Samarqand davlat unviversiteti fizika fakulteti


Moddalarning magnit xossalari


Download 1.2 Mb.
bet2/8
Sana07.02.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1172803
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Abduxalimov Abduxoshim

Moddalarning magnit xossalari

Tabiatda barcha moddalar u yoki bu darajada magnit xossalariga egadir.Hozirgi


molekulalarning magnit xossaga ega ekanligi aniqlangan. Har qanday moddaning
magnit xossasi atomdagi elektronlarning magnit xossalari bilan xarakterlanadi.
Elektronlarning atrofida elektromagnit maydoni mavjud. Bu maydonning elektr
tashkil etuvchi elektr zaryadi “e” bilan ,magnit tashkil etuvchisi esa “spin” bilan
harakterlanadi.Magnit maydoniga joylashtirilganda holatini o’zgartirmaydigan
moddalar mavjud emas. Magnit maydoniga moddalarning o’zi shunday maydon
manbai bo’lib qoladi. Shu ma’noda barcha moddalarning magnetiklar deb qabul
qilingan.Magnetiklarning magnitlanish darajasini harakterlash uchun
magnetiklanish vektori kiritilgan. Magnetiklarning magnitlanish vektori deb, uning
hajm birligiga mos kelgan atomlarning natijaviy magnit momentiga miqdoriy
jihatdan teng bo’lgan fizik katallikka aytiladi.
Tashqi magnit maydoniga kiritilgan magnetikdagi magnit maydonning
induksiya vektori vakuumdagi magnit maydonning induksiyasi bilan magnetikning
magnitlanishi natijasida hosil bo’lgan ichki magnit maydonning induksiyasining
vektor yig’indisiga tengdir.

=
Nisbiy magnit sindiruvchanligining qiymatiga qarab moddalar uch guruhlarga
bo’linadi.
Agar bir modda tashqi magnit maydoniga joylashtirilganda u maydonni
kuchaytiradigan yo’nalishda ichki magnit maydonni hosil qiladi.


Magnit materiallar va ularning xossalari.
Magnit materiallar sifatiga, texnik qiymatiga ko‘ra ferromagnetik buyumlar va ferromagnetik kimyoviy birikmalardan (ferritlar) dan iborat.
Ferromagnetik - kristall buyum bo‘lib, domenning natijaviy magnit momenti noldan farqli bo‘ladi. Materialning magnit xossalari elektr zaryadlarining ichki yopiq hajmi orqali ifodalanib, neytral aylanma toklar orqali namoyon bo‘ladi. Bunday aylanma toklarga elektr oqimi o‘z o‘qi bo‘ylab aylanishi (elektronli, spontanli-energiyali) hamda atom orbitasi bo‘ylab aylanadi.
Ferromagnetizmning namoyon bo‘lishi Kyuri nuqtasiga, ya’ni haroratiga ham bog‘liq bo‘lib, Kyuri nuqtasidan past bo‘lganda, kristall strukturaning ba’zi mikroskopik sohasi oralig‘ida magnit domen deb atalish joylarida elektronlarning xususiy aylanishlari bir xil va bir yunalishda bo‘lib qoladi. Shuning uchun jismlarning ferromagnit holatida o‘z-o‘zidan magnitlanishning tashqi magnit maydoni ta’sirisiz paydo bo‘lishidir. Biroq alohida domenlarning yo‘nalishi turlicha bo‘lib, bunday magnit oqimning tashqi muhitdagi momenti nolga teng.
Ba’zi bir materiallarning domen o‘lchamlari 0.001-10 mm3 (qo‘shni qavatlar orasidagi 10-100 atomlar joylashgan joy uchun).
Ferromagnit materiallarida magnitlanish jarayonini magnitlanish egri chizig‘i orqali kuzatish mumkin.
Nisbiy magnit singdiruvchanlik magnit maydoni N va induksiya B orasidagi bog‘lanishdan magnit doimiysini e’tiborga olingan holda topiladi.
Uni kelgusida magnit singdiruvchanlik deb yuritamiz R va 0 da boshlang‘ich singdiruvchanlik deyilib, juda kuchsiz maydonda 0.1 a/m da kuzatiladi.
Katta ahamiyatga ega bo‘lgan qiymat maksimal singdiruvchanlikka, ya’ni 1 ga intiladi.
Magnit singdiruvchanlik egri chiziqning nuqtasidagi magnit maydoni bo‘yicha induksiyasining hosilasini e’tiborga olgan holda differensialiga o‘tishlik deb ataladi.
O‘zgaruvchan maydondagi ferromagnitlarning bog‘lanishi dinamik magnit o‘tkazuvchanlik deyilib, induksiyaning katta bo‘lmagan qiymatiga mos keluvchi maydonning katta bo‘lgan qiymatlari orqali ifodalanadi. Ferromagnit materiallaridagi Kyuri haroratidan yuqori haroratda spantan magnitlanuvchi materiallarda magnitlanish to‘xtaydi. Ferromagnitlarni magnitlanishida magnit maydonda issiqlikning sarfi kuzatilib gisterezis isrof va dinamik isrof jarayoni kuzatiladi. Dinamik isrof uyurma toklarini keltirib chiqaradi. Uyurma toklaridagi isrof ferromagnetiklarning qarshiligiga bog‘liq.
Ferromagnetiklarning solishtirma qarshiligi katta bo‘lsa uyurma toklari shunchalik kichik bo‘ladi. Magnit yumshoq materiallar yuqori magnit singdiruvchanlikka ega va ularda gisterezis kam isrofli bo‘lib, asosan kam energiya isrofi talab qiladigan joylarda ishlatiladi. Transformatorlarda uyurma toklarini kamaytirish maqsadida solishtirma qarshiligi kuchaytirilgan yumshoq materiallar ishlatilib, ular alohida-alohida yupqa listlardan iborat magnit o‘tkazgich shaklida bo‘ladi. Temirdagi odatda ko‘p bo‘lmagan uglerod, oltingugurt, marganes, kremniy va boshqa elementlarning aralashmasi uning magnit xossalarini yomonlashtiradi. Texnik toza temir aralashma mikdori 0,08-0,11 gacha bo‘lgan Martenov pechlarida tayyorlanadi.
Past uglerodli elektrotexnik po‘lat listlari 0,2-0.4 mm qalinlikda tayyorlanib (0.04 % dan oshiq uglerod bo‘lmagan 0,6 % dan kam boshqa aralashma) uning magnit singdiruvchanligi 3500-4500. Odatdagi toza temir 0,05 % aralashma bo‘lib, ikkita murakkab yo‘l bilan tayyorlanadi.
1. Elektr quyma temir-oltingugurt va xlorli-temir aralashmasidan elektroliz yo‘li bilan olinadi.
2 Karbonilli temir pentakarbonilli temir bilan termik yo‘l, ya’ni
200 0C harorat va 15 MPa bosim ostida uglerod oksidini temir bilan ta’sirlanishi orqali olinadi.
Kremniyli elektrotexnik po‘lat ommaviy iste’mol materiali sifatida foydalanilib, kremniyni qo‘shish yo‘li bilan materialni oshirish orqali uyurma toklarini kamayishiga olib kelinadi. Po‘lat tarkibidagi kremniyning miqdori uglerodni grafit ko‘rinishida ajrab chiqishiga yoki zanglashiga ta’sir qiladi. Bu esa uning oshishini kamayishiga va gisterezis isrofini oshishiga olib keladi. Elektrotexnik po‘lat strukturaviy tuzilishiga ko‘ra bo‘linadi va markalanadi:
a) strukturaviy bo‘yicha bog‘lanish sinfi buyicha;
1- issiqlik ostida izotopli; 2- sovuq izotopli;
b) Kremniyning tarkibi (ikkinchi sinf markazidagi)

  1. 0- 0.4% gacha

  2. 0.4 - 0.8% gacha

  3. 0.8 - 1.8% gacha

  4. 1.8 - 2.8% gacha

  5. 2.8 - 3.8% gacha

  6. 3.8 - 4.8% gacha

Izoterm deb ataluvchi qotishmaning magnit singdiruvchanligi esa 30-80
bo‘lib, kuchlanganlik bir necha yuz marta o‘zgarishida ham, uning qiymati sezilmas
darajada o‘zgaradi, xolos. 2 - guruhga Ni-Cu, Fe-Ni, Fe-Ni-Cr asosidagi qotishmalar
kirib, harorat bilan bog‘liq xatolik apparaturalarda kompensasiyalash ishlarida
qo‘llaniladi. Magnit singdiruvchanlikning haroratga bog‘liqligini aniqlab olish
maqsadida ferromagnetiklar xossasidan foydalanib, induksiyani Kyuri
nuqtasigacha kamaytiriladi. Bunday ferromagnetiklar uchun Kyuri nuqtasi 0-
100oC oralig‘ida joylashadi.
Ferritlar elektr o‘tkazuvchanlikli magnit keramikasini tashkil etadi. Umumiy holda temir 10-11 marta ko‘tariluvchi yuqori chastotaga va yuqori magnitli xossalarga ega bo‘lganligi uchun kuchaytirilgan yuqori chastotalarda keng qo‘llanilmokda.
Ferritlar temir oksidini hamda ikki valentli va bir valentli metall oksidlarining tizimini ifodalaydi.

1 va 2-rasm mos ravishda Yuqori magnit sindiruvchanligi nikel rux


ferritning gisterezis. Turli chastotadagi ferritlarning qo’llanilishi.


Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling