Samarqand davlat
Download 4,13 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maqbullashtiriladigan masalalarning yechish usullari
- Nazorat savollari
- AMALIY TOPSHIRIQLAR
= A;
Maqbullashtiriladigan omillar tabiati va miqdorini tanlash (boshqaruvchi kirish o„zgaruvchilar) ularning varirlanishi va mos keladigan maqbullashtirish me‟zoniga ta‟sirining ahamiyatliligi imkoniyatidan aniqlanadi. Omillar ma‟lum va ushbu funksiyalarga monotonmas bog„liq bo„lishi kerak. Maqbullashtiruvchi omillar miqdorlarining o„ziga xosligiga mos holda ikkita amal ajratiladi:
Va nihoyat, maqsadli funksiyani aniqlash bosqichida maqbullashtirish me‟zoni va maqbullashtirish omillari o„rtasidagi miqdoriy bog„liqlik o„rnatiladi. Bu yerda analitik va emperik yondashuvni amalga oshirish mumkin. Analitik yondashuvda maqbullashtirish me‟zoni bilan maqbullashtiriladigan omillar o„rtasidagi bog„liqlikni ifodalash uchun amalda matematik tenglamalar ko„rinishdagi fizik-kimyoviy, tashkiliy iqtisodiy va boshqa jarayonlarni ifodalovchi determinirlangan modellash ishlatiladi. Empirik yondashuvda maqbullashtiruvchi ob‟ekt uchun olingan diskret ma‟lumotlar to„plamini matematik qayta ishlash natijalaridan tuziladigan statistik modellar ishlatiladi. Amaliyotda ishlab chiqarishda jarayonlarni maqbullash uchun ko„proq empirik yondashuvdan foydalaniladi. Ushbu yondashuv ishonchli, lekin qo„llanilishi chegaralangan natijalarga olib keladi. Maqbul sharoitni izlashning hisoblash bosqichi ko„plab usullarda bajarilishi mumkin va ular atroflicha maxsus adabiyotlarda qaraladi. Maqbullashtirishning yakuniy topilgan maqbul sharoitlarni amaliyotga joriy etish bosqichi laboratoriya yoki ishlab chiqarish variantlarida amalga oshirilish mumkin. Topilgan maqbul texnik sharoitlarning ishlab chiqarishni amalga oshirishning dastlabki bosqichi ularning bajariluvchini quyidagilarni hisobga olgan holda tahlil etishdir:
Ushbu o„quv fani bo„yicha laboratoriya amaliyoti doirasida “empirik” yondashuvdan foydalanib, turli mahsulotlarni, jumladan elektron texnikasi materiallarini ishlab chiqarish texnologik jarayonni maqbullashtirish mavzusidagi ishni bajarishda talabalar berilgan texnologik jarayonni chegara shartlari ma‟lum bo„lganda bir o„lchamli bir me‟zonli parametrli maqbullash misolida kimyoviy texnologik jarayonlarni maqbullashtirishning algoritmi o„rganiladi. Maqbullashtirish vazifasiini qo„yilish bosqichida talabalar jarayonning u yoki bu texnologik parametrining ekstremumga bog„liq bo„lgan maqbullashtirish me‟zonini tanlash kerak. Bu esa talabalarda berilgan jarayon haqida tasavvurga ega bo„lishi nazarda tutadi. Amaliyotda qurilmada boradigan fizik-kimyoviy jarayonlar va texnologik muhitning ko„p komponentligining murakkabligi, jarayon chiqish ko„rsatkichlarining uning kirish texnologik parametrlariga bog„liqligida aynan ekstremallik kuzatiladi. Yarim o„tkazgichli asboblar ishlab chiqarishning qator tayanch texnologik jarayonlari uchun asosiy texnologik parametrlar va ko„rsatkichlar 8.3-jadvalda berilgan. 8.2-jadval Elektron texnika mahsulotlari tayanch ishlab chiqarish jarayonlarning maqbullashtirish parametrlari
Ushbu bo„limda maqsadli funksiyaning ekstremal qiymatlarini topishning bir qator usullari qisqacha qaraladi. Ekstremumlarni izlashning amaliyot qismida ushbu taomilni samarasi uni model (ya‟ni bir ekstremumli) funksiyasi uchun yuqori ekanligini tushunish muhim. Bu shuni anglatadiki, maqbullashtirishda taxminiy maksimum yaqinidagi maydonida toraytirish maqsadga muvofiq. Berilgan funksiya ekstremumini topish masalasi matematik jihatdan funksiya hosilasini tekshirishga asoslangan klassik matematik tahlil yordamida yoki oxirgi son amaliyotiga asoslangan sonli usullar yordamida yechilishi mumkin. Kompyuter modellashtirish holatida, ayniqsa, fizik-kimyoviy modellar qo„llanilganda sonli usullarni qo„llash qulay. Ularning bazasida modellovchi dasturlar majmuasining hisoblash moduli yaratiladi. Amalda bunday modellardan foydalanilganda tadqiqotchi hisoblash usullarini tanlashda kam ishtirokchi, lekin matematik usullar imkoniyatlarining o„ziga xos tomonlarini bilish amaldagi modellovchi dasturlar majmuasidan yanada unumli foydalanish imkoniyatini beradi. Umuman olganda maqbullashtirishning eng universal matematik masalasi izlashning sonli usulda funksiya shartli ekstremumini topishdir. Ushbu izlashning umumiy algoritmi quyidagi bosqichlarni o„z ichiga olgan:
Ekstremumni topishning ko„plab mavjud usullari bir-biridan boshlang„ich nuqtadan ekstremumga yo„nalish va harakatlanish usuli bilan farq qiladi. Harakatlanish yo„nalishini tanlash usuli bo„yicha maqbullashtirishning shartsiz usullari gradiyentli va gradiyentsiz izlash usullariga bo„linadi. Shartli maqbullashtirishning sonli usullarini matematik o„ziga xosligi nuqtai-nazaridan funksiya uchun ekstremumni izlashni quyidagilarga bo„lish mumkin:
Bir o„zgaruvchili y=f(x) funksiyani maqbullashtirishga eng oddiy misol skanerlash usulidir (8.3-rasm). 8.3-rasm. Bir o„zgaruvchili funksiyani maqbullashtirish usulining grafik illyustratsiyasi i i Ushbu holatda maqbullashtiruvchi omil qiymatining tanlangan xmin dan xmax gacha diapozoni ∆x kattaligidagi teng uchastkalarga bo„linadi. Bunga izlash yoki skanerlash qadami deyiladi. Shundan keyin xi qadamning har qaysi nuqtada yi funksiyaning qiymati hisoblanadi va o„zaro solishtiriladi. Mos ravishda minimumni izlashda 𝑦𝑚i𝑛 ning qiymati eslab qolinadi. Keyin 𝑦𝑚i𝑛 nuqta atrofida skanerlashning kichik qadami bilan skanerlash davom ettiriladi. Uning qiymati maqsadli funksiya ekstremumini topish darajasini aniqlaydi. Skanerlash usulining bir ko„rinishi ekstremumni joylashtirish usulidir. Unda dastlabki intervallar chegarasida hisoblangan funksiya qiymati hisobga olingan holda intervalchalarga bo„linadi. Bunday yondashuv interval uchun hisoblangan intervalchalar funksiya qiymatlari uchun hisobiga hisoblash hajmi keskin kamayadi. Oltin kesishish usulida maqbullashtiriladigan omil qiymatini maqsadli funksiyaning hisoblash nuqtasini tanlash uchun quyidagi ko„rinishdagi oltin kesishishining geometrik qoidasi qo„llaniladi: 𝑎 = 𝑏 yoki ac-b2, (8.4) 𝑏 𝑐 bunda a - bo„lak uzunligi; b, c - mos ravishda katta va kichik bo„laklar uzunligi. Oltin kesishish qoidasidan kelib chiqadigan matematik nisbiy maqbul nuqtasini tanlash uchun hamda uni ekstremumga harakatda turli kattaliklarni intervalchalarga bo„lishda ishlatiladi. Nazorat savollari
AMALIY TOPSHIRIQLARDownload 4,13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling