Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Download 0.61 Mb.
bet33/76
Sana21.07.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1661543
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   76
Bog'liq
5302fbcbdcb169642546bce3f64a2999 инклюзив таълим

969/1995-sonli dekret maxsus ta’limga muhtoj o’quvchilarga yordam tuzilmasini belgilab berdi. Zaruriyat paydo bo’lganda, maktab ta’limni boshqarishning mahalliy organlaridan yordamga muhtoj bolalar uchun har qanday yordam turini so’rashi mumkin. O’qituvchilar sinfdagi ishni tashkil qilish, bilimni baholash va oila bilan aloqalarni qo’llab-quvvatlash (axborot, hamkorlik, birga ishlash va h.k) uchun mas’ul sanaladilar. Fan o’qituvchisi jalb qilinadigan mutaxasislar (logopedlar, maslahatchilar, maxsus pedagoglar, fizioterapevtlar va h.k.) bilan birgalikda ishlaydi. Umumta’lim maktabi tashqi va ichki yordamni talab etishi mumkin. Birinchisini turli o’quv yurtlariga birkitilgan psixolog-pedagogik yordamning mahalliy xizmatlari (YeOYeR) berishi mumkin. YeOYeR xodimlari o’quvchilarning psixolog-pedagogik baholanishi uchun mas’uldirlar: ular o’qituvchi va maktab o’qituvilari tarkibiga qanday choralar ko’rishni tavsiya etadilar; maxsus ta’limga muhtoj bolalarni o’qitish dinamikasini kuzatib turadilar; oilalar bilan ishlaydilar. Ikkinchi turdagi yordam - maktab ichidagi yordam. Barcha o’quv yurtlari shtatida ta’limda ko’maklashadigan korreksion pedagog mavjud. Maxsus ta’limga muhtoj o’quvchi boshlang’ich va o’rta maktabga qachon integrasiyalashgan bo’lishidan qat’iy nazar, shu jumladan mavjud nuqson ixtisosligi bo’yicha maxsus pedagog misolida u zarur professional yordamni oladi. O’qituvchilarga yordam sinf uchun o’quv dasturini differensiyalash va qo’llashda berilishi mumkin. Buning uchun turli professionallar: o’qitadigan psixolog, mutaxassis o’qituvchi, logoped va h. jalb qilinishi mumkin. Ularning o’zlari bolaning maktab sharoitlariga moslashishida yordamlashishi, uning uchun individul ta’lim dasturini ishlab chiqishi mumkin. Yordam ta’limning foydalaniladigan uslublari va texnikasini tanlash bo’yicha maslahat berishga qaratilishi ham mumkin.
Italiya
To’liq ta’lim integrasiyasini kiritib, 04/1992-sonli qonun maxsus ta’limga muhtoj o’quvchiga maxsus pedagog tomonidan yordam ko’rsatilishini nazarda tutgan edi. Unda bunday ehtiyojlarning mavjudligi rasmiy ravishda aniqlangan bo’lishi lozim (1994 yil 24-fevraldagi dekret). Maktabgacha muassasalar, boshlang’ich va o’rta maktab shtatida
asosiy pedagoglar bilan bir qatorda o’quv yurti barcha tarbiyalanuvchilarining ta’limi sifati uchun javobgar sanaladilar. Assistentlar (o’qituvchi yordamchilari) o’quvchilar bilan sinfda va undan tashqarida, yakka tartibda yoki kichik guruhlarda ishlashi mumkin. Asosiy pedagog bilan birga ulr har integrasiyalashgan o’quvchi uchun individual o’quv rejasi tuzadilar, uni amalga oshirishda ishtirok etadilar. Mahalliy darajada Viloyat ta’lim departamenti nazorati ostida ishchi guruhlari deb atalmish guruhlar tuziladi. Ularga maktab inspektorlari, turli mutaxassislar, nogironlar uyushmalarining vakillari kiradi. Ishchi guruhlarning vazifasi shundan iboratki, ular integrasiyalashgan ta’limni tashkil qilish bo’yicha shahar maktablarining ishlarini kuzatib boradilar va baholab turadilar hamda
integrasiyalashgan ta’limni tashkil etadilar, maktab ma’muriyati va pedagoglarga maslahat beradilar. Zaruriyat
paydo bo’lganda, yordam shahar sog’liqni saqlash xizmatlarining kuchlari yordamida amalga oshirilishi mumkin.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling