Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Download 0.61 Mb.
bet38/76
Sana21.07.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1661543
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   76
Bog'liq
5302fbcbdcb169642546bce3f64a2999 инклюзив таълим

Shvesiya
Ota-onalar va maktab o’qituvchilariga Okrug kengashida faoliyat yurituvchi Shahar bolalar reabilitasiyasi markazining maxsus pedagogi maslahat beradi. Bola imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ular birgalik individual o’quv rejasi tuzadilar; maktab o’qituvchisi uning bajarilishi uchun mas’uldir. Zaruriyat tug’ilganida sinfga yordamchi pedagog taklif etiladi.Shvesiya maxsus ta’lim agentligi (SIH) ham oila va maktablarga maslahat berish va yordam ko’rsatish uchun javobgar; amalda maslahat berishni aniq bir bola bilan ishlaydigan maslahatchi amalga oshiradi. SIH maslahatchisi, masalan, o’quv materialiga aloqador tavsiyalar beradi; shahar hokimiyatiga maxsus ta’limga muhtoj bolalarga optimal ta’lim berishni tashkil etishda ko’maklashadi.Zarur bo’lganda, maktab negizida fan o’qituvchilari uchun malaka oshirish kurslari (sinfga
integrasiyalashgan o’quvchilarning ehtiyojlari va xususiyatlarini nazarda tutgan holda) tashkil qilinishi mumkin. G.Miron esa quyidagi ma’lumotlarni beradi: 1981 yilda YuNISEFning Shvesiya hukumatidagi tashkilotida 6 yoshgacha bo’lgan nuqsonli bolalarni neformal o’qitish dasturi ishlab chiqildi. Ushbu dastur asosida nuqsonli bolalarni ommaviy muassasalarda o’qitish tizimi, bu bolalarni o’qitishda ota-onalar bilan ishlash metodikasi ishlab chiqilib, Nikaraguada ham qo’llanila boshladi...,( 1995 yil).
Xulosalar
Milliy ma’ruzalar tahlili Yevropa maxsus ta’limni rivojlantirish agentligi xodimlarig a umumt’lim maktablariga integrasiyalashgan maxsus ta’limga muhtoj
o’quvchilarga ko’maklashish amaliyoti to’g’risida ayrim umumlashtiruvchi xulosalar qilish imkoniyatini berdi
1. Ba’zi G’arbiy Yevropa mamlakatlarida ko’maklashish “maktab ichra”, ya’ni o’quv yurtining shtatli xodimlari sanaladigan turli ixtisoslikdagi mutaxassislar tomonidan ta’minlanadi. Boshqa hollarda bu mas’uliyat maktabdan tashqari ixtisoslashtirilgan xizmatlar va kelib ishlovchi pedagoglar zimmasiga yuklatiladi. So’ngi holda maxsus maktablarning roli katta, chunki aynan shular fan o’qituvchilari va integrasiyalashgan o’quvchilarga yordam ko’rsatishda asosiy rol o’ynaydilar.
2. Milliy ma’ruzalarini taqdim etgan 17 mamlakatdan oltitasida yordam eng avvalo sinfida integrasiyalashgan o’quvchilar mavjud o’qituvchilar va maktabga yo’naltirilgan.
Biroq qariyb barcha ma’ruzalarda yordam berishning nafaqat o’quvchiga, balki u bilan ishlaydigan o’qituvchilar uchun ham ahamiyati e’tirof etiladi.
3. Milliy ma’ruzalarga muvofiq maktablarda har tomonlama yordam ko’rsatiladi, yordam xarakteri esa konkret bolaning individual ta’lim ehtiyojlariga bog’liq. Ayrim
mamlakatlarda sinf bilan bir qatorda sinfdan tashqarida ham mumkin. Qator mamlakatlarda yordam nafaqat maktabda, balki uning tashqarisida ham ko’rsatiladi. Bu holda tashqi xizmatlar (odatda, bu davolanishning ayrim uslublariga tegishlidir)
yordamga jalb qilinadi. O’qituvchi ham nafaqat o’quv yurtida, balki undan tashqarida ham ko’mk olishi mumkin; buning uchun turli xizmatlar mavjud. O’sha tashqi xizmatlarning xodimlari ayrim mamlakatlarda ota-onalarga maslahat beradilar.
4. Eng kamida to’rt asosiy yordam turi mavjud:

  • Oldini olish choralari;

  • Axborot-maslahat yordami (bolada mavjud qiyinchiliklarni tavsiflash, maxsus o’quv materiallari, texnik vositalar, maxsus ta’lim uslublari va h.) bilan tanishuv;

  • O’quv dasturi va o’quv jarayonini differensiyalash (individuallashtirish, moslashtirish);

  • Integrasiyalashgan o’quvchining maktabdagi ta’lim olish va ishtirok qilish sharoitlarini yaxshilash (o’qituvchilar va ma’muriyatga mutaxassislarning maslahat berishi, malaka oshirish, mas’uliyatlarni bo’lib olish).

5.Ko’maklashishni tashkil etishning asosiy strategiyalari – umumiy va o’ziga xos axborot berish, faoliyatga jalb qilish, maktab ta’limi tizimini o’zgartirish.Demak, ko’rib turganimizdek, G’arbiy Yevropa mamlakatlarida umumta’lim muassasalariga ingegrasiyalashgan maxsus ta’limga muhtoj bolalarga yordam berishni tashkil etishning yagona yondashuv va qoidalari yo’q. Hatto shakllangan fuqarolik jamiyatiga ega, iqtisodiy jihatdan rivojlangan va turmush darajasi yuqori davlatlar ham integrasiya muammosini kim, kimga, qayerda yordam ko’rsatishi turlicha tushunadilar va hal kiladilar.
Tinch Okeani hududlaridagi mamlakatlar haqidagi ma’lumotlarini yig’ish shuni ma’lum qiladiki, bu mamlakatlarda maxsus ehtiyojli bolalarni o’qitish va tarbiyalash bo’yicha ko’plab dastur va rejalar, loyihalar ishlab chiqilgan. Jumladan:
Xitoyda integrasiyalash jarayoni barcha umummillat ma’lumotlarini yig’ish, tajriba almashish, muloqot va fikr almashish, kadrlarni tayyorlash, maktab o’quv jarayonlarini isloh qilish, maktab xodimlari bilan uchrashuv va savol javoblar o’tkazish hamda barcha axborotlarni yig’ib tahlil qilishdan boshlandi. Nuqsonli bolalar ta’limi Xitoy ta’lim tizimida birmuncha yangi edi. Har bir tumanda integrasion ta’lim borasida seminarlar uyushtirildi. 8 ta o’quv seminarida 1000dan ortiq kishilar ishtirok etdilar. Bir qancha pedlagogika institutlarida “Nuqsonli bolalar ta’limi” nomli o’quv kurslari o’tila boshladi. (AinscovM., va boshqalar 1996 yil).
Xitoyning ta’lm bo’yicha milliy tadqiqot Instituti YuNESKOning maqsadli grant mablag’lari yordamida alohida ehtiyojli bolalar ta’limini qo’llab-quvvatlash maqsadida WEB resurs markazini tashkil etish bo’yicha innovasiya dasturini ishlab chiqdi. Bu resurs markazning vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Alohida ehtiyojli bolalar va yoshlarni ta’lim tizimiga kiritishda ma’lumotlarni olish bo’yicha resurslarni aniqlash;

  • Maxsus ehtiyojli shaxslar bilan aloqa o’rnatish;

  • Ma’lumotlar bankida turli ta’limiy va rivojlantiruvchi materiallarni to’plash;

  • Internet tizimi orqali mutaxassislar maslahatini uyushtirish;

  • WEB resurs markazi foydalanuvchilari orasida tajriba va bilimlar almashishni tashkil qilish;

  • Integrasiya muammolarini hal qilish vositalarini izlash. Chet davlatlar bilan bu boradagi hamkorlik uchun imkoniyatlar yaratish (Yunying Chen, ma’lumotlari 2000 yil).

Shunday qilib Xitoyda Internet tizimidagi elektron resurs markaz orqali mutaxassislarning bilim va malakalaridan foydalangan holda butun mamlakat hududidagi alohida ehtiyojli bolalar va shaxslarning ta’lim olish talabini qondirish imkoniyati paydo bo’ldi. Mazkur dastur maxsus ehtiyojli bolalarni ta’lim jarayoniga kiritish bo’yicha boshqa chora-tadbirlarga qo’shimcha yordam sifatida qo’llaniladi. Ayrim hollarda esa ta’lim berish va rivojlantirish imkonini beruvchi yagona vosita bo’lib qoldi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling