Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti informatika o


User – PHPMyAdmin dagi foydalanuvchi nomi; Parol


Download 314.19 Kb.
bet2/2
Sana02.01.2022
Hajmi314.19 Kb.
#199983
1   2
Bog'liq
6-AMALIY ISH

User – PHPMyAdmin dagi foydalanuvchi nomi;
Parol – shu foydalanuvchi paroli;
Baza_name – qaysi bazaga bog’lanayotgan bo’lsak shu baza nomi, bo’sh qoldirishimiz ham mumkin;
Faylni MySQL ga bog’laganimizdan so’ng yangi ma’lumotlar bazasini yaratishimiz mumkin bo’ladi, buning uchun quyidagi buyruq kodidan foydalanamiz:
$creat = "Create database data_name";
Bu yerda
$creat – operator natijasini o’ziga taminlab olayotgan o’zgaruvchi, boshqa nomli o’zgaruvchi olishimiz ham mumkin;
Create database – ma’lumotlar bazasini yaratish operatori;
Data_name – yaratilayotgan ma’lumotlar bazasi nomi;
Shunday qilib create_d.php fayli kodi quyidagicha bo’ladi (4-rasm):



4-rasm

5-rasm


Endi ushbu faylni brouzer oynasida sinovdan o’tkazamiz. Buning uchun dars nomli saytimiz bosh sahifasidagi (3-rasmda ko’rsatilgan brouzer oynasidagi) “Ma’lumotlar bazasi yaratish” nomli giper murojaatni sichqoncha chap tugmasi yordamida tanlaymiz. Natija quyidagicha bo’ladi (5-rasm):

PhpMyAdmin da natija 6-rasmda ko’rsatilgandek bo’ladi:




Dastlabki holat

Baza yaratilgandan keyingi holat

6-Rasm


Eslatma: Shuni aytib o’tishimiz kerakki create_d.php fayliga brouzerdan birinchi marta murojaat qilganimizdagina ma’lumotlar bazasi yaratiladi, keyingi gipermurojaatlarimizda ma’lumotlar bazasi yaratilmaydi, chunki bitta nomda ikkita ma’lumotlar bazasini yaratish mumkin emas! Keyingi safar ma’lumotlar bazasini yaratayotganda boshqa nom bilan yaratish kerak!

Endi create_t.php nomli php faylini yaratamiz. Ushbu faylda MySQL ma’lumotlar bazasini boshqaruvchi tizimida yuqorida yaratgan KUTUBXONA nomli ma’lumotlar bazamizda talabalar nomli jadval hosil qilamiz. Bu faylni ham avvalo MySQL bilan bog’ashimiz kerak bo’ladi. Faylni MySQL ga bo’g’lash kodi yuqorida keltirganimizdek:


$conn = new mysqli("localhost", "user", "parol","baza_name");
Lekin bu yerda baza nomini bo’sh qoldirish mumkin emas, chunki biz yaratmoqchi bo’lgan jadvalimiz qaysi bazaga tegishli ekanligimizni ko’rsatishimiz shart.

Faylni MySQL ga bog’laganimizdan so’ng yangi jadval yaratishimiz mumkin bo’ladi, buning uchun quyidagi buyruq kodidan foydalanamiz:

$jadval = "CREATE TABLE Jadval_nomi (

Maydon_nomi maydon_turi,

Maydon_nomi maydon_turi,

………………………………

Maydon_nomi maydon_turi,

)";


Bu yerda : $jadval – operator natijasini o’ziga taminlab olayotgan o’zgaruvchi, boshqa nomli o’zgaruvchi olishimiz ham mumkin;

CREATE TABLE – jadval yaratish operatori;

Jadval_nomi – yaratilayotgan jadval nomi;

Download 314.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling