Samarqand davlat
Download 325.5 Kb.
|
Kompozit.mater.o\'zbek
Baholash mezonlari
Talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirishi quyidagi namunaviy mezonlar asosida baholanadi: a) 91 – 100 foiz olish uchun talaba: fanning barcha qismlari bo‘yicha tizimli, to‘la va chuqur bilimga ega bo‘lishi, zarur dalillar bilan asoslantirishi; ilmiy terminologiyadan (shu jumladan, xorijiy tilda ham) aniq, o‘z o‘rnida foydalanishi, savollarga javobni mantiqan to‘g‘ri, stilistik savodli ravishda ifodalashi; fanning tayanch tushunchalarini bilishi va uni qisqa vaqt ichida ilmiy va amaliy masalalarni yechishda samarali qo‘llay olishi; nostandart vaziyatlarda muammolarni mustaqil va ijodiy hal qila olish qobiliyatini ko‘rsata olishi; amaliy masalalarni qisqa, asoslangan va ratsional ravishda hal etishi; fan o‘quv dasturida tavsiya etilgan asosiy va qo‘shimcha adabiyotlarni to‘liq va chuqur o‘zlashtirishi; o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha nazariyalar, konsepsiyalar va yo‘nalishlar mohiyatini anglash, ularga tanqidiy baho berish va boshqa mavzularda o‘rganilgan usullarni qo‘llay olishi; laboratoriya mashg‘ulotlarida butun semestr mobaynida ijodiy va mustaqil qatnashishi, guruhli muhokamalarda faol bo‘lishi, vazifalarni bajarishda yuqori madaniyat darajasiga ega bo‘lishi lozim; b) 71 – 90 foiz olish olish uchun talaba: fanning barcha bo‘limlari bo‘yicha tizimli, to‘la va chuqur bilimga ega bo‘lishi, zarur dalillar bilan asoslantirishi; ilmiy terminologiyadan (shu jumladan, xorijiy tilda ham) aniq, o‘z o‘rnida foydalanishi, savollarga javobni mantiqan to‘g‘ri, stilistik savodli ravishda ifodalashi; o‘z fikrini isbotlashda yoki boshqa nazariy materialni bayon qilishda yuzaga kelgan noaniqliklarni mustaqil bartaraf eta olishi; fanning tayanch tushunchalarini bilishi, qisqa vaqt ichida ilmiy va kasbiy vazifalarni qo‘yish hamda hal qilishda undan unumli foydalanishi; standart vaziyatlarda muammolarni mavzu doirasida mustaqil hal qila olishi; bilimlarni yangi vaziyatlarda to‘g‘ri (lekin doim ham ratsional emas) qo‘llay olishi, bajarilgan ish natijalarini yetarli darajada rasmiylashtira olmaganligi; fan o‘quv dasturida tavsiya qilingan asosiy adabiyotlarni o‘zlashtirishi; o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha nazariyalar, konsepsiyalar va yo‘nalishlar mohiyatini anglay olishi va ularga tanqidiy baho berishi; laboratoriya mashg‘ulotlarida butun semestr mobaynida ijodiy va mustaqil qatnashishi, guruhli muhokamalarda faol bo‘lishi, vazifalarni bajarishda yuqori madaniyat darajasiga ega bo‘lishi lozim; v) 60 – 70 foiz olish olish uchun talaba: davlat ta’lim standartlari doirasida yetarli bilim hajmiga ega bo‘lishi; ilmiy terminologiyani ishlatishi, savollarga javoblarni to‘g‘ri bayon qilishi, lekin bunda ayrim xatolarga yo‘l qo‘yishi; javob berishga yoki ayrim maxsus ko‘nikmalarni namoyish qilishda qiynalganda, fan bo‘yicha asosiy tushunchaga ega ekanligini namoyish etishi; fanning umumiy tushunchalari bo‘yicha qisman bilimga ega bo‘lishi va uni standart (namunaviy) vaziyatlarni hal etishda qo‘llay olishi; pedagog xodim yordami bilan standart vaziyatlarni hal eta olishi; o’qilayotgan fan bo‘yicha asosiy nazariyalar, konsepsiyalar va yo‘nalishlar moxiyatini anglashi, ularga baho bera olishi; laboratoriya mashg‘ulotlarida pedagog xodim rahbarligida qatnashishi, vazifalarni bajarishda yetarli madaniyat darajasiga ega bo‘lishi lozim; g) talabaning bilim darajasi 0 — 59 foizga baholanadi, agar: davlat ta’lim standartlari doirasida faqat ayrim fragmentar bilimlarga ega bo‘lsa; ilmiy terminlarni ishlata olmasa yoki javob berishda jiddiy mantiqiy xatolarga yo‘l qo‘ysa; laboratoriya mashg‘ulotlarida passiv qatnashib, vazifalar bajarish madaniyatining past darajasiga ega bo‘lsa; amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lmasa, o‘z xatolarini hatto pedagog xodim tavsiyalari yordamida ham to‘g‘rilay olmasa. Talaba quyidagi holatlarda akademik qarzdor hisoblanadi: agar talabaning semestrda oraliq nazoratlarda to’plagan bali umumiy balning 50 balning) 60 foizidan kam bo‘lsa, ya’ni 30dan kam bo’lsa; agar talabaning yakuniy nazorat bo‘yicha to‘plagan bali ushbu nazorat turi umumiy balining (50 balning) 60 foizidan kam bo‘lsa, ya’ni 30dan kam bo’lsa; fandan 5 auditoriya mashg‘ulotini (10 soat) sababsiz qoldirgan bo‘lsa, talaba avtomatik ravishda yakuniy nazoratga kiritilmaydi, kredit o‘zlashtirilmaydi. Download 325.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling