Samarqand davlat universiteti yo’nalish: Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo’yicha) Guruh: 350-a bajardi: Suratov Mirzobek Tekshirdi: Qurbonov D. Fan: Jinoyat huquqi. Mavzu: Odil sudlovga qarshi jinoyatlar


Download 16.05 Kb.
bet2/2
Sana17.06.2023
Hajmi16.05 Kb.
#1531704
1   2
Bog'liq
Jinoyat huquqi,Mustaqil ish

Jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish

(Jinoyat kodeksining 241-moddasi)

Ushbu jinoyatning obyekti surishtiruv, dastlabki tergov, proku­ratura organlari yoki sudlarning normal faoliyati hisoblanadi. Obyektiv tomondan Jinoyat kodeksining 241-moddasi, 1-qismida nazarda tutilgan jinoyat tayyorgarlik ko‘rilayotgan yoki sodir etilgan og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat haqida aniq bilgani holda xabar bermaslikdan iboratdir.

Xabar bermaslik deganda, o‘z faoliyati munosabati bilan yoxud boshqa sabablarga ko‘ra qandaydir shaxslar og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatni sodir etishga tayyorgarlik ko‘rilayotganligi yoxud tamom bo‘lgan jinoyatdan xabar topgan shaxsning shu haqdagi axborotni davlat hokimiyati, huquqni muhofaza qilish organlariga yetkaz­masligini tushunish zarur.

Тayyorgarlik ko‘rilayotgan yoki sodir etilgan og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat haqidagi xabar mansabdor shaxs tomonidan ma’­lum qilinmagan taqdirda, uning qilmishi sodir etilgan jinoyat ho­lat­laridan kelib chiqib, hokimiyat yoki mansab vakolatini sui­iste’mol qilish sifatida Jinoyat kodeksining 205-moddasi yoxud hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish sifa­tida Jinoyat kodeksining 206-moddasi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim.

Og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat tushunchasining ta’rifi Jinoyat kodeksining 15-moddasida berilgan. Aniq bilgani holda tayyorgarlik ko‘rilayotgan yoki sodir etilgan og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat haqida xabar bermaslik shaxs ana shu faktlarni ma’lum qilish harakatini ko‘rmagan paytdan e’tiboran tugallangan jinoyat, deb hisoblanadi. Jinoyatning sodir etilish motivi har xil (jinoyatni sodir etgan shaxsni yashirib qolish, guvoh sifatida ishtirok etishni istamaslik va h.k.) bo‘lishi mumkin.

Jinoyatning motivi va ko‘zlangan maqsad qilmishni kva­lifikatsiya qilishda ahamiyatga ega emas. Jinoyat kodeksining 241-mod­dasi, 1-qismi bo‘yicha 16 yoshga to‘lgan, tayyorgarlik ko‘rilayotgan yoki sodir etilgan og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat haqida aniq bilgani holda xabar bermagan shaxs jinoyatning subyekti bo‘lishi mumkin.

Jinoyat kodeksining 241-moddasi,1-qismida javobgarlik belgilangan jinoyat obyektiv tomonidan og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatni oldindan va’da bermasdan yashirishdan iboratdir. Jinoyat kodeksining 241-moddasi, 2-qismi bo‘yicha og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatni oldindan va’da bermasdan yashirgan shaxslar javobgar bo‘ladilar, boshqa jinoyatlarning va’da bermasdan yashirilganligi ushbu modda bo‘yicha javobgarlikni vujudga keltirmaydi.

Yashirish deganda, jinoyatchi, jinoyat izlari, sodir etilgan jinoyat qurollari va vositalari, jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan predmetlarning yashirilishini tushunish zarur. Yashirish uy-joyni, qiyofasini o‘zgartirish uchun kiyim-kechak berishdan, shaxsni biron-bir hujjat bilan ta’minlashdan, qon izlarini, barmoq izlarini yo‘qotishdan va h.k.lardan iborat bo‘lishi ham mumkin.

Jinoyat kodeksining 241-moddasi, 2-qismida oldindan va’da bermay jinoyatni yashirganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan. Oldindan va’da berib yashirish, ya’ni jinoyatlarning sodir etilishidan oldin yoki sodir etilayotgan vaqtda jinoyatni sodir etish qurollari va vositalari bilan ta’minlash, jinoyat izlarini, jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan buyumlarni yashirish muayyan jinoyatda ishtirokchilikni tashkil etadi.

Og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatni yashirishga qaratilgan har qan­day harakat sodir etilgan paytdan e’tiboran jinoyat tugallangan, deb hisoblanadi. Subyektiv tomondan jinoyat qasddan sodir etiladi.

Shaxs og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatni yashirayotganini aniq bilishi lozim. Jinoyatning sodir etilish motivlari har xil – jinoyat­chidan qo‘rqish, qarindoshlik yoki birodarlik aloqalari, soxta obro‘ va h.k.lardan iborat bo‘lishi mumkin. Ammo bu motivlar jinoyatni kvalifikatsiya qilishda ta’sir etmaydi. Jinoyatning subyekti 16 yoshga to‘lgan, aqli raso har qanday shaxs bo‘lishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar


Jinoyat kodeksi.
Lex.uz
Jinoyat kodeksiga sharx.
Download 16.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling