Rossiya
V.A.Berezina, L.M.Shipsinalarning bergan ma’lumotlariga ko’ra hozir Rossiyada maxsus ta’lim ikkita yo’nalishada: differensial va integrasiya tarzda tashkil etilgan. Differensial ta’lim 8 yo’nalishda tashkil etilgan. Oxirgi paytlarda Moskva, Sankt-Peterburg va boshqa Rossiyaning bir qator shaharlarida maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim muassasalariga jalb etish borasida ilmiy izlanishlar va psixologo-pedagogik amaliy ishlar olib borila boshladi.
Rossiyada integrasiya modeli asosida umumta’lim muassasalarida maxsus sinflar tashkil etilgan bo’lib, ular quyidagicha:
-aqliy rivojlanishida orqada qolgan bolalar uchun guruhlar va sinflar;
-ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar uchun guruh va sinflar;
-xulqi og’ir bolalar uchun guruh va sinflar.
L.M.Shipsinning bergan ma’lumotlariga ko’ra Rossiyada hozirgi kunda 38 % imkoniyati cheklangan bolalar umumta’lim muassasalarida ta’lim \ tarbiya olmoqdalar. “Latviyada-deb yozadi- Eljosiene I., (1998 yil). integrasion ta’limga muammo sifatida qaralib, Liyepayskiy oliy pedagogik maktab dasturiga kiritildi. Bu yerda asosiy muammo integrasion pedagogikada o’qituvchilar bilan maxsus pedagogika o’rtasida hamkorlik munosabatlarini yaratish edi.
Litvada 1992 yil Maorif vazirining tashabbusi bilan maxsus yordamga muhtoj bolalarni umumta’lim tizimiga integrasiyalash modeli ishlab chiqilishiga tayyorgarlik ishlari boshlandi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun xorijiy va litvalik Velnyuskiy universitetining maxsus pedagogika laboratoriyasi qoshiga bu tuzum tashabbuskorlaridan ishchilar, bolalar, psixiatrlar, psixologlar, logopedlar va pedagog defektologlardan iborat mutaxassislar guruhi tuzildi. Bu guruh tomonidan “Maxsus ta’lim tizimining loyihasi” nomi bilan integrasion ta’lim tizimining boshlang’ich loyihasi ishlab chiqildi. 1993 yilda Litva madaniyat va maorif vazirligi tomonidan “Maxsus ehtiyojli bolalarga umumta’lim muassasalariga yordam berish (imkoniyatlari) tartibi” Qonuni tasdiqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |