Добавить поле(я) darchasiga nechta maydonni qo’shmoqchiligimizni kiritamiz va ok tugmasini bosamiz ( ). Misol uchun ikki ta maydon qo’shmoqchimiz, unda Добавить поле(я) darchasiga 2 kiritamiz va ok tugmasini bosamiz natijada bizga yanana ikkita maydon qo’shib beradi. Qo’shilgan maydonlarga ham kerakli ma’lumotlarni kiritamiz (8-rasm).
8-rasm
Bu oynaga etibor bersak Индекс ustuniga PIMARY va A_I maydoni belgilangan. Bundan maqsad Id maydonini avtomatik to’ldiradigan qilishdir. Agarda bir yoki ikkita maydon ortiqcha bo’lsa buning umuman zarari yo’q, chunki agar ushbu oynada biror maydon haqidagi ma’lumotlar kiritilmasa tizimning boshqa biror joyida bu maydonlar aks etmaydi (xuddi yo’qdek). Maydonlarni to’ldirib bo’lgacha ok tugmasini bosamiz va jadval strukturasini yaratib olamiz.
Hosil bo’lgan jadvalimizni struktura menyusi yordamida ham uni qanday tuzilganligini ko’rishimiz mumkin (9-rasm):
9-rasm
Bu oynada ham jadvalimizni tahrirlashimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |