II. O’quv fanining maqsadi va vazifasi
Ijtimoiy siyosat fanini o’qitishdan maqsad – talabalarga fan bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni berish. Ularda olgan bilimlarini amaliyotda tadbiq etish ko’nikmasini hosil qilishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko’nikmalar, ijtimoiy siyosatning jamiyat hayotidagi ahamiyatini va ularni ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Fan bo’yicha talablarning bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talbablar qo’yiladi. Talaba:
ijtimoiy siyosiy o’zgarishlarning xususiyatlari va o’zgarishlari tendentsiyalarini;
ijtimoiy siyosatining nazariy asoslari to’g’risida tasavvurga ega bo’lishi;
ijtimoiy himoya asoslari, davlatda va butun jahondagi ijtimoiy himoya tizimi holati xususiyatlarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
talaba ijtimoiy siyosat va uning amalga oshish jarayoni va uni mexanizmlarini tahlil qila olishi va muammolarni echishda qaror qabul qilish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
Asosiy nazariy qism (ma`ruza mashg’ulotlari)
1-mavzu. Ijtimoiy siyosat mazmun mohiyati va shakllanish tarixi
Ijtimoiy siyosat-ijtimoiy nazariya va amaliyot sifatida, uning ko’rinishlari. Ijtimoiy mehnat faoliyati-ijtimoiy siyosat asosi sifatida, uning tarkibiy qismlari va elementlari. Ijtimoiy siyosat va iqtisodning o’zaro aloqadorligi va o’zaro bog’liqligi. Ijtimoiy siyosat, uning mazmuni (ob`ektlari va maqsadlari). funktsiyalari, asosiy vazifalari. Ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning asosiy sohalari. Jamiyatning ijtimoiy tarkibi. Ijtimoiy siyosat mazmun mohiyati, maqsadlari, nazariyasi. Qadimgi dunyoning ijtimoiy siyosiy fikri. O’rta asrlar va yyg’onish davridagi ijtimoiy siyosiy g’oyalar. YAngi va eng yangi zamondagi ijtimoiy siyosiy ta`limotlar.
2-mavzu. Ijtimoiy siyosat predmeti, ob`ekti va sub`ektlari
Iqtisodiy tizim transformatsiyasi va uning ijtimoiy muammolarni hal qilish usullari va yo’llarini tanlashga ta`siri. Ijtimoiy soxani rivojlantirish zaruriyati. Bozor iqtisodiyotiga o’tishda ta`lim tizimini tartibga solish. Ijtimoiy siyosatning fan sifatida predmeti borasidagi bahslar. O’tish davrida sog’liqni saqlash tizimi. Ijtimoiy siyosat ob`ekti va sub`ekti. Mintakada uy–joy va kommunal xo’jaligi rivojlanishini tartibga solish. Ijtimoiy siyosatni amalga oshirish darajalari. Davlat ijtimoiy siyosat va uning hozirgi bosqichda o’ziga xosligi. Ijtimoiy huquq, uning asosiy funktsiyalari. Davlat va davlatchilikning ijtimoiy siyosatni amalga oshirishdagi roli. Davlatning ijtimoiy siyosat sohasidagi konstitutsion burchlari. Davlatlarning ijtimoiy rivojlanish sohasidagi xalqaro majburiyatlari. O’zbekistondagi ijtimoiy siyosatning o’ziga xosligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |