Samarqand davlat
Download 325.5 Kb.
|
Kompozit.mater.o\'zbek
- Bu sahifa navigatsiya:
- KOMPOZITSION MATERIALLAR TEXNOLOGIYASI fanining ISHCHI O‘QUV DASTURI
- SAMARQAND-2022 “Kompozitsion materiallar zamonaviy texnologiyasi” fanidan mashg‘ulotlarning semestrda soatlar bo‘yicha taqsimlanishi
- Fan/modul kodi KMZT3128 O`quv yili 2022-2023 Semestr
- Ta`lim tili O`zbek/rus Haftadagi dars soatlari
- 1. Fanning maqsad va vazifalari, uning o`quv jarayonidagi o`rni
- Fanni organish vazifalari.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI Ro’yxatga olindi: №____________ “____”__________2022 yil. “TASDIQLAYMAN” O’quv ishlari bo’yicha prorektor iqtisod fanlari nom.dots. X.T.Buriyev ______________ “____”__________2022yil. KOMPOZITSION MATERIALLAR TEXNOLOGIYASI fanining ISHCHI O‘QUV DASTURI Bilim sohasi: 700000 – Muhandislik,ishlov berish va qurilish sohalari. Ta’lim sohasi: 710000 - Muhandislik ishi. 720000 – Ishlab chiqarish va ishlov berish sohalari. 730000 – Arxitektura va qurilish. Ta’lim yo‘nalishi: 60730700-Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari texnologiyasi. 60720600-Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi. SAMARQAND-2022 “Kompozitsion materiallar zamonaviy texnologiyasi” fanidan mashg‘ulotlarning semestrda soatlar bo‘yicha taqsimlanishi
Kirish Mazkur dasturda “Kompozitsion materiallar texnologiyasi” fanini o‘rganish oliy o‘quv yurtlarining qurilish yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalarda xom ashyoni tanlash, qurilish materiallari olish va ulardan foydalanishi,kompozitsion qurilish materiallarining tuzilishi, tarkibi va ularning fizik-mexanik xossalarini bilishi,kompozitsion qurilish materiallarini ishlab chiqarishda xom ashyo va buyum xillarini hozirgi zamon talabiga ko‘ra takomillashtirish, ularni turli maqsadlar uchun ishlatish mumkinligini ta’minlash, texnik xossalarini saqlagan holda, ularning massasini yengillashtirish va ishlab chiqarishda kam energiya sarflanadigan texnologiyalarni ta’minlash bo‘yicha ko‘nikma va tajribaga va tasavvurga ega bo‘lishi zarur. 1. Fanning maqsad va vazifalari, uning o`quv jarayonidagi o`rni “Kompozitsion materiallar texnologiyasi” fanini o‘qitishdan maqsad kompozit materiallar tarkibi, tuzilishi va xossalarini, ularning tasnifi, xomashyo, ishlab chiqarish uskunalari va kompozit materiallarini tayyorlashning texnologik usullarini o‘rganishdan iborat. Fanni o'rganish vazifalari. Fanni o'rganishning asosiy vazifasi Zamonaviy kompozitsion materiallar texnologiyasining asosiy usullari va xususiyatlarini ko'rib chiqishdir. Fanni o'rganish natijasida Oliy kasbiy ta'lim Davlat standarti talablariga muvofiq talabalar: Tasavvur qilish: kompozit materiallaridan foydalanish usullarin va ishlab chiqarish texnologiyasi haqida. Bilish: kompozit materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanish sohasidagi ilmiy-texnikaviy taraqqiyot istiqbollari. Qobiliyatga ega bo'lish: kompozit materiallari va buyumlarining xususiyatlarini raqamli ko'rsatkichlar bo'yicha baholash va ularni aniqlashning uslubiy tamoyillarini tushunish, berilgan ish sharoitlari uchun eng istiqbolli materiallar va mahsulotlarni tanlash. Ko'nikmalarga ega bo'lish: kompozit materiallari va kerakli texnologik xususiyatlarga ega mahsulotlar va zavod ishlab chiqarishning oqilona texnologik usullarini yaratish. Ko’nikma hosil qilish: kompozitsion materiallari va mahsulotlarining zamonaviy nomenkulaturasini o’rganish “Kompozitsion materiallar texnologiyasi” fanining boshqa fanlar bilan aloqasi Ushbu fan dasturi quyidagi fanlarni o'rganishda olingan ma'lumotlarga asoslanadi: "Noorganik kimyo", "Organik kimyo", "Fizik kimyo", "Fizika", "Qurilish materiallari va buyumlari", "Qurilish materiallari va buyumlarini tadqiq qilish metodikasi. " " Bog’lovchi materiallar ". Turdosh fanlar ro'yxati va ularning ushbu fan bilan aloqasi: "Qurilish materiallari va buyumlari" - turli xil qurilish materiallari va buyumlar sohasida bilim kerak, "Bog’lovchi materiallar" – ishlatilish sohalariga qarab bog'lovchi turini to'g'ri tanlash uchun, "Kimyo" - atrof-muhit bilan o'zaro ta'sirda sodir bo'ladgan jarayonlar haqida, ularning fizik-kimyoviy xususiyatlarini o’rganish Download 325.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling