Samarqand Davlat Universiteti Tarix fakulteti tomonidan viloyat Markaziy harbiy okrugi harbiylar va talabalari o’rtasida “Mardlar quriqlaydi vatanni” mavzusida o’tkazilgan tadbir yig’ilishi bayoni №
Download 153 Kb.
|
Mardlar quriqlaydi vatanni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishtirok etdi
Samarqand Davlat Universiteti Tarix fakulteti tomonidan viloyat Markaziy harbiy okrugi harbiylar va talabalari o’rtasida “Mardlar quriqlaydi vatanni” mavzusida o’tkazilgan tadbir yig’ilishi B A Y O N I № «__ __»______ ________2020 йил SamDU binosi Raislik qiluvchi: D.Egamqulov SamDU boshlang'ich tashkiloti yetakchisi Ishtirok etdi: Tarix fakulteti yetakchisi, fakultet fan o’qituvchilari,Psixologiya va ijtimoiy munosabatlar fakulteti yoshlar ittifoqi sardorlari , birinchi va to’rtinchi bosqich talabalari KUN TARTIBI: Harbiylarning bugungi kunda jamiyatdagi ro’li, o’rni, mavqeyi va ularning bajaradigan vazifalari to’g’risida ''Mardlar quriqlaydi vatanni'' mavzusida bahs yuritish, yoshlarda milliy g'oya va vatanparvarlik tuyg'ulari rivojlantirish . ESHITILDI: Kun tartibidagi masala yuzasidan yig’ilish raisi D.Egamqulov so’zga chiqib, yig’ilishni ochib berdi hamda yig’ilishning maqsadi va kun tartibi bilan tanishtirdi. Bugun targ'ibod haftaligi doirasida Yoshlarda milliy g'oya va vatanparvarlik ruhini yuksaltirish maqsadida yoshlar bilan harbiylar uchrashuvi tashkil etila yotgani va bunday davra suhbatlar tez-tez o'tkazilib turishi lozimligi takidlab o'tildi. Bugungi kunda mamlakatimizda harbiylarning ro’li va mavqeyini yanada oshirishga qaratilgan chora tadbirlar haqida to’xtalib o’tdi. Hozir kunda jamiyatimizda uchrayotgan turli xildagi voqealar jumladan qizlarni erta turmushga berish oqibatida kelib chiqayotgan oilaviy nizolar, ajrimlar, er-xotin urishi, yoshlar orasida tobora keng tarqalayotga o’z joniga qasd qilish kabi ko’ngilsiz hodisalarning tobora ortib borayotganligiga sabab sifatida, fuqarolarning psixologik ruhiyati, ma’naviy saviyasining pastligi bugungi kunda psixologlarga qanchalik muhtoj ekanligimizni ko’rsatayotgani haqida alohida to’xtalib o’tdi.Harbiy vatanparvarlik tuyg'ularini ham inson ongiya yoshlikda singdiriladi. Bugungi davrda yuragida varan hisi jo'sh urgan har bir yigit -qiz vatanga hizmat qilishni muqaddas burch deb bilmog'i kerakligi a'lohida takidlab o'tildi. QAROR QILADI: “Harbiylarning bugungi kunda jamiyatdagi ro’li, o’rni, mavqeyi va ularning bajaradigan vazifalari” mavzusidagi SamDU boshlang'ich tashkiloti yetakchisining ma’ruzasi ma’lumot va ijro etish uchun qabul qilinsin. Yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish hamda ular o’rtasida turli xildagi ko’rik tanlovlarni muntazam ravishda o’tkazib borish vazifasi belgilansin. Yig’ilish raisi: D.Egamqulov Yig’ilish kotibi: Sh.Quvondiqova Download 153 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling