O`qitishning natijalari deganda esa, maktabda tarix o`qitishning maqsad va vazifalari, mazmunini muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirishlishi, o`quvchilarning tarix fani asoslarini, tarixiy materiallarga mos samarali metod va usullari bilan va bilimlardan foydalana bilish malakalarini puxta o`zlashtirishlari, shu asosda ilmiy dunyoqarashi va komil insonni boshqa zaruriy sifatlarini tarbiyalash, o`quvchilarning tarixiy tafakkurini, tasavvuri va nutqini, maxsus va umumiy qobiliyatlarini ustirish ko`zda tutiladi.
Shundan qilib, maktab tarix ta‘limi jarayonining yuqoridagi umumiy qonuniyatlari quyidagi ob‘ektiv va qat‘iy takrorlanadigan aloqalarda namoyon bo`ladi: o`qitishning maqsadi-uning mazmuni bilan belgilanadi, o`qitishning sa-marasi esa o`qitishda oshirilgan qat‘iy ijobiy natijalar bilan tekshiriladi, ya‘ni tarixiy bilimning sifati, tarbiya va o`quvchilarning kamol topishi darajasi bilan o`lchanadi.
Maktab tarix kursi mazmunan juda boy va xilma-xildir. Tarix kursining mazmuni maktabda uni o`qitish va o`quvchilarning o`rganish faoliyati orqali ularning ongiga, tarbiyasi va tafakkuriga ta‘sir ko`rsatadi, ularning kamol topishiga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |