Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy munasabatlarfakulteti sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi


Download 0.77 Mb.
bet7/95
Sana18.06.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1565020
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   95
Bog'liq
c464f076a0f5a659fa0f01759e953055 МУТАХ.КИРИШ соц. маж 1-курс Word

Internet saytlari:

  1. http://www.gov.uz

  2. http://www.lex.uz

  3. http://www.google.uz

  4. http://www.ziyonet.uz

  5. http: www.lib.socio.msu.ru

  6. http: www.socioline.ru

  7. http: www.socio.rin.ru

  8. http: www.sociologos.narod.ru

BAHOLASH JADVALI



Nazorat turi

OB №1

OB №2

YAB

O’tkazilish vaqti

6-7- hafta

12-13- hafta

18- hafta

Nazorat SHakli

YOzma*
(3 tadan nazariy topshiriq beriladi)

YOzma
(3 tadan nazariy topshiriq beriladi)

YOzma
(3 tadan nazariy topshiriq beriladi)
*Izoh. Nazoratlardagi har bir savol va topshiriqlar quyidagi baholash mezonlari bo’yicha baholanadi va qo’yilgan baholar umumlashtirib o’rtachasi hisoblab chiqiladi.

Talabalar bilimini baholash mezonlari
a) “5” (a`lo) baho uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • Hulosa va qaror qabul qilish;

  • Ijodiy fikrlay olish;

  • Mustaqil mushohada yurita olish;

  • Olgan bilimlarini amalda qo’llay olish;

  • Mohiyatini tushunish;

  • Bilish, aytib berish;

  • Tasavvurga eaga bo’lish;

b) “4” (yaxshi) baho uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • Mustaqil mushohada yurita olish;

  • Olgan bilimlarini amalda qo’llay olish;

  • Mohiyatini tushunish;

  • Bilish, aytib berish;

  • Tasavvurga eaga bo’lish;

v) “3” (qoniqarli) baho uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • Mohiyatini tushunish;

  • Bilish, aytib berish;

  • Tasavvurga eaga bo’lish;

g) talabaning bilim darajasi “2” (qoniqarsiz) deb quyidagi xollarda baholanadi:

  • Aniq tasavvurga ega bo’lmaslik;

  • Javoblarda xatoliklarga yo’l qo’yilganlik;

  • Bilmaslik.

Sotsiologik ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimida muhim o’rinni egallaydi. Sotsiologik ta`limning muhim funktsiyalaridan biri – bu jamiyat a`zolarida sotsial muammolarni tushunish, ularning kelib chiqish manbalarini aniqlash va bartaraf etish yo’llari hamda imkoniyatlarini qidirib topish ko’nimalarini shakllantirishdan iboratdir.
Hayot bir joyda turg’un bo’lmaganidek, sotsiologiya fani ham rivojlanishdan to’xtab qolgani yo’q. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasining rivojlanish imkoniyatlarini sotsiologiya fani doirasida tahlil qilish, o’rganish va olingan ilmiy-nazariy xulosalardan amaliyotda foydalanish muhim ijtimoiy masalalardan biriga aylanmoqda.
Darhaqiqat, sotsiologiya fani jamiyatda ro’y berayotgan yirik ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni shunchaki qayd etish bilan shug’ullanmaydi, balki ularning asl mohiyati va mazmunini atroflicha ochib beradi. Zero, sotsiologiya Sotsiologiya na ijtimoiy fanlar orasida o’z tadqiqotlarining aniqligi va amaliyligi, tahlil qilayotgan masalalarni tajribalar asosida o’rganish imkoniyatlari mavjudligi bilan alohida ajralib turadi.
Sotsiologiya faqat hozirgi ijtimoiy hodisalar tahliliga to’laqonli javob berishi bilangina cheklanmasdan, balki ularning istiqboliy o’zgarish darajasi xususida ham ilmiy bashoratlarni ilgari sura oladi.
Ana shu jihatdan qaraganda, sotsiologiya fani nazariyasi, amaliyoti va tadqiqot usullarini atroflicha o’rganib chiqish zarurati dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bunda asosiy e`tibor amaliy faoliyatni olib borishda sotsiologik bilim va usullardan foydalanish imkoniyatlarini ishlab chiqishga, O’zbekiston va jahondagi sotsial muammolarga nisbatan qiziqishning oshganligiga qaratiladi.
Zamonaviy ijtimoiy hayotning murakkab hodisa va jarayonlarini ilmiy tushunish, amaliy faoliyatda sotsiologik bilim va metodlardan foydalanish malakalarini shakllantirishdan iborat.

  • sotsiologiya fani ob`ekti, predmeti, asosiy tushuncha va kategoriyalarini mohiyatini tushuntirish;

  • sotsiologiyaning jamiyat hayotidagi o’rni, funktsiyalari, ahamiyati to’g’risida batafsil ma`lumot berish;

  • zamonaviy sotsiologiyadagi asosiy maktab va yo’nalishlar bilan tanishtirish

  • sotsiologiya fanining asosiy qonun va tamoyillarini umumiy va xususiy jihatlarini ko’rsatib berish;

  • amaliy sotsiologik tadqiqot metodlari va dasturi to’g’risida muayyan tassavvur uyg’otish;

  • shaxs, sotsial guruh, sotsial jamoalarga xos belgi va xususiyatlar hamda ularning mohiyatini ochib berishi;

  • sotsial struktura, sotsial stratifikatsiya, sotsial mobillikning mohiyati va mazumunini ochib berish orqali talabalarga jamiyatda bo’layotgan sotsial jarayon, hodisalarni ilmiy tahlil etish zaruriyatini singdirish fanning asosiy maqsadidir.

«Sotsiologiya»o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasidabakalavr:

  • sotsiologiyani mustaqil fan sifatida shakllanishi omillari, uning tadqiqot ob`ekti va predmeti, strukturasi va fanlar tizimidagi o’rni, jamiyatni yaxlit ijtimoiy tizimligi, shaxs va jamiyat munosabatlari, ijtimoiy hayotning dolzarb muammolari, jamiyat a`zolarining shaxsiy va ijtimoiy faoliyatini muvofiqlashtiradigan sotsial institutlar faoliyati haqida tasavvurga ega bo’lishi;

  • sotsiologiya fanining turli yo’nalishlardagi nazariy-metodologik asoslari, fanning asosiy tushuncha, kategoriyalari va qonunlari, shaxs va uning ijtimoiylashuv jarayoni, sotsial guruhlar tasnifi, jamiyat a`zolarining ijtimoiy mavqesi, ijtimoiy hayotda gender munosabatlari, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ma`lum bir qonuniyatlar asosida kechishi, jamiyatda sodir bo’layotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning o’zaro bog’liqlikda ekanligini yaxlit idrok etishi hamda jamiyat rivojining asosiy omillarini tasniflay olishni bilishi va ulardan foydalana olishi;

  • zamonaviy jamiyatda ro’y berayotgan ijtimoiy-siyosiy hodisalarni to’g’ri tavsiflash, turli ijtimoiy-madaniy xususiyatda kechayotgan hodisalarni holis qiyosiy taqqoslash, zamonaviy jamiyatdagi mavjud ijtimoiy muammolardan ustuvorlarini aniqlash va ularni ob`ektiv tahlil qilish, muayyan hodisa va voqealarga kishilarning shaxsiy munosabatlarini o’rganishga qaratilgan empirik tadqiqotlarda ishtirok etish, ijtimoiy-siyosiy va ma`naviy sohalarda o’tkazilgan amaliy sotsiologik tadqiqotlar natijalaridan foydalana olish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling