Samarqand Davlat Universiteti Psixologiya va ijtimoiy siyosiy fanlar fakulteti amaliy psixologiya yo’nalishi
4-bosqich 414-guruh talabasi O’ngboyev Axrorjonga O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga qarashli Samarqand viloyati Nurobod tumani 61-umumiy o’rta ta’lim maktabi ma’muriyati tomonidan berilgan
TAVSIFNOMA
Samarqand Davlat Universiteti Psixologiya va ijtimoiy siyosiy fanlar fakulteti dekanati tomonidan yuborilgan 5210200 – psixologiya yo’nalishi 4-bosqich talabasi O’ngboyev Axrorjon haqiqatan ham 05.09.2022-yildan 24.12.2022-yilgacha 61-umumiy o’rta ta’lim maktabida o’z malakaviy amaliyotini o’tash uchun keldi.
Amaliyot o’tash davrida o’zining olgan bilim va ko’nikmalaridan foydalanib, maktab o’quvchilariga psixologik jihatdan o’z tavsiya va yordamini ayamadi.O`qituvchilarning pedagogik malakasi va maxoratini dars jarayoniga kuzatib o`ziga kerakli bilim va ko`nikmalarga ega bo`ldi. Maktab o’quvchilarining dunyoqarashini hamda tafakkurini rivojlanishida maslahatlar berib o’tdi.
Universitetda olgan bilimlaridan foydalanib, maktab o’quvchilariga har xil psixologik metodlarni qo’llab trening mashg`ulotlar, maktab o’quvchilari xarakterini, bilish jarayonlarini o’rgandi. Bu o`rganish jarayonida o`quvchilarning qanday mashg`ulotlarga qiziqishlarini va shu qiziqish orqali qaysidir kasbga moyiligini aniqlashga qaratilgan savolnomalar orqali o`rgandi.
Amaliyot davomida O’ngboyev Axrorjon o’zining na’munali bilimi, xulqi-odobi bilan maktab o’quvchilari va maktab jamoasiga o’rnak bo’ldi.
Tavsifnoma talab qilingan joyga ko’rsatish uchun berildi.
Maktab direkori: H.Qalqonov
Do'stlaringiz bilan baham: |