Samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Quruqlik hayvonlarida gazlar almashinuvi


Download 84.04 Kb.
bet15/27
Sana20.10.2023
Hajmi84.04 Kb.
#1710754
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
Bog'liq
Hayvonlar ekologiyasi (Hakimov) 2015

6. Quruqlik hayvonlarida gazlar almashinuvi
Hayvonlarning suv muhitidan quruqlikka chiqib yashashga o’tishi munosabati bilan energiyaning ko’proq sarf qilinishini talab etuvchi sharoitda oksidlanish jarayoni kuchayadi. Bu esa nafas olishning tezlashuvini talab etadi. Masalan, amfibiyalarda suv muhitidan (it baliqning) quruqlikda yashashga (baqa) o’tishi tufayli tana massasiga nisbatan gemoglobin miqdori bir necha barobar ortadi, yurak ishining hajmi esa 3-4 barobar ko’tariladi.
Atmosfera o’z tarkibining doimiyligi bilan xarakterlanadi. Lekin u g’or, yer yoriqlari, hayvonlar inlarida me’yoridan sezilarli darajada farq qiladi. Shuningdek, yirik shaharlarda va sanoat markazlarida ko’mir, neft mahsulotlari va boshqa yoqilg’ilar tufayli uning tarkibida zaharli gazlar miqdori ancha oshadi. Vulqon otiladigan hududlarda ham ushbu holat kuzatiladi. Atmosferaning 1000 metr balandligigacha hayvonlarning kislorodga talabini ta’minlash mumkin, lekin balandga ko’tarilgan sayin uning miqdori sezilarli kamayib boradi. Xuddi shuningdek, yerning chuqurligiga tushgan sayin havo kamayib boradi. Bu kamayish tuproqning strukturasi, mexanik tarkibi, namlik va havo rejimi organik qoldiqlari miqdori va uning mikroorganizmlar tomonidan parchalash tezligiga bog’liqdir.
Atmosfera tarkibida kislorodning kamayishi yoki karbonat angidrid gazining konsentrasiyasini normadan (0,03%) oshishi quruqlik hayvonlari organizmida havo almashinuvi jarayoniga salbiy ta’sir ko’rsatadi, ya’ni ularning nafas olish me’yori tezlashadi, o’sish va rivojlanish to’xtaydi, serpushtlik pasayadi, uyquga ketuvchi hayvonlarda esa uyquga ketish vaqti erta boshlanadi.
Yer ustida hayot kechiruvchi hayvonlar atmosfera tarkibida kislorodning kamayishini turlicha qabul qiladi. Bunday sharoitga ko’chib o’tuvchi qushlar chidamli bo’ladi. Masalan, tajribalarda xonaki o’rdaklar 6000 metr balandlikkacha ko’tarilganda yoki qarg’a va ukkilar 8000 metr balandlikkacha ko’tarilganda kam kislorodli muhitga chidash berishgan. Lekin ba’zi qushlar (qora qarg’a, olashaqshaq, mayna kabilar) 9-10 ming metr balandlikka ko’tarilganda ham nafas olishni bemalol davom ettirishgan.
Kislorod yetishmasligi tufayli hayvonlarning halok bo’lishiga birinchi navbatda organizmda moddalar almashinuvining pasayib ketishi sabab bo’ladi. Shuning uchun ham ko’pgina hayvonlar kislorod kam muhitda oksidlanish jarayoni va issiqlik hosil qilishni me’yorida ushlab turish imkoniyatiga ega bo’lmaganligi sababli atmosferaning ancha baland qatlamlarida yasholmaydi. Lekin quruqlik hayvonlarining ayrim guruhlari (suv hayvonlarining suv ostida bo’lishi, yer qazib yashovchilar, ko’pgina qushlar va baland tog’larda yashovchi hayvonlar) da ham kislorodli muhitga tez-tez to’qnash kelishlari tufayli ularning qonida kislorod sig’imi katta bo’ladi. Ushbu xususiyat qon tarkibida gemoglobinning ko’payishi va eritrositlar sonining oshishi bilan bog’liq.
Baland tog’ cho’qqilarida yashash qobiliyati ushbu hayvonlarda to’qimalarining O2 ga talabchanligini pasayishi bilan bog’liq. Suvda yashovchi hayvonlarda ham kam O2 li muhitga moslashish belgilari paydo bo’lgan. Kitlarda qon tarkibida gemoglobinning ko’payishidan tashqari, o’pka alveolalari havo bilan to’lgandan keyin maxsus muskullar ularni ma’lum vaqt bekitib turadi va ma’lum vaqt ularda hayvonning ushlanib qolishini ta’minlaydi. Physeter kashalotining o’ng burun teshigi va yo’li saqlab turish joyiga (rezervuariga) aylangan. Shuni aytish kerakki, barcha amfibiontlarda nafas olish markazining qon tarkibida SO2 gazining ko’payishiga chidamlilik xususiyati mavjuddir. Ushbu xususiyat qushlarda ham rivojlangan.



Download 84.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling