Samarqand davlat


“Kompozitsion materiallar zamonaviy texnologiyasi” fani bo‘yicha talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari


Download 325.5 Kb.
bet5/7
Sana24.12.2022
Hajmi325.5 Kb.
#1056335
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kompozit.mater.o\'zbek

4.“Kompozitsion materiallar zamonaviy texnologiyasi” fani bo‘yicha talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari

Kompozitsion materiallar zamonaviy texnologiyasi” fani bo‘yicha semestr davomida ikki marta oraliq nazorat (ON1 va ON2) va bir marta yakuniy nazorat (YN) o‘tkaziladi. Oraliq nazoratlarga 50 ball (ON1 uchun 25 ball va ON2 uchun 25 ball) va yakuniy nazoratga 50 bal belgilangan. Oraliq nazorat 2 qismdan: talabaning mustaqil ishlari nazorati (30 ball) va nazorat sinovidan (20 ball) iborat bo‘ladi. Har bir oraliq nazoratda mustaqil ishlar nazoratiga 15 ball va nazorat sinoviga 10 ball ajratilgan.


Mustaqil ishlar nazorati har bir o‘quv haftasida quyidagi tarzda olib boriladi:

  • talabaga har bir o‘quv haftasidagi ma’ruza (2 soat) materiali bo‘yicha mustaqil ishga (2 soat) ma’ruza o‘qituvchisi tomonidan topshiriq beriladi; ishni topshirish muddati (1 hafta) ko‘rsatiladi; ma’ruza o‘qituvchisi foizlarda baho qo‘yadi;

  • talabaga har bir o‘quv haftasidagi labotatoriya mashg‘ulotlari (6 soat) materiali bo‘yicha mustaqil ishga (6 soat) labotatoriya mashg‘ulot o‘qituvchisi tomonidan topshiriq beriladi; ishni topshirish muddati (1 hafta) ko‘rsatiladi; labotatoriya mashg‘ulot o‘qituvchisi foizlarda baho qo‘yadi;

  • ma’ruza o‘qituvchisi va labotatoriya mashg‘ulot o‘qituvchisi qo‘ygan foizlarning o‘rta arifmetigi talabaning bir haftadagi mustaqil ishiga baho bo‘ladi;

  • Oraliq nazorat uchun talabaning 7 haftadagi foizlarining o‘rta arifmetigi topilib, 15 baldan unga mos ulush aniqlanadi; ushbu bal oraliq nazoratning 1-qismi, ya’ni mustaqil ishlar nazorati boyicha olgan bali bo‘ladi.

Nazorat sinovi (10 bal) dekanat jadvali asosida o‘tkaziladi. Nazorat sinovi ON1 uchun o‘g‘zaki savol-javob, ON2 uchun test shaklida o‘tkaziladi. Baho foizda qo‘yiladi va foizning 10 balga nisbatan ulushi aniqlanadi. Ushbu bal talaba ONning 2-qismi bo‘yicha to‘plagan bal bo‘ladi.
Oraliq nazoratlarda saralash balidan (30 baldan) kam bal to‘plagan talaba yakuniy nazoratga kiritilmaydi va fandan akademik qarzdor hisoblanadi.

Yakuniy nazoratni o`tkazish shakli va muddati ma’muriyat tomonidan belgilanadi va unda mashg‘ulot olib borgan o‘qituvchilar ishtirok etmaydi.


Yozma ish shaklida o‘kazilgan yakuniy nazoratda talaba tomonidan har bir savolga berilgan har bitta javob foizlarda baholanadi va ularning o`rta arifmetigi hisoblanib, o`rta arifmetik qiymatining 50 ballga nisbatan ulushi ballarda aniqlanadi.
Agar yakuniy nazorat test shaklida o`tkazilsa, har bitta test savolining 50 ballga nisbatan ballardagi ulushi aniqlanadi va talaba tomonidan berilgan to`g`ri javoblar uchun ajratilgan ballar yig`indisi talabaning yakuniy nazoratdan to`plagan bali hisoblanadi va fan bo`yicha talabalarning o`zlashtirish qaydnomasiga yozib qo`yiladi.
Yakuniy nazoratda saralash balidan (30 baldan) kam bal to‘plagan talaba fan bo‘yicha akademik qarzdor hisoblanadi.

Download 325.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling