Pedagogikaning predmeti, maqsadi va vazifalari


Download 0.66 Mb.
bet1/2
Sana28.03.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1303650
  1   2
Bog'liq
1-mavzu Abdurashidova Shaxnoza Absamatovna

Mavzu: Maxsus pedagogika fanining predmeti, ob'ekti, boshqa fanlar bilan aloqasi.


Bajardi: Abdurashidova Shaxnoza Absamatovna

Reja

1. Maxsus pedagogika fanining predmeti, ob'ekti.

2. Maxsus pedagogika fanining metod va tamoyillari.

3. Maxsus pedagogika fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.

4. Maxsus pedagogikaning tarmoqlari.


«Har bir hunarmand buyumni yasashga yaroqli materialning xossalarini o’rgangani singari, o’z oldiga insonni barkamol qilib tarbiyalash vazifasi turgan pedagog ham shogirdining qanday xislatlarga ega ekanligini bilishi kerak»
Y;A; Komenskiy
Alhosil, tarbiya bizlar uchun
yo hayot – yo mamot,
yo najot – yo halokat,
yo saodat – yo falokat
masalasidur;
Abdulla Avloniy

Pedagogika insonlar orasidagi munosabatlarni va ijtimoiy muhitning insonga ta’sirini tadqiq etuvchi fan sifatida iqtisodiyot, madaniyat rivojlanishining o’ziga xosligi hamda ularning inson shaxsi shakllanishiga ta’sirini o’rganadi; Shu bilan birga, pedagogika o’quv muassasasi tizimining tashkiliy jihatlaridagi ko’pgina masalalarni hal etishga, shaxslarni tarbiyalashda o’quv muassasasi, oila va jamoatchilikning o’zaro hamkorlikda ish olib borishiga yordam beradi;


Surdopedagogika
    • kar va gung tarbiyalanuvchilar ta’lim-tarbiyasi masalalari bilan

Tiflopedagogika
    • ko’zi ojiztarbiyalanuvchilar ta’lim-tarbiyasi bilan

Oligofrenopedagogika
    • aqli ojizlar ta’lim- tarbiyasi bilan shug’ullanadi

Ma’lumki bugungi kunda dunyo aholisining 2 milliard 170 ming nafarini bolalar tashkil qilsa, mamlakatimizda esa umumiy aholining 40 foizini 18 yoshgacha bo‘lganlar, ya’ni bolalar tashkil etadi. Bugungi kunga kelib mamlakatimizda bola huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan juda katta normativ-huquqiy hujjatlar bazasi shakllandi. Ayni paytda mamlakatimizda bola huquq va qonuniy manfaatlari sohasidagi munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Kodekslari, O‘zbekiston Respublikasining 36 qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 25 farmon va 24 ta qarorlari, 104 ta Vazirlar maxkamasining qarorlari, shuningdek, 68 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinmoqda.
Bolaning xoh ona qornida, xoh tug‘ilganidan keyin rivojlanib borishi uchun zarur bolgan ma’lum shart-sharoitlarning buzilishi turli xil jismoniy yoki ruhiy rivjjlanishidagi nuqsonlar, kamchiliklarga olib kelishii mumkin. Korreksion pedagogika fanida alohida yordamga muhtoj bolalarning turli xil toifalari ustida ish olib boriladi: Ular quyidagilardir:
1) eshitish kamchiliklariga ega bolgan bolalar (kar, zaif eshituvchi bolalar’, kech kar bo‘lib qolgan bolalar);
2) ko‘rish qobiliyati zaif (ko‘r, zaif ko‘ruvchi bolalar);
3) aqli zaif-oligofren bolalar;
4) og‘ir nutqiy nuqsonlari bor bolalar;
5) harakat-tayanch a’zolarida kamchiliklari bo‘lgan bolalar;
6) ruhiy rivojlanishi orqada qolgan bolalar.
7) kompleks nuqsonli ko‘r-kar-soqov bolalar;
8) rivojlanishida murakkab ko‘p nuqsonli bolalar;
9) autizm sindromli bolalar.
Aloxida yordamga muhtoj bolalar me’yorda rivojlangan tengdoshlari orasida inklyuziv ta’limda yoki ixtisoslashtirilgan ta’lim-tarbiya muassasalarida tarbiyalanishi va o‘qitilishi kerak. Bolaning umumiy rivojlanishiga har tomonlama kuchli ta’sir etgan nuqsonlargina uni aloxida yordamga muhtoj bola deb hisoblashga asos bo‘lishi mumkin. Masalan, bolaning faqat chap qulog‘i eshitsa-yu, bu nuqson uning har tomonlama rivojlanishiga ta’sir etmaydigan, u maktab tengdoshlari qatori o‘zlashtiradigan bo‘lsa, u aloxida yordamga muhtoj bolalar toifasiga kirmaydi. Katta yoshdagi kishilarda ma’lum sabablarga ko‘ra paydo bo‘lgan nuqsonlar ham ularning umumiy rivojlanishiga ta’sir etmasa, bu kishini aloxida yordamga muhtoj deb hisoblash mumkin emas.
Alohida yordamga muhtoj bolalarning jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida kuzatiladigan og‘ir, keskin o‘zgarishlar bola shaxsining tarkib topishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun bunday bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish uchun maxsus sharoit yaratalishi kerak, ya’ni ular maxsus ixtisoslashtirilgan maktabgacha tarbiya muassasalari va maktablarda yoki me’yorda rivojlangan tengdoshlari orasida hamma qatori va agarda kerak bo‘lsa, maxsus dastur va darsliklar asosida o‘qitilishi va tarbiyalanishi zarur, ular alohida yordamga muhtoj.
Har qanday aloxida yordamga muhtoj bolada kuzatiladigan nuqson markaziy yoki periferik nerv sistemasidagi organik yoki funksional o‘zgarishlarga aloqador bo‘lishi mumkin.
Bola rivojlanishidagi turli xil kamchiliklar noqulay muhit, noto‘g‘ri tarbiya, ta’lim natijasida ham paydo bulishi mumkin. Masalan, noqulay oilaviy sharoit, pedagogik qarovsizlik, o‘qituvchining bolaga noto‘g‘ri munosabati va boshqa ko‘pgina sabablar bola rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, uning dastur materiallarini yaxshi o‘zlashtira olmasligiga, ulgurmovchi uquvchilar orasiga qo‘shilib qolishiga sabab bo‘ladi. Shunday bulsada, biz bunday bolani aloxida yordamga muhtoj bolalar toifasiga kiritmaymiz, chunki uning rivojlanishidagi kamchiliklar organizmdagi qanday bo‘lmasin biror organik yoki funksional patologik o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lmay, balki boshqa sabablardan kelib chiqqan.
Ota-ona, tarbiyachi va o‘qituvchilar bunday bolalarni aloxida yordamga muhtoj bolalardan farqlay oladigan bo‘lishlari kerak.
Kelib chiqish sabablariga ko‘ra har qanday nuqsonli rivojlanish tug‘ma yoki turmushda orttirilgan bo‘lishi mumkin.
Tug‘ma nuqsonlarlar ko‘p jihatdan homilador onaning sog‘lig‘i va yashash sharoitiga bog‘liq. Ona qornidagi homilaning rivojlanishiga infeksiya, intoksikatsiya, shikastlanish va boshqa omillar ta’sir etishi mumkin. Onaning homiladorlik davrida turli xil kasalliklar bilan og‘rishi, o‘zboshimchalik bilan turli dori darmonlarni bilar-bilmas iste’mol qilishi, bolaning nuqsonli bo‘lib tug‘ilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Tug‘ma nuqsonlar genetik, ya’ni irsiy omillar ta’siriga ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Masalan eshitish, ko‘rish analizatori faoliyatining buzilishi, aqliy zaifliklrning nasldan bolaga o‘tishi ham kuzatiladi (fenilketonuriya, Daun kasalligi, rezus faktorning mos kelmasligi va boshqalar).
Ota-onalarning alkogolizmi, narkomaniyasi, toksikomaniyalari ham bolaning nuqsonli bo‘lib tug‘ilishiga olib kelishii mumkin.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling