Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining toshkent filiali


Kredit-modul tizimida o‘qish natijalari


Download 75.7 Kb.
bet8/10
Sana18.06.2023
Hajmi75.7 Kb.
#1555129
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
mustaqil ta\'lim (2)

Kredit-modul tizimida o‘qish natijalari
ECTS kredit-modul tizimida talaba fanlar va modullar bo‘yicha kreditlarni qo‘lga kiritishi uchun o‘qish yuklamalarini bajarishning o‘zi kifoya qilmaydi. U tegishli miqdordagi o‘qish yuklamalarini bajargandan so‘ng ular asosida muayyan o‘qish natijalarini ham ko‘rsata olishi zarur. O‘qish natijalari bu talaba o‘quv yuklamalarini bajarish natijasida o‘rganishi, tushunishi va qila olishi kutilayotgan bilim va ko‘nikma jamlanmasidir.



ECTS kredit-modul tizimida har bir o‘quv dasturi (bakalavr, magistratura), fan yoki modul o‘zining o‘qish natijalari oldindan aniq belgilab olinishi va ushbu o‘qish natijalari ro‘yhati talabalarga oldindan taqdim etilishi zarur. Shunda talabalar muayyan o‘quv dasturi yoki undagi muayyan fanni o‘rganish unga mutaxassis sifatida nimalar bera olishi haqida oldindan tushunchaga ega bo‘lgan holda o‘qishni boshlaydi. Shunda o‘qish natijalari haqida oldindan ma’lumotga ega bo‘lgan talaba ham, o‘qituvchi ham dastur yoki semestr davomida barcha imkoniyatlarini shu natijalarga erishishga qaratadi.


Dastur yoki fan o‘qish natijalari quyidagi asosiy savolga javob bera olishi kerak: talaba dasturni yoki undagi muayyan fanni tamomlagandan so‘ng unda o‘rgangan bilimlari asosida nimalar qila oladi yoki qila olishi kerak?


Ushbu savoldan kuzatganingizdek o‘qish natijalari bu talaba dastur yoki undagi muayyan fan davomida qo‘lga kiritgan bilimlar ro‘yxatidan iborat emas, aksincha unda talaba usha bilimlar asosida nimalar qila olishi ko‘rsatilishi zarur.
ECTS kredit - modul tizimidagi bu talab oliy ta’limga amaliy, pragmatik yondashuvni shakllantiradi.
O‘qish natijalarini oldindan belgilab olishning yana bir muhim jihati shundaki u o‘quv dasturini mutaxassislik uchun taaluqli bo‘lmagan, ahamiyatsiz fanlar va modullardan tozalab boruvchi filtr vazifasini ham o‘taydi. Agar fan va modulda erishilishi kutilayotgan o‘qish natijalari talabaning mutaxassis bo‘lib yetishi uchun ahamiyati bo‘lmasa va shunga xizmat qilmasa ushbu fan o‘quv dasturini tark etishiga to‘g‘ri keladi.



Download 75.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling