Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy munasabatlarfakulteti sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi
Download 0.77 Mb.
|
c464f076a0f5a659fa0f01759e953055 МУТАХ.КИРИШ соц. маж 1-курс Word
2. Sotsial birdamlik tushunchasi sotsial munosabatlar tizimida muhim o’rin tutadi. CHunki birdamlik - bu ko’pgina ma`naviy omillarning majmuasidan tashkil topgan sotsiologik kategoriya bo’lib, u ijtimoiy hayotda faoliyat ko’satayotgan insonlarning ijtimoiy taraqqiyot masalalarini hal qilishlaridagi hamkorligining ko’rinishidir. Avvalom bor shuni ta`kidlab o’tishimiz joizki, sotsiologiya faniga bu termin sotsial jipslashuvni bildiradigan tushuncha sifatida birinchi bo’lib O.Kont tomonidan kiritilgan edi. Bu muammoga ko’gina mutafakkilar o’zlarining keng etiborlarini qaratganlar. Ayniqsa e.Dyurkgeym, G.Spenserlar bu muammoni chuqur tahlil qilganlar, lekin ular o’z tadqiqotlarini turli xil yo’nalishlarda olib borganlar. e.Dyurkgeymning fikricha, sotsial birdamlik, bu axloqiy printsip va oliy universal qadriyat bo’lib, u jamiyatning har bir a`zosi tomonidan tan olinadi.
E.Dyurkgeymning ta`kidlashicha,industralizatsiya tufayli jamiyatning ko’rinishi ham o’zgardi va bu kishilarda uning imkoniyatlariga nisbatan ishonchsizlikni paydo qildi. e.Dyurkgeymning fikricha, jamiyat hayoti uchun eng muhimi bu –sotsial birdamlikdir. O’zining klassik asar bo’lmish – “O’z joniga qasd qilish”da shuni aniqladiki, bu salbiy hodisaning asosiy sababi bo’lib sotsial birdamlik tuyg’ularini kamayishi xizmat qiladi. Katolitsizmdan farqli o’laroq, protestant mazhabida individualizmga aktsent qaratish anomiyani rivojlanishiga jiddiy turtki berdi. SHuning uchun bu mashabda o’z joniga qasd qilish ko’payib ketdi. O’zining boshqa bir asari – “Ijtimoiy mehnatning taqsimoti”da u shunday holatni ta`kidlaydi: industrial’gacha bo’lgan jamiyatda sotsial birdamlik jamiyatning mexanik xissiyotlari, ayniqsa diniy mansublik va uning tuyg’ulari asosida ta`minlangan. Bunday jamiyatda kishilar universal bo’lishi, barcha kerakli nasalarni o’zlari yaratishgan:oziq-ovqat etishrish, mehnat qo’llari va kiyim-kechak ishlab chiqarish kabilarni. SHuning uchun ular jamoaviylikka mansub bo’lishgan va o’z tuyg’ulari bilan o’zaro bahamlashishgan. Sanoatlashgan jamiyatda u ijtimoiylashuvning muqarrarligini xis qiladi. endi kishilar tor sohalarga ixtisoslasha boradilar. Bu ixtisosliklar dinga ham ta`sir ko’rsata boshlaydi. Sanoatlashish asosida rivojlangan jamiyatlarda din endi kichik jihatlarda namoyon bo’la boshlaydi va kichik bo’laklarga:uy, oila, ish kabilarga ajralib ketadi. E.Dyurkgeym fikricha, industrial jamiyatdagi sotsial birdamlikka ikkita omil salbiy ta`sir ko’rsatadi:mexanik birdamlik va xizmat joyida o’rtoqlik ruxini topish harakatlari. Industrialgacha bo’lgan jamiyatda esa sotsial birdamlik mexanik xissiyotlar asosida, diniy mansublik negizida ta`minlanar edi.32 O.Kont va G.Spenserlarning tadqiqotlarida sotsial birdamlikning asosini iqtisodiy mafaatlar tashkil qilish markaziy o’rinni egallaydi. G.Spenser o’zining birdamlik ta`limotida majburiy va ko’ngilli birdamlikni ajratib ko’rsatadi. Uning fikricha, kishilik jamiyati o’z rivojlanish yo’lida ikkita harbiy va sanoat davrlariga bo’linadi. Butun hayot bu erda intizomga asoslangan. Sanoat turidagi jamiyat esa osoyishta ijtimoiy hamkorlikning erkin shakllarini ifoda etadi. Muammoning xuddi ikkita jihatga ajratib tahlil qilinishni D.Dyurkgeymning ham ilmiy faoliyatida ko’rish mumkin. U o’z ta`limotini mexanik va organik birdamlikka ajratadi. Rivojlanmagan va eski jamiyatlarda hukumronlik qiladigan birdamlikni Dyurkgeym mexanik birdamlik deb ataydi. Mexanik birdamlik - bu «jamoa turidagi» birdamlik bo’lib, u bu jamoadagi individlarning o’xshashliklari bilan belgilanadi va ular tomonidan ijtimoiy vazifalar bir xil turda bajariladi. Jamiyatda ijtimoiy mehnatning taqsimlashishi tufayli individlar maxsus vazifalarini bajaradilar va bu hislatlar sababli jamiyat jonli organizmni eslatadi. SHu jamiyatda vujudga kelgan yangi turdagi birdamlikni Dyurkgeym organik birdamlik deb ataydi. Mehnatning taqsimlanishi individlarda o’zlariga xos qobiliyatlarning rivojlanishiga omil bo’ladi. endi har bir individlarning o’zi esa bir-birlariga bog’liq bo’ladilar va ular sotsial munosabatlarning yagona tizimi orqali birdamlik tuyg’ulariga erishadilar. Ko’pgina g’arb olimlari ijtimoiy mulkka asoslangan kooperatsiyaning ser mahsulligini inkor etib keladilar. Ularning fikricha, butun jamiyat bilan ishlab chiqarish vositalarini guruhlar mulki qilib berish kerak. Agar ishlab chiqarish vositalari ijtmoiy mulk xususiyatiga ega bo’lsa, «ma`muriyat» xalqdan ajralib qoladi va shu sabab tufayli byurokrat boshqaruvchilar tashkiloti vujudga kelishi mumkin. O’z-o’zidan tabiiyki, bu jarayonlar natijasida ishchilar o’z mehnatlaridan mafaatdorlikni his qilmaydilar. Mazkur taxminlarning aksariyati o’z isbotlarini topdilar. Ayniqsa, yarim mustamlakachilik davrida, bizning diyorda soxta birdamlik asosidagi kooperatsiyalashtirish ko’plab salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi. Mehnatning ijtimoiy taqsimoti va kooperatsiya niqobi ostida bizning xudud xom-ashyo etishtiradigan respublikaga aylandi. Jamiyatimizda tub ma`nodagi birlashma jarayoni faoliyat ko’rsatmadi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling