart-sharoitlarda shaxs yoki ijtimoiy guruh xulq-atvorining morslashishi vositalaridan biri va ularning xulq-atvorlarini jamiyat tomonidan nazorat qilish vositasidir.
Ijtimoiy me`yorning bir qancha turlari mavjud;
1. Xuquq. Individga nisbatan ob`ektiv, tashqi uning xulq-atvorini boshqaruvchi qoidalar tizimi. Har qanday jamiyatda xuquq xukmron tabaqa demokratik ko’pchilik yoki butun xalqning yagona irodasini namoyon etuvchi va shu sababli hech qanaqa o’xshatmasi yoki muqobili bo’lmagan yagona me`yorlar majmuidir.
2. Axloq. etika mutaxassislarining fikricha, umumiy va xususiy manfaatlarning moddiy determinatsiyalashgan qarama-qarshiliklaridan kelib chiqadi.Insonning o’zini takomillashtirish va o’z imkoniyatlarini rivojlantirish qobiliyatlarini anglatadi. Xuquqdan farq qilib, axloq birinchidan, baholash vazifasini bajaradi (yaxshi-yomon, adolatli-adolatsiz), ikkinchidan, uning me`yorlari birinchi navbatda nomus, burch, vijdon, adolat va shu kabi tushunchalarni mujassamlashtirgan ichki ruhiy kechinmalar orqali faoliyat yurgizadi.
3. Urf-odatlar. Ushbu me`yoriy tizim xulq-atvorning erkin moslashuvchi, shu sababli odatga aylangan tarixiy shakllangan namunalari, asosan kishilarning birga yashash qonuniyatlarini ifodalaydi. Axloqiy me`yorlardan farq qilib, urf-odatlar aniq va bir xil,ba`zan to’la shakllangan ko’rinishga ega bo’ladilar.
4. Diniy me`yorlar. Ushbu tizim juda qadimiy bo’lib, diniy ta`limot tavsifiga ko’ra diniy me`yorlar ham turlicha bo’ladi. SHuningdek, mazmuniga ko’ra diniy me`yorlar turli, xuquqiy, axloqiy, urf-odat, estetik va tashkiliy me`yorlarni o’z ichiga oladi va shu sababli ko’pincha yuqoridagi me`yoriy tizimlarning har birining boshqaruv xxususiyatlarini qamrab olishi mumkin. Diniy me`yorlar ichki ta`qiqlar bilan birga tashqi ta`qiqlar orqali ham ta`sir qiladi. Tarixiy tajribada, hamda hozirgi jarayonlar, ayniqsa islom davlatlarida aksariyat diniy me`yorlar dindorlar uchun kuchli ta`sir vositalari hisoblanib, ularni turli jinoyatlar , fohishabozlik va ichkilikbozlik kabi illatlardan saqlab turuvchi vosita ekanligini ko’rsatmoqda.
Deviant xulq-atvorni fanda turlarga ajratib o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Fanda ushbu jarayonlarni turlicha tasniflash mavjud bo’lib, shulardan biri ularning ham ob`ektiv ham sub`ektiv tomonlari bilan bo’liq bo’lgan tasniflashdir. Bunga ko’ra deviant xulq-atvor turlari 2 guruhga bo’linadi;
a) tashqi muhitga yo’naltirilgan xulq-atvor (ekstravertiv (masalan, jinoyatchilik));

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling