Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi
Download 0.61 Mb.
|
5302fbcbdcb169642546bce3f64a2999 инклюзив таълим
Finlyandiya
Integrasiyalashgan bolalarga yordamlashish maktab tibbiy xizmati ishchilari va mahalliy o’zini–o’zi boshqarish organlarining ta’lim xizmati tomonidan ta’minlanadi. Birinchisi turli mutaxassis va terapevtlar (logopedlar, psizoterpetlar, psiximotor terapetlr va h.) tomonidan amalga oshiriladigan yordam dasturi uchun javob beradi. Ikkinchisi integrasiyalashgan bolalar uchun ta’limning zarur sharoitlarini ta’minlashga mo’ljallangan. Zarur bo’lgan holda o’quv dasturi bolaning imkoniyatlriga mos ravishda o’zgartirilishi mumkin. Maxsus ta’limga o’tkazilgan har bir o’quvchi uchun unga zarur o’quv jadvalini nazarda tutadigan individual reja tuziladi. O’quv rejasi bola farovonligi uchun javobgar barcha jamoa tomonidan birgalikda tuziladi. Jamoaga o’quvchining o’zi, uning ota-onasi, u bilan ishlaydigan pedagog, mutaxassis va ekspertlar kiradi. O’quvchi hamma vaqt yoki faqat ayrim darslarga kelib, asosiy gurhda o’qishi mumkin. Maktab shtatida maxsus pedagoglar, ijtimoiy xodimlar va maslahtchilar mavjud – ularning bari o’qituviga yordam ko’rsatadi. Maxsus o’qituvchi sinf o’qituvchisi va uning yordamchisiga ko’maklashish hamda maxsus guruh yoki yakka tartibdagi mashg’ulotlarga o’quvchi olish uchun asosiy guruhga kelishi mumkin. Dars o’tkazish jarayonida zaruriyatga qarab boshqa mutaxassislar (logoped, LFK uslubshunosi va h.) ham ishtirok etishlari mumkin, ammo, odatda ular davolashni individual asosda o’tkazadilar. Fransiya Integrasiyalashgan o’quvchilar bilan ishlayotib, o’qituvchilar maktab psixologlari va maxsus pedagoglarni o’z ichiga olgan ixtisoslashtirilgan yordamchi tuzilmalarga yordam so’rab murojaat qilishlari mumkin. Jalb qilinayotgan xodimlar o’ziga xos sohada yoki o’zining butun maktab faoliyatida vaqtincha yoki doimiy ravishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan o’quvchilar hamda oddiy sinflarga integrasiyalashgan, rivojlanishda nuqsonlari mavjud bolalarga yordam ko’rsatishlari lozim. Mutaxassislar turli departamentlardan (sog’liqni saqlash, ijtimoiy masalalar, ta’lim) jalb qilinishi mumkin. Ulardan har biri qisqa yoki uzoq muddatda o’quvchiga yordamlashadi hamda o’qituvchi va maktab xodimlariga ko’maklashadi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling